Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar


Download 429.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/34
Sana07.04.2023
Hajmi429.69 Kb.
#1339051
TuriReferat
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
44017 (1)

Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar 
majmuasi 
– iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va 
iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi. 
Iq
tisodiy nazariyada ko’pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog`lab turkumlashga harakat 
qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uchta 
nusxasiga kiritiladi: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va 
bozor iqtisodiyoti tizimlari. 


48 
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy 
munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli 
hisoblanadi. 
Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish 
h
amda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. 
Mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, 
tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy 
munosabatlardir. 
Mulkchilik xo’jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy 
jih
atdan ro’yobga chiqariladi. 
Mulkchilik munosabatlari unin
g ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini shart qilib 
q
o’yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’ektlaridir. Mulk 
ob’ekti bo’lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy 
mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar 
h
isoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy bo’g`in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik 
qilish hisoblanadi. Ishlab chiq
arish vositalari kimniki bo’lsa, ishlab chiqarilgan 
mahsulot h
am unga tegishli bo’ladi. 

Download 429.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling