Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


Ўзбекистонда давлат ва нодавлат секторларининг


Download 429.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/34
Sana07.04.2023
Hajmi429.69 Kb.
#1339051
TuriReferat
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
Bog'liq
44017 (1)

Ўзбекистонда давлат ва нодавлат секторларининг 
нисбати, 2009 йилда умумий ҳажмга нисбатан фоизда
18,7
18,1
0,1
6,0
48,5
5,3
0,1
19,8
21,4
20,9
81,3
81,9
99,9
94
51,5
94,7
99,9
80,2
78,6
79,1
0%
10%
20% 30%
40%
50%
60%
70% 80%
90% 100%
Ялпи ички маҳсулот
Саноат маҳсулоти
Қишлоқ хўжалик маҳсулоти
Қурилиш ишлари
Транспорт
Алоқа
Чакана савдо айланмаси
Пулли хизматлар
Ташқи савдо айланмаси
Иқтисодиётда бандлар сони
Давлат сектори
Нодавлат сектори
yoki amaliy maqsadlarda iqtisodiyotning boshqa qismlaridan ajratish imkonini 
beruvchi o’xshash umumiy tavsiflarga ega bo’ladi. Xo’jalik yuritish shakllariga 
ko’ra, iqtisodiyotning davlat, nodavlat (xususiy) va boshqa sektorlari farqlanadi. 
Iqtisodiyotning nodavlat (xususiy) sektori bu 
– mamlakat iqtisodiyotining 
davlat nazorati ostida bo’lmagan qismi bo’lib, o’z ichiga xususiy kapitalga tegishli 
bo’lgan korxonalar va uy xo’jaligini oladi. U iqtisodiyotning korporativ, 
moliyaviy va individual sektorlariga bo’linadi
8

O’zbekistonda mustaqillik yillarida iqtisodiyotning nodavlat sektori 
rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi natijasida mazkur soha jadal 
ravishda rivojlandi. Agar 1990 yilda respublika YaIM umumiy hajmining atigi 
38,1 foizi iqtisodiyotning nodavlat sektorida ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2009 yilga 
kelib, bu ko’rsatkich 81,3 foizni tashkil etdi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligi mahsuloti 
ishlab chiqarish hajmi va chakana savdo aylanmasi eng yuqori salmoq 
– 99,9 
foizga etdi . 
8
 http://www.glossary.ru. 


45 
M
amlakatimizda nodavlat sektorining faoliyati va mavqeini ta’minlashda 
asosiy o’rin tutuvchi 1991 yilda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish to’g`risida”gi Qonun, o’tgan davr mobaynida 80 tadan ortiq 
qonunosti hujjati unga uyg`unlashtirilganiga qaramasdan, 
bugun qayta ko’rib 
chiqishni va yangi tahrirda qabul qilishni talab etayotganligi ko’rsatib berildi.
Mamlakatimizning 
strategik 
muhim 
tarmoqlari 
va 
korxonalarida 
akstiyalarning nazorat paketi, ta’bir joiz bo’lsa, “oltin” akstiyalarni davlat 
ixtiyorida saqlab qolgan holda, iqtisodiyotning eng muhim etakchi tarmoqlariga 
xususiy investorlarni jalb qilish va ularda nodavlat sektor ulushini yanada 
kengaytirish zarur. Bunda bo’lajak investorlarning barcha toifalariga 
xususiylashtirish jarayonlarida teng sharoit yaratishni ta’minlash, ularda xususiy 
sektor ishtirokini kengaytirish, xususiylashtirish bitimlarining ochiqligi va 
oshkoraligini ko’zda tutish lozim.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan g`oyat muhim ahamiyatga molik qonunlarni 
takomillashtirish bilan birga, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor 
islohotlarining sur’ati va mantiqiy talablaridan kelib chiqqan holda, erkin bozor 
iqtisodiyoti munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan bir qator 
qonunlar qabul qilishni hayotning o’zi taqozo etmoqda. “Kredit byurolari faoliyati 
va kredit axboroti almashuvi to’g`risida”, “Garov reestri to’g`risida”, “Rieltorlik 
fa
oliyati to’g`risida”, “Investistiya va pay fondlari to’g`risida”, “Innovastiyalar va 
iqtisodiyotni modernizastiya qilish to’g`risida”gi va boshqa yangi qonunlar shular 
jumlasidandir.
Ma’ruzada mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim istiqbollari va 
ustuvor yo’nalishlarini belgilashda ichki ehtiyojning o’sishiga alohida e’tibor 
qaratishimiz 
kerakligi, 
jahon 
moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi 
oqibatlarini 
yumshatishga qaratilgan Inqirozga qarshi choralar dasturida ana shunday 
yondashuv o’tgan yillarda o’zini to’la oqlagani, bugungi kunda Osiyodagi ko’plab 
mamlakatlar aynan shunday pozistiyaga amal qilib kelayotgani ta’kidlandi.
Agar bu borada Respublikamizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan 
biri 
– ijtimoiy soha ob’ektlarining ishga tushirilishiga e’tibor qaratsak, 2009 yil 
davomida qishloq joylarda 197,2 km uzunlikdagi tabiiy gaz, 1665 km uzunlikdagi 
ichimlik suv tarmoqlari quvurlarini tortish, 366 ta qishloq aholi punktlarida 
ichimlik suv ta’minoti ob’ektlarini rekonstrukstiya qilish, obodonlashtirish 
boshqarmalarini 2100 dona maxsus texnikalar bilan jihozlash, 134 ta 
ko’p qavatli 
uylarni mukammal ta’mirlash ishlari bajarilganini ko’rishimiz mumkin. Umuman 
olganda, h
ududlarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining qurib, 
ishga tushirilishi natijasida, 
respublika bo’yicha qo’shimcha 1,3 mln. nafar 
aholining yoki 268,4 mingta oilaning turmush darajasi yaxshilanib, zarur hayotiy 
va ijtimoiy-
maishiy ehtiyojlarga bo’lgan talabini qondirishga erishilgan. Bu esa, 
yuqorida ta’kidlanganidek, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy 
farovonligi va imkoniyatlarining kengayishi orqali ichki ehtiyojning o’sishiga 
ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.
Shundan kelib chiqqan holda, bizning yaqin istiqboldagi eng muhim 
vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish 
– iste’mol talabini 
kengaytirish maqsadida sostial sohani rivojlantirish, mehnatga haq to’lashni 


46 
yanada oshirish, xizmat ko’rsatish sektorini, infratuzilma ob’ektlarini 
rivojlantirishga, transport va kommunikastiya loyihalari amalga oshirilishiga 
alohida e’tibor berishdan iboratligi qayd etildi.
XULOSA 


47 
Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosq
ichga xos bo’lgan iqtisodiy 
tizimlarni o’rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o’zgaruvchan ekanligini bilishda 
muhim ahamiyatga egadir. Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va 
ishlab chiq
aruvchi kuchlarning o’zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib 
borib, uning turli bosq
ichlariga o’ziga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq 
keladi. Taraqqiyot bosqichlarini bilishda tarixiy-formastion yondashuv;
madaniylashish (stivilizastiya) darajasi jihatdan yondashuv; texnika va texnologik 
taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv; sostial-iq
tisodiy shakllar o’zgarishi 
jihatidan yondashuvlar keng qo`llaniladi. 
Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashinib turgan qator ishlab 
chiqarish usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formastiyalar ajralib turadi. 
Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiy-
iq
tisodiy munosabatlarning kuchli ta’sirini shunda ko’rish mumkinki, bir necha 
ming yillab rivojlanmay yotgan texnika va texnologiya taraqq
iyoti tovar xo’jaligi 
va bozorning vujudga kelishi bilan gurkirab o’sib ketdi. 
Texnika taraqqiyotining hamma bosqic
hlari ya’ni oddiy kooperastiya, 
manufaktura, 
mashinalashgan ya’ni industrlashgan ishlab chiqarish, yuqori 
darajadagi industrlashgan, axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300 
yilga, ya’ni tovar xo’jaligi rivoj topgan davrga to’g`ri keladi. Shuning uchun ham 
keyingi paytda ko’pgina iqtisodchilar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy 
tizimlarga bo’lib o’rganadilar. 

Download 429.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling