Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


Mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir


Download 125.62 Kb.
bet10/11
Sana18.06.2023
Hajmi125.62 Kb.
#1595200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iqtisodiy tizimlarning turli modellari

Mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkchilik xo’jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqariladi.
Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini shart qilib qo’yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’ektlaridir. Mulk ob’ekti bo’lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy bo’g`in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo’lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo’ladi.
Mulk sub’ekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega bo’lgan, mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo’lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo’ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik sub’ekti bo’lib chiqadi.
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o’z ichiga davlat mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog`liq bo’lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi. Shu sababli «O’zbekiston
Respublikasining mulkchilik to’g`risida»gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI


1. Ўзбекистон Республикаси Президенти асарлари

  1. Асосий вазифамиз – Ватанимиз тараққиёти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир/И.А.Каримов. – Тошкент: «Ўзбекистон», 2010.

  2. И.А.Каримов Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари/-Т.: Ўзбекистон, 2009.

  3. Каримов И.А. “Бизнинг бош мақсадимиз –жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислоҳ этишдир”. –Т.: Ўзбекистон, 2005. 2. Дарсликлар ва укув қўлланмалар.

  4. Шодмонов Ш.Ш., Ғафуров У.В. Иқтисодиёт назарияси (дарслик). – T., «Иқтисод-молия» нашриёти, 2010

  5. Shodmonov Sh.Sh., G’afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). – T., «Iqtisod-moliya» nashriyoti, 2010.

  6. Ўлмасов А., Ваҳобов А.В. Иқтисодиёт назарияси: Дарслик. – Т.: «Шарқ» нашриётматбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти, 2006. – 480 б.

  7. Экономическая теория.: Учебник. /И.К.Станковская, И.А.Стрелец. 3-е изд., испр. – М.: «Эксмо», 2009. – 448 с.

  8. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг “Жаҳон молиявийиқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари” номли асарини ўрганиш бўйича ўқув қўлланма. Тузувчилар: Б.Ю.Ходиев, А.Ш.Бекмуродов, У.В.Ғафуров, Б.К. Тўхлиев. -Т.: Иқтисодиёт, 2009.-120 б.

  9. Ходиев Б.Ю., Бекмуродов А.Ш., Ғафуров У.В. ва бошқалар Ўзбекистон иқтисодиёти мустақиллик йилларида. Т.: ТДИУ, 2007.

  10. Шодмонов Ш., Ғафуров У. Иқтисодиёт назарияси. Маърузалар матни. – Т.: ТДИУ, 2008.


Download 125.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling