Ijtimoiy-iқtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari
Ўзбекистонда давлат ва нодавлат секторларининг
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
mulkchilik munosabatlari jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy
Ўзбекистонда давлат ва нодавлат секторларининг
нисбати, 2009 йилда умумий ҳажмга нисбатан фоизда 18,7 18,1 0,1 6,0 48,5 5,3 0,1 19,8 21,4 20,9 81,3 81,9 99,9 94 51,5 94,7 99,9 80,2 78,6 79,1 0% 10% 20% 30% 40% 50% 60% 70% 80% 90% 100% Ялпи ички маҳсулот Саноат маҳсулоти Қишлоқ хўжалик маҳсулоти Қурилиш ишлари Транспорт Алоқа Чакана савдо айланмаси Пулли хизматлар Ташқи савдо айланмаси Иқтисодиётда бандлар сони Давлат сектори Нодавлат сектори yoki amaliy maqsadlarda iqtisodiyotning boshqa qismlaridan ajratish imkonini beruvchi o’xshash umumiy tavsiflarga ega bo’ladi. Xo’jalik yuritish shakllariga ko’ra, iqtisodiyotning davlat, nodavlat (xususiy) va boshqa sektorlari farqlanadi. Iqtisodiyotning nodavlat (xususiy) sektori bu – mamlakat iqtisodiyotining davlat nazorati ostida bo’lmagan qismi bo’lib, o’z ichiga xususiy kapitalga tegishli bo’lgan korxonalar va uy xo’jaligini oladi. U iqtisodiyotning korporativ, moliyaviy va individual sektorlariga bo’linadi 8 . O’zbekistonda mustaqillik yillarida iqtisodiyotning nodavlat sektori rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishi natijasida mazkur soha jadal ravishda rivojlandi. Agar 1990 yilda respublika YaIM umumiy hajmining atigi 38,1 foizi iqtisodiyotning nodavlat sektorida ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2009 yilga kelib, bu ko’rsatkich 81,3 foizni tashkil etdi. Ayniqsa, qishloq xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqarish hajmi va chakana savdo aylanmasi eng yuqori salmoq – 99,9 foizga etdi . 8 http://www.glossary.ru. 45 Mamlakatimizda nodavlat sektorining faoliyati va mavqeini ta’minlashda asosiy o’rin tutuvchi 1991 yilda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g`risida”gi Qonun, o’tgan davr mobaynida 80 tadan ortiq qonunosti hujjati unga uyg`unlashtirilganiga qaramasdan, bugun qayta ko’rib chiqishni va yangi tahrirda qabul qilishni talab etayotganligi ko’rsatib berildi. Mamlakatimizning strategik muhim tarmoqlari va korxonalarida akstiyalarning nazorat paketi, ta’bir joiz bo’lsa, “oltin” akstiyalarni davlat ixtiyorida saqlab qolgan holda, iqtisodiyotning eng muhim etakchi tarmoqlariga xususiy investorlarni jalb qilish va ularda nodavlat sektor ulushini yanada kengaytirish zarur. Bunda bo’lajak investorlarning barcha toifalariga xususiylashtirish jarayonlarida teng sharoit yaratishni ta’minlash, ularda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, xususiylashtirish bitimlarining ochiqligi va oshkoraligini ko’zda tutish lozim. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan g`oyat muhim ahamiyatga molik qonunlarni takomillashtirish bilan birga, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining sur’ati va mantiqiy talablaridan kelib chiqqan holda, erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan bir qator qonunlar qabul qilishni hayotning o’zi taqozo etmoqda. “Kredit byurolari faoliyati va kredit axboroti almashuvi to’g`risida”, “Garov reestri to’g`risida”, “Rieltorlik faoliyati to’g`risida”, “Investistiya va pay fondlari to’g`risida”, “Innovastiyalar va iqtisodiyotni modernizastiya qilish to’g`risida”gi va boshqa yangi qonunlar shular jumlasidandir. Ma’ruzada mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim istiqbollari va ustuvor yo’nalishlarini belgilashda ichki ehtiyojning o’sishiga alohida e’tibor qaratishimiz kerakligi, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan Inqirozga qarshi choralar dasturida ana shunday yondashuv o’tgan yillarda o’zini to’la oqlagani, bugungi kunda Osiyodagi ko’plab mamlakatlar aynan shunday pozistiyaga amal qilib kelayotgani ta’kidlandi. Agar bu borada Respublikamizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan biri – ijtimoiy soha ob’ektlarining ishga tushirilishiga e’tibor qaratsak, 2009 yil davomida qishloq joylarda 197,2 km uzunlikdagi tabiiy gaz, 1665 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmoqlari quvurlarini tortish, 366 ta qishloq aholi punktlarida ichimlik suv ta’minoti ob’ektlarini rekonstrukstiya qilish, obodonlashtirish boshqarmalarini 2100 dona maxsus texnikalar bilan jihozlash, 134 ta ko’p qavatli uylarni mukammal ta’mirlash ishlari bajarilganini ko’rishimiz mumkin. Umuman olganda, hududlarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining qurib, ishga tushirilishi natijasida, respublika bo’yicha qo’shimcha 1,3 mln. nafar aholining yoki 268,4 mingta oilaning turmush darajasi yaxshilanib, zarur hayotiy va ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarga bo’lgan talabini qondirishga erishilgan. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy farovonligi va imkoniyatlarining kengayishi orqali ichki ehtiyojning o’sishiga ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Shundan kelib chiqqan holda, bizning yaqin istiqboldagi eng muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish – iste’mol talabini kengaytirish maqsadida sostial sohani rivojlantirish, mehnatga haq to’lashni 46 yanada oshirish, xizmat ko’rsatish sektorini, infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirishga, transport va kommunikastiya loyihalari amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdan iboratligi qayd etildi. XULOSA 47 Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlarni o’rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o’zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir. Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli bosqichlariga o’ziga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Taraqqiyot bosqichlarini bilishda tarixiy-formastion yondashuv; madaniylashish (stivilizastiya) darajasi jihatdan yondashuv; texnika va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv; sostial-iqtisodiy shakllar o’zgarishi jihatidan yondashuvlar keng qo`llaniladi. Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashinib turgan qator ishlab chiqarish usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formastiyalar ajralib turadi. Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlarning kuchli ta’sirini shunda ko’rish mumkinki, bir necha ming yillab rivojlanmay yotgan texnika va texnologiya taraqqiyoti tovar xo’jaligi va bozorning vujudga kelishi bilan gurkirab o’sib ketdi. Texnika taraqqiyotining hamma bosqichlari ya’ni oddiy kooperastiya, manufaktura, mashinalashgan ya’ni industrlashgan ishlab chiqarish, yuqori darajadagi industrlashgan, axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300 yilga, ya’ni tovar xo’jaligi rivoj topgan davrga to’g`ri keladi. Shuning uchun ham keyingi paytda ko’pgina iqtisodchilar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy tizimlarga bo’lib o’rganadilar. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling