Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari


Download 125.62 Kb.
bet9/11
Sana18.06.2023
Hajmi125.62 Kb.
#1595200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iqtisodiy tizimlarning turli modellari

XULOSA


Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlarni o’rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o’zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir. Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli bosqichlariga o’ziga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Taraqqiyot bosqichlarini bilishda tarixiy-formastion yondashuv; madaniylashish (stivilizastiya) darajasi jihatdan yondashuv; texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv; sostial-iqtisodiy shakllar o’zgarishi jihatidan yondashuvlar keng qo`llaniladi.
Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashinib turgan qator ishlab chiqarish usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formastiyalar ajralib turadi.
Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarning kuchli ta’sirini shunda ko’rish mumkinki, bir necha ming yillab rivojlanmay yotgan texnika va texnologiya taraqqiyoti tovar xo’jaligi va bozorning vujudga kelishi bilan gurkirab o’sib ketdi.
Texnika taraqqiyotining hamma bosqichlari ya’ni oddiy kooperastiya, manufaktura, mashinalashgan ya’ni industrlashgan ishlab chiqarish, yuqori darajadagi industrlashgan, axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300 yilga, ya’ni tovar xo’jaligi rivoj topgan davrga to’g`ri keladi. Shuning uchun ham keyingi paytda ko’pgina iqtisodchilar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy tizimlarga bo’lib o’rganadilar.
Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar majmuasi – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi.
Iqtisodiy nazariyada ko’pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog`lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uchta nusxasiga kiritiladi: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlari.
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi.
Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi.

Download 125.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling