«ijtimoiy-madaniy faoliyat» kafedrasi «ijtimoiy madaniy faoliyat tarixi va nazariyasi» fanidan
Download 497.07 Kb.
|
IMF-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamg‘armalarning ijtimoiy-manaviy va madaniy hayotdagi faoliyatini rivojlantirish vazifalari.
- 3.2. Jamg‘armalarning yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi roli va bu boradagi dolzarb vazifalari
Jamg‘armalar-milliy ma'naviy qadriyatlarni tiklashning muhim omili Milliy ma'naviyatimizning durdonalarida, hikmatlarida ma'no mazmun nihoyatda ko‘p bo‘lganligi, sharqda farzand tarbiyasiga alohida e'tibor bilan qarash, ularning o‘sib ulg‘ayishida savodxonlik darajasiga e'tibor va mas'uliyat bilan yondoshishni taqozo etgan. Shu bois masalalariga alohida mas'uliyat bilan yondashilgan. Obro‘-e'tiborli xonadonda tez-tez yig‘inlar o‘tkazilib kitobxonlik kechalari uyushtirilib turilgan. 5-6 yoshdan boshlab Mirzo Bedil, Hofiz Sheroziy, Devoni Mashrabdan g‘azallar yodlatib borilgan. Yoshlikdan she'riyat musiqa va adabiyotlarga mehr va havas uyg‘otilgan. G‘azallar ruboiylar va dostonlarni boshdan-oyoq yod bilish san'ati inson xotirasini kuchaytirgan omillardan biri bo‘lgan. Hozirgi kunda global axborot vositalarining keng miqyosida jamiyatimiz hayotiga kirib kelishi ayniqsa yoshlarimiz hayotida keng miqyosida tadbiq etilishi (internet kompyuterlardan foydalanish) ham bir tomondan qadriyat sifatida e'tirof etilmoqda. Bu jarayonlar yoshlarimiz ongida davr ruhini tarannum etishda ijobiy rol o‘ynamoqda. Ammo yoshlarimiz ongining bir tomonlama rivojlanish tendensiyasiga faqatgina amal qilmasdan, hozirgi davrda ham mustaqillik g‘oyalarini yanada qadrlashga undash jarayonida milliy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatlarni uyg‘unlashtirib olib borilsa maqsadga muvofiqdir deb bilamiz. Shu bois ham yoshlarni milliy sharqona qadriyatlar ruhida tarbiyalash ham muhim ahamiyatga egadir. Kishilik jamiyati rivoji ana shu jarayon ishtirokchilari bo‘lgan shaxs ruxiy, ma'naviy va jismoniy taraqqiyoti bilan bog‘liq bo‘lib bu turli tarbiya sub'ektlari ta'sirida shakllanadi. Ana shu sub'ektlardan biri bu jamiyat hayotida mavjud jamg‘armalar va ularning turli sohadagi faoliyatidir. Jamg‘armalar faoliyati nafaqat bugun balki tarix sahifalarida ham jamiyat a'zolarining ong tafakkuri va ta'lim tarbiya jarayonlarini rag‘batlantirish, milliy an'ana qadriyatlarni takomillashi va bardavom ijtimoiy hayotdaishtirokini ta'minlashga xizmat qilgan. Jumladan, Saljuqiylar davrida Alp-Arslon Muhammad hokimiyatni boshqarganda uning vaziri Nizom ul-Mulk o‘z davrining mashhur siyosiy arbobi va eng ma'rifatparvar kishilaridan bo‘lgan. Saljuqiylar hokimiyati harbiylashgan bo‘lib, bu hokimyatning ichki va tashqi siyosatini Nizom ul-Mulk boshqarar edi. U g‘aznaviylar ish uslubiga bir oz o‘zgartirishlar kiritib, hokimiyatni boshqarish uslubini ishlab chiqadi va o‘zining “Siyosatnoma” asarini yaratadi (1091-1092 y.y.). Bu asarda davlatni boshqarish tamoyillari-prinsiplari bayon etiladi. Nizom ul-Mulk maorifni rivojlantirishda katta xizmat qiladi. 1067 yilda Bag‘dodda o‘zining shaxsiy jamg‘armasiga o‘sha davrning eng mashhur o‘quv yurti- “Nizomiya” madrasasini qurdiradi. U olimlar, din peshvolari, so‘fiylarga katta e'tibor berib, g‘amxo‘rlik qiladi. Istiqlol yillarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarning yangi davr talabi va manfaatlariga mos takomillashgan tizimi shakllantirildi. Yuzlab muzeylar, madaniyat uylari va saroylari, axborot resurs markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari ommaviy muassasalar sifatida vatandoshlarimizga ma'naviy-ma'rifiy xizmat ko‘rsata boshladi. Respublika «Ma'naviyat va ma'rifat markazi» tashkil etildi (1994) va uning viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi bo‘limlari ishga tushirildi. Markazga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi rahbarlik qila boshladi. Respublikamizdagi mahalla oqsoqollari va fuqarolar yig‘inlari raislarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchilari tizimi shakllantirildi. Ular faoliyatini samarali va tasirchan vositalar tehnologiyalar bilan boyitishda “Mahalla” jamg‘armasi o‘zining metodik tavsiyalari va amaliy faoliyati, mahallalarda olib borilayotgan ma'naviy ma'rifiy ishlar moddiy ta'minoti va ularni bu yo‘nalishdagi faoliyatini rag‘batlantirishni amalga oshirmoqda. Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni rivojlantirish va samaradorligini oshirish borasida (1996) yana qator ijobiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Respublikaning barcha viloyatlari, yirik shaharlari va tumanlarida faoliyat yuritayotgan ma'naviy-ma'rifiy muassasalar ishtirokida katta xalq sayillari, hosil bayramlari, «Mustaqillik», «Navro‘z», «Mehrjon» bayramlari, «Sharq taronalari» xalqaro festivali, xonandalar, raqqosalar, eng yaxshi kasb ustalarining ko‘rik tanlovlari, «O‘zbekiston Vatanim manim», «Eng ulug‘, eng aziz», «Kelajak ovozi» va boshqa ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda. 2000 yili poytaxtimizniig Yunusobod tumanida qatag‘on yillarida xalqimizning minglab asl farzandlari qatl etilib, nom-nishonsiz ko‘mib tashlangan, necha yillar davomida qarovsiz qolib kelgan Bo‘zsuv kanali sohilidagi Alvastiko‘prik deb nom olgan jarlik o‘rnida «Shahidlar xotirasi hiyoboni» va keyinchalik shu nomda muzey va jamg‘arma tashkil qilindi. 2001 yildan e'tiboran 31 avgust yurtimizda Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Har yili 31 avgust tongida bu maskanda xalqimizning qadimiy urf-odatlariga ko‘ra osh tortilib, Qur'on tilovat qilish, davlat va hukumat rahbarlari, keng jamoatchilik vakillarining bu yerga kelib, marhumlarni yod etishi, ularning ruhiga hurmat bajo keltirishi ibratli an'anaga aylandi. Bu O‘zbekistonda inson eng oliy qadriyat ekanligining yorqin na namunasidir. Mustaqillikni qo‘lga kiritishimiz sharofati bilan mustabid tuzum davrida toptalib kelingan milliy urf-odat, an'ana, qadriyatlarimiz qayta tiklanib, bugungi milliy-ma'naviy taraqqiyotimizga xizmat qilmoqda. Yurtboshimiz «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» asarida ta'kidlanganidek: «Ayni paytda yurtimizda milliy tiklanish jarayoni qariyb bir yarim asr davom etgan ijtimoiy-siyosiy qaramliqdan keyin dastlabki paytlarda mutlaqo tabiiy ravishda o‘ziga xos «inkorni inkor» qonuniyati asosida kechganini aytish lozim. Lekin biz sobiq tuzumning mafkuraviy qarashlarini umuman inkor etishning o‘zi hech qanday bunyodkorlik dasturiga ega bo‘lmagan siyosiy va madaniy ekstremizm xavfini tug‘dirishi ehtimolini yaxshi anglar edik. Shu bilan birga, tarixiy qadriyatlar, urf-odat va an'analar, turmush tarziga orqa-oldini o‘ylamasdan yoppasiga betartib qaytish boshqa bir keskinlik, deylik bugungi davr hayotini qabul qilmaslik, jamiyatni yangilash zaruratini inkor etish kabi nomaqbul holatlarga olib kelishi mumkinligini ham unutmaslik zarur edi». Prezidentimiz ma'naviyatning milliy taraqqiyotdagi o‘rni va ahamiyati, uni o‘zlashtirish zarurligi haqida to‘xtalib, ta'kidlaganidek: «Ma'naviyat o‘z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi». Bu konseptual g‘oya bugungi kunda milliy ma'naviyatni rivojlantirishda davlat siyosatining ustuvor tamoyillaridan biri sifatida xizmat qilib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan “Mahalla” hayriya jamg‘armasi o‘zbek xalqining milliy madaniyatining ajralmas qismi bo‘lgan ommaviy hasharlarini amalga oshirish va mamlakat obodligi, yurtimiz mahallalarini yanada ko‘kalamzorlashtirish ishini tashkil etishda faol ishtirok etadi. Shuningdek, bu jarayonning moliyaviy ta'minotini amalga oshirish bilan bir qatorda “Obodlik ko‘ngildan boshlanadi” shiori bilan yolg‘iz qariyalar, nogironlar holidan habar olishni tashkil etadi. Bugungi kunda OAV, xususan televidenie madaniyatni ommalashtirishning asosiy vositasi va manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Ammo globallashuv jarayonlari va uning yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan ommaviy madaniyat ekspansiyasi ta'sirida qadriyatlar tizimida sodir bo‘ladigan tub o‘zgarishlar insonda muayyan o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi, inson va jamiyat o‘z ma'naviy-axloqiy tayanchlaridan mahrum etilishi mumkin. Shu ma'noda, Prezident Islom Karimov ta'kidlaganidek, «... kommunistik mafkura va axloq normalaridan voz kechilganidan so‘ng jamiyatda paydo bo‘lgan g‘oyaviy bo‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan, ma'naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan «Ommaviy madaniyat» yopirilib kirib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak...Ayniqsa, hozirgi vaqtda dunyoda kuchayib borayotgan turli ma'naviy tahdidlarning oldini olish, «ommaviy madaniyat»ning zararli ta'siridan farzandlarimizning ongu tafakkurini himoya qilishda ilmu fan va madaniyat jamoatchiligi, ijod ahlining o‘rni va roli tobora ortib bormoqda. Nega deganda, bizning milliy ruhimiz va tabiatimizga yot va begona bo‘lgan ana shunday «madaniyat» namunalarini faqat tanqid va inkor qilish yoki ularni taqiqlash bilan biron natijaga erishib bo‘lmaydi. Bunday xatarlardan hayotimizni asrash, ma'naviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik uchun, avvalambor, ezgu insoniy g‘oyalar va yuksak mahorat bilan yaratilgan asarlar orqali xalqimizning madaniy saviyasini yuksaltirish, boshqacha aytganda, bugun jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql-zakovat va iste'dod musobaqasida bellashuvga qodir bo‘lishimiz shart». Davlatimiz rahbarining ushbu fikr-mulohazalarida ommaviy madaniyatning mazmun-mohiyati, oqibatlari hamda unga qarshi kurashishning izchil vosita va omillari aniq bayon etilgan. Istiqlol tufayli boy tariximiz va madaniy merosimiz, urf-odat va an'analarimiz, dinu diyonatimiz qayta tiklandi. Qon-qonimizga singib ketgan mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi ezgu fazilatlar milliy qiyofamizning in'ikosi sifatida bizni dunyoga tanitdi. Bu bizga cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Mustaqillik yillarida sho‘rolar davrida unutilayozgan milliy merosimiz va an'analarimiz tiklana boshladi. Ma'lumki, yurtimizning har bir viloyati va mintaqasida aynan shu o‘lkaga xos bo‘lgan urf-odat, an'ana, marosimlar mavjud. O‘tgan 20 yil davomida mamlakatimizdagi har bir shahar va qishloqlarimizda ana shu an'ana va qadriyatlarni tiklash borasida ulkan ishlar amalga oshirila boshlandi. Bunday amaliy ishlar sifatida Jizzaxdagi an'anaviy “Xalq o‘yinlari” festivali, Boysunda o‘tkaziladigan “Xalq folklor ansambllari” festivali kabi milliy an'ana va qadriyatlarni tiklashga xizmat qiladigan ko‘plab tadbirlarni sanab o‘tishimiz mumkin. To‘y va bayramlarimizda qariyb zo‘rlik bilan tiqishtirilgan g‘arbona an'ana va marosimlar, janoza marosimlaridagi qabr tepasidagi mitinglar o‘rnini milliy va diniy qadriyatlarimiz, udumlarimiz qayta egallay boshlagani ayni haqiqat. Dunyoda o‘zining o‘xshashiga ega bo‘lmagan uch bosqichli sport musobaqalari tizimi yaratildi. Respublikamizda an'anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Barkamol avlod”, “Umid nihollari” hamda “Universiada” sport musobaqalari yosh avlodni o‘z iste'dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun imkon bermoqda. Bu jarayonda esa o‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan “Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining munosib hissasi bor. Respublika madaniyat va sport ishlari vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazi xuzurida “Oltin meros” xalqaro xayriya jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarorini bajarish yuzasidan tadbirlar belgilandi. Jumladan, bu tadbirlar tizimida buyuk ajdodlarimiz yaratgan bebexo madaniy merosni jaxon jamoatchiligiga tinitish maqsadida respublika teatrlarida buyuk tarixiy shaxslarga bag‘ishlab spektakllar saxnalashtirish, buyuk allomalar, shoirlar va olimlar xayoti va ijodiga bag‘ishlab teatrlashtirilgan kechalar o‘tkazish, “Oltin Meros” jamg‘armasi birgalikda, “Xalq merosi durdonalari” mavzuida ilmiy anjuman o‘tkazish, mazkur jamg‘arma orqali xoirjda izlab topilgan qo‘lyozmalar, tarixiy xujjatlar, xalq xunarmandchiligi, amaliy san'at namunalarini va tarixiy madaniy qimmatga ega bo‘lgan boshqa yodgorliklarni taxlil qilish, “Oltin Meros” xalqaro xayriya jamg‘armasi bilan birgalikda barcha kutubxonalarda “Qadriyatlarni asraylik” mavzuida kitobxonlar konferensiyalarini o‘tkazish katta o‘rin oldi. Qashqadaryo viloyat xokimligi , Yakkabog‘ va Muborak tumanlarida madaniyat ishlari boshqarmasi , “Ma'naviyat va ma'rifat” jamoatchilik markazi, “Oltin Meros” jamg‘armasi o‘zaro xamkorlikda Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab xalq qo‘shiqlari, udum va marosimlar to‘g‘risida fol'klor etnografik jamoalarning “Navro‘z-97” ko‘rik tanlovini o‘tkazdilar. Tanlov o‘z oldiga xalq og‘zaki ijodini jonlantirish, milliy an'analarimizni asrab-avaylash, xalq qo‘shiqlarini qayta tiklash va boyitish vazifasini qo‘ygan edi. Mazkur tadbirda viloyatdagi barcha fol'klor jamoalar ishtirok etdilar. Ular o‘z xududlariga xos udumlar, qadimiy urf-odatlar, to‘y marosimlari qo‘shiqlaridan iborat dasturlarni tomoshabbinlar xukmiga xavola etdilar. Jamg‘armalarning ijtimoiy-ma'naviy va madaniy hayotdagi faoliyatini rivojlantirish vazifalari. Nodavlat va jamoat tashkilotlari ijtimoiy-madaniy hayotda ishtirok etib, mahalliy hokimiyatning bu yo‘nalishdagi tadbirlariga, qabul qiladigan qarorlariga, amaliy hayotiga boy ma'no-mazmun, muayyan bir maqsadga, fuqrolarning aniq madaniy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilganlik baxsh etadilar. Shu tariqa ular ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish darajasini, sifatini oshirish funksiyasini bajaradilar. 1992 yil 12 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiniig Farmoni bilan “Mahalla” xayriya jamg‘armasi tashkil etildi. Farmonda qayd etilganidek jamg‘arma “mahallalarda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlantirishga ko‘maklashadi”. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 1 dekabrda qabul kilingan “Respublika ‘Maxalla” xayriya jamg‘armasining faoliyatini yanada takomillashtirining chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida mahallalarning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy-madaniy hayotida tutgan o‘rni oshib borayotganidan kelib chiqib, mahallalarda o‘z-o‘zini mablag‘ bilan ta'minlovchi madaniy ma'rifiy xizmat ko‘rsatish muassasalari, sport maydonchalari, maishiy xizmat uylari, choyxonalar, ijaraxona va to‘yxonalar barpo etishda joylardagi korxonalar, muassasalar qatnashishi ko‘rsatildi. Ayni paytda tegishli vazirlik hamda idoralarga mahalla guzarlari, choyxonalari uchun xo‘jalik uy-ro‘zg‘or anjomlarini imtiyozli narxlarda berish, jamg‘arma tasarrufidagi kichik korhonalarni zarur dastgohlar, ehtiyot qismlari, xom ashyo mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlar bilan ta'minlash vazifasi topshirildi. Jamg‘armaga Xalq ta'limi, Madaniyat va sport ishlari, Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan birgalikda “Oila — maktab — mahalla” dasturini ishlab chiqish va ijrosini ta'minlash, madaniy-ma'rifiy ishlarni jonlantirish, aholi salomatligini, ekologiya muhitni yaxshilash, sog‘lom avlodni kamol toptirish kabi vazifalar yuklatildi. Eng muhimi shundaki, “Mahalla” aholiga ijtimoiy madaniy xizmat ko‘rsatish sektorini bevosita turar joylarga yaqinlashtirish servisni rang-baranglashtirish, fuqorolarning madaniy ehtiyojlari, talablari darajasida tashkil etishga intilmoqda. Jamg‘ama nodavlat tashkilot sifatida mahallalarda madaniy tadbirlar o‘tkazish, maishiy xizmat ko‘rsatish, turar joylarni obodonlashtirish, kommunal xizmatni yaxshilash, aholini suv, gaz bilan ta'minlash ishlarida mahalliy hokimiyat organlariga yaqindan yordam bermoqda. Keyingi yillarda mahallalarda tandirxona, oshxoid, kimyoviy tozalash, poyafzal tuzatish, savdo-sotiq shohobchalari yaratildi va bu chora-tadbirlar aholining ijtimoiy-madaniy hayotini yaxshilash, turmush darajasini oshirishga qaratilgandir. Shu bilan birga, mahalla nafaqat xalqimizning jamoa bo‘lib yashash ayni paytda fuqorolik instituti sifatida ijgimoiy hayotda faol ishtirok qilish makonidir. Bugun yurtimizda faoliyat yuritayotgan bir qator davlat va nodavlat, jamoat tashkilotlarining “Mahalla” jamg‘armasi respublika boshqaruvi bilan hamkorlikda qabul qilayotgan qo‘shma dasturlari va ularning ijrosi fuqarolar yig‘inlari faoliyatini jonlantirishda, mahalla mutasaddilarining bilimi, malakasini oshirishda, qolaversa, joylarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etayotir. Xususan, 2011 yilning aprel oyida O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasi respublika boshqaruvi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida «Respublikada ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar faoliyati samaradorligini oshirish» bo‘yicha qo‘shma dastur ishlab chiqilgan edi. Ushbu dasturga asosan, respublikamizning barcha viloyatlarida “Barkamol avlod tarbiyasida mahallaning tutgan o‘rni” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazib kelinmoqda. Ana shu mavzudagi ikki kunlik o‘quv-seminar Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanidagi viloyat Ma'naviyat va ma'rifat markazida ham ko‘tarinki ruhda tashkillashtirildi. Toshkent viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” jamg‘armasining viloyat bo‘limi boshqaruvi hamda bir qator homiy tashkilotlar hamkorligida uyushtirilgan tadbirlarda huquq-tartibot idoralari xodimlari, viloyat adliya boshqarmasi vakillari, viloyat reproduktiv salomatlik markazi shifokorlari, diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilar, jamg‘arma mutasaddilari va boshqalar ishtirok etishdi. Dastur mohiyatini teran anglagan kishi uning bugungi hayotimizda, ya'ni kuchli demokratik fuqarolik jamiyatini qurishda naqadar zarurligini tushunib yetadi, boisi, dastur mazmunida dastlab mahalla maslahatchilarining jamiyat hayotidagi ham ijtimoiy-siyosiy, ham madaniy-ma'rifiy, ham huquqiy savodxonligini, shuningdek, faolligini oshirish, shu orqali yurtimizda barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarga to‘g‘ri yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, muammolarini bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadi mujassam. Qolaversa, seminar davomida mahalla maslahatchilari o‘z malakalarini oshiradi. Eng muhimi, namunali maslahatchilar ish tajribasi ommalashadi. Barkamol avlodni komil, ma'naviyatli, ma'rifatli insonlar etib tarbiyalash nafaqat ota-onalar, balki mahalla maslahatchilaridan ham ulkan mas'uliyat talab etadi, shu boisdan, maslahatchi lavozimiga hayotiy tajribaga ega, oliy ma'lumotli, aholiga, avvalo, yoshlar ongiga sog‘lom turmush tarzini singdira oladigan, ijtimoiy faol xotin-qizlar tayinlanadi. Mahallada diniy va ma'naviy-axloqiy muhitni ta'minlashga oid chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, yoshlar o‘rtasida umuminsoniy va milliy qadriyatlar, an'ana va urf-odatlarimizni targ‘ib etuvchi tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazish ham aynan mahalla maslahatchisiga xos vazifalardan. Mahallalarda maslahatchilar o‘z faoliyatiga oid nizom va huquqiy-me'yoriy hujjatlar, milliy qadriyatlar, ota-bobolarimizdan, momolarimizdan qolgan urf-odat va an'analar asosida ish olib borishsa, albatta, ular ishida samaradorlik oshib boraveradi. Shuningdek, seminarda mutasaddilar tomonidan mahalla maslahatchilari o‘rtasida turli ko‘rik-tanlovlarni muntazam o‘tkazib borish, qolaversa, ularning huquqiy va siyosiy savodxonligini, bilimlarini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar, davra suhbatlarni tashkillashtirish ayni muddao ekanligi alohida ta'kidlab o‘tildi. Mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqarorlashtirish, voyaga yetmagan yoshlar ongida diniy ekstremizm va missionerlik kabi turli yot illatlar shakllanmasligi, ular o‘rtasida turli jinoyat, huquqbuzarlik holatlarining sodir etilmasligida mahallalar oqsoqollari va maslahatchilar, avvalo, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari, militsiya tayanch punkti profilaktika inspektorlari, qolaversa, komissiyalar a'zolari va posbonlar bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yishlari lozim. Hamkorlikda amalga oshirilgan har qanday ish besamar ketmasligi tayin. Shu maqsadda o‘rnatilgan mustahkam aloqa barkamol farzandlarni kamol toptirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. O‘zekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan jamg‘armalar milliy madaniy merosni o‘rganish va targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega. Ular fuqorolar institutlari sifatida xalqimiz to‘plagan tarixiy-madaniy tajribani avlodlarga yetkazishdek muhim vazifani bajaradi. Tadqiqotchilar ta'kidlaganidek fuqorolik jamiyati o‘ta egoistik jamiyat bo‘lib, u o‘zida, avvalo, shaxsiy ehtiyojlari, manfaatlari bilan uyushgan xudbin individlarni birlashtiradi. Ularning har biri o‘z maksadlari ro‘yob chiqishidan manfaatdorligi bois jamoaviy munosabatlar turli tasodiflarga boy bo‘ladi. Bu hol fuqorolar va jamiyat o‘rtasida uyg‘unlik bo‘lishini takazo etadi, aks holda, xalqimizning jamoa bo‘lib, ahil, inoq uyushqoq yashashdek tarixiy madaniy merosi bilan xudbinlik ivdividualizm, o‘z manfaatlarini ko‘zlash o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelishi tabiiydir. Shuning uchun milliy madaniy merosni o‘rganish, tajriba va an'analarni davom ettirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi ijtimoiy harakatlarni, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga ehtiyoj ortib boradi. Ayni shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari bilan 1992 yil 23 mayda “Navro‘z” xayriya jamg‘armasi, 1992 yil 12 sentyabrda “Mahalla” xayriya jamg‘armasi, 1998 yil 16 noyabrda Imom al-Buxoriy nomidagi xalqaro jamg‘arma, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan 1993 yil 3 iyunda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasi, 1996 yil 14 martda Halqaro Amir Temur nomidagi jamg‘arma, 1996 yil 8 noyabrda O‘zbekiston Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va ko‘llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasi, 1996 yil 21 noyabrda “Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi” xalqaro jamoatchilik harakatini rivojlantirish jamg‘armasi, 1996 yil 31 dekabrda O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi kabi qator jamg‘armalar tashkil etildi. 3.2. Jamg‘armalarning yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi roli va bu boradagi dolzarb vazifalari Yosh qobiliyat egalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli jamg‘armalar tashkil etilgan bo‘lib, ular o‘z faoliyatlarini aniq maqsadga yo‘naltirilgan tarzda olib bormoqdalar. Bu turdagi jamoat tashkilotlari sirasiga mustaqillikning dastlabki yillarida tuzilgan “Umid” jamg‘armasi, bugungi kunda faoliyat qamrovi kengayib borayotgan “Isde'dod”, “Mehr nuri”, “Kelajak ovozi”, “O‘zbekiston madaniyati va san'ati forumi” jamg‘armalari faoliyatini sanab o‘tish maqsadga muvofiqdir. Bu jamg‘armalarning asosiy vazifasi iste'dodli yoshlarni tanlash va ularni chet ellardagi nufuzli o‘quv yurtlarida ta'lim oldirish, sifat jihatidan yangi dasturlar ishlab chiqish va ularni respublika ta'lim tizimiga joriy qilish, jahonning o‘quv markazlari bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, turli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va amalga oshirishni maqsad qilib qo‘yishgan. “O‘zbekiston madaniyati va san'ati forumi” jamg‘armasi turli ko‘rgazmalar, teatr va kino festivallari, xalqaro simpozium va anjumanlar tashkil etish orqali yurtimiz madaniyati va san'atining xalqaro maydonda e'tirof etilishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Jamg‘arma tomonidan o‘nlab loyihalar amalga oshirildi. Masalan, “Yangi avlod” bolalar ijodi festivali, “Navqiron O‘zbekiston” an'anaviy va zamonaviy san'at festivali tez fursatda keng jamoatchilik e'tiboriga tushdi. Butun mamlakat miqyosida tashkil etilayotgan “Kelajak ovozi” megatanlovi esa yurtimizning minglab yoshlarini birlashtirmoqda, madaniyat va san'atning turli yo‘nalishlarida iqtidor egalarini kashf etmoqda. Jamg‘arma konsertlar, festivallar, ko‘rgazmalar tashkil etish barobarida Rossiya, Yaponiya, Belgiya, Lyuksemburg kabi davlatlarda o‘ndan oshiq xalqaro loyihalarni amalga oshirdi. Lyuksemburg va Belgiya davlatlarida tashkil etilgan “O‘zbek fotografiyasiga 125 yil” ko‘rgazmasi milliy madaniyatimizning xalqaro maydondagi o‘ziga xos taqdimoti bo‘ldi, deyish mumkin. Ko‘rgazmada mamlakatimizning 150 dan ziyod foto ustalari va yoshlarining asarlari namoyish etildi. Inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashda fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish muhim o‘rin tutadi. Hozirgi davrda O‘zbekiston jamiyatida 7 mln. ga yaqin fuqarolar kasaba uyushmalari a'zolari, 1 mln. dan ortiqroq fuqarolar esa siyosiy partiyalar a'zolari sifatida jamoatchilik ishlarida ishtirok etadilar. Shuningdek, millionlab fuqarolar yoshlar, xotin-qizlar, turli jamg‘armalar, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatida ishtirok etadilar. Inson manfaatlari poymol etiladigan davlatda barkamol avlodni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan tarbiyaviy muhitni yaratish qiyin. Buni chuqur anglagan holda, O‘zbekiston xukumati insonni eng oliy qadriyat sifatida ulug‘lab uning manfaatlarini himoyalash masalasini ilgari surdi. Ushbu dasturning mantiqiy davomi sifatida 2012 yil “Mustahkam oila yili” deb e'lon qilindi. Har bir inson oilada tavallud topadi va ilk tarbiya saboqlarini oladi. Oiladagi sog‘lom muhit farzandni sog‘lom bo‘lishiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Oilada shaxsning ma'naviy dunyosini takomillashtirish uchun unda zarur ruhiy xotirjamlik, ibratli ruhiy munosabat, o‘zaro totuvlik yaratilgan bo‘lishi kerak. Ana shunday namunali oilani shakllantirish maqsadida Davlat dasturi ishlab chiqildi. Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi orqali oilani ijtimoiy himoya qilish ko‘lamlarini yanada kengaytirish va kuchaytirishga alohida e'tibor qaratildi. Oilaning mustahkam va barqaror bo‘lishiga, oilaviy munosabatlarni sog‘lomlashtirishga, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Oila jamiyatning kichik yacheykasi sifatida sog‘lom va barqaror bo‘lsa jamiyat taraqqiyoti kafolatlanadi. Prezidentimiz iboralari bilan aytganda: «Hammamizga ayon bo‘lishi tabiiyki, oila sog‘lom ekan - jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan – mamlakat barqarordir».Bu ezgu vazifalarni amalga oshirishda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan jamg‘armalarning ham o‘ziga hos ulushi bor. Ularning oilalarni ijtimoiy , iqtisodiy qo‘llab quvvatlash, oilada sog‘lom turmush tarzi, ma'naviy muhitni yaratish, tibbiy madaniyatni shakllantirish borasida hamkorlikda olib borayotgan faoliyati diqqatga sazovordir. Jumladan, Fond Forum, “Ayollar kengashi” RJB, “Mehr nuri” jamoat jamg‘armasi, Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash fondi hamkorligida bolalar uyi tarbiyalanuvchilari va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun xayriya aksiyasi o‘tkazildi. “Ayolar kengashi” RJB, “Hayot uchun!” ko‘krak bezi saratoni milliy uyushmasi, “Mehr nuri” jamoat jamg‘armasi va Ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash fondi O‘zbekiston Ruspublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, BMTning Bolalar fondi (YuNISeF), BMTning Aholishunoslik fondi (YuNFPA) tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekistonda ona va bola salomatligini muxofaza qilishning Milliy modeli: “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” mavzuidagi xalqaro simpoziumni o‘tkazishda hamkor tashkilotlar sifatida ishtirok etishdi. Mazkur simpozium 2011 yil 25-26 noyabr kunlari yirik xalqaro tashkilotlar boshliqlari, jahonning qirqqa yaqin davlatlari sog‘liqni saqlash vazirliklari rahbarlari va vakillari, olimlar, shifokorlar va ekspertlarni poytaxtimizga to‘pladi. Respublika xalq ta'limi tizimi chuqur islohotlar jarayoni ni boshqan kechirayotgan hozirgi bosichda uning barcha bo‘g‘inlarida milliy qadriyatlrani mazumni va mohiyatini o‘quvchi xamda talabalr tomonidan chuqur o‘rganishga erishish muhim vazifa sifatida qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi “Ta'lim to‘g‘risida” qonunida qayd etilganidek: “ta'limda umuminsoniy va milliy madaniy qadriyatlarning ustuvorligi” ta'lim soxasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom karimov tashabbusi bilan qabul qilingan “Ta'lim to‘g‘risidagi” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ”da yosh avlodni ma'naviy axloqiy tarbiyalashda o‘zbek xalqining boy milliy madaniy-tarixiy an'analari, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlariga tayanish, ularning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga alohida e'tibor berilgan. Kadrlar tayyolar milliy dasturida “Xalqning boy intelektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan texnika va texnalogiyalarni ng yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.” Dasturda ustuvor yo‘nalishdan biri sifatida “yosh avlodni ma'naviy-axloqi tarbiyalashda boy milliy madaniy –tarixiy an'analarga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi deb belgilangan.” odatlari merosini jamiyat ijtimoiy tarkibini o‘rganish real hayotimizni, kundalik turmushni yanada to‘laroq bilishga xizmat qiladi. Jamg‘armalar iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va bu borada davlatning malakakali qadrlar tayyorlash dasturini amalga oshirishda qatnashib keladi. Ijtimoiy falsafada inson beqiyos ilmiy va ijodiy imkoniyatlarga ega, faqat uning imkoniyatlarini harakatga keltirish lozim degan fikr aksiomaga aylangan. Kanadalik tadqiqotchi G. Selenning takidlashicha, inson miyasida atom yadrosidagi quvvatga teng aqliy kuch yashiringan. Miya faoliyatini kuzatgan mutaxassislar esa, inson o‘z aqliy salohiyati va imkoniyatlarining atigi uch foizidan, daholar nari borsa o‘n foizidangina foydalanishini aniqlagan. V.Pekelis yozganidek “hamma ham Eynshteyn, Shostakovich, Stanislavskiy bo‘lavermaydi, ammo har bir kishi, kasbi va egallangan vazifasidan qat'i nazar, o‘z ishining generali bo‘lishi mumkin. Chunki, har bir kishi tug‘ilganining o‘zidayoq biroz daho bo‘ladi. Bu ham kam, aslida hamma - daho”. Ilmiy-ijodiy faoliyat ana shu daholikni yuzaga, maydonga chiqarish imkoniyatini ochib beradi. 1997 yil 7 yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet elda ta'lim olishlarini qo‘llab-quvvatlash “Umid” jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi Farmoni butun ta'lim—tarbiya jarayonlariga jiddiy tasir ko‘rsatdi. Endi haqiqiy talantli yoshlar o‘zaro bellashib, bilimda, tafakkurda, ijodda kuch sinashib, Prezident grantini qo‘lga kiritishi va chet elda davlat hisobidan tahsil olishi mumkin. Farmonga ko‘ra, tanlovda eng-qobilyatli, yigit-qizlar saralab olinib, moddiy-ma'naviy qo‘llab-quvvatlanishi, ularga chet elda yetuk mutaxassis bo‘lib kelishi uchun barcha sharoit yaratib berilishi, qaytib kelgach ishga taqsimlanishi bilan boshqa masalalarda yordam ko‘rsatilishi lozim. Bu jamg‘arma grantlari asosida har yili iqtidorli yoshlarimiz AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Yaponiyaga o‘qishga yuborilmoqda. Shu kunlarda 550 nafar yigit-qizlarimiz dunyoning eng rivojlangan mamlakatlarida tahsil oldilar. Amerika Ko‘shma Shtatlarida — 269, Buyuk Britaniyada — 98, Fransiyada — 15, Yaponiyada — 20, Italiyada 5 nafar O‘zbekistonlik talaba bakalavr va magistr darajalarini olish uchun o‘qib qaytdi. Umuman, jamg‘arma, yo‘llanmasi bilan o‘tgan yillar mobaynida 785 nafar yigit qiz rivojlangan davlatlarning oliy o‘quv yurtlariga yuborildi. Iqtidorli yoshlarning chet elda ta'lim olishiga halqaro tashkilotlar, turli milliy va ma'rifiy uyushmalar ham hissa qo‘shmokda. Masalan, AKSeLS yo‘nalishi bilan har yili ellikdan ziyod iqtidorli yigit-qiz AQShga o‘qishga yuborilmokda. AQSh, Turkiya, Misr, Xitoy, Italiya, Germaniya, Koreya, Yaponiya kabi mamlakatlarda doimiylik asosida qariyb 700 nafar talabamiz ta'lim olgan. Ularning deyarli 60 foizi iqtisodiy soxalar bo‘yicha o‘qigan. Bugungi kunda esa “Umid”, “Kamolot” jamg‘armalari faoliyat mazmunini o‘zida mujassam etgan, respublika yoshlarini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash bilan bir qatorda ular faoliyatini rag‘batlantiruvchi tashkilot 2001 yilda “Kamolot” Yoshlar Ijtimoiy Harakati nomi bilan tashkil etilib, jamg‘armalar faoliyati to‘xtatildi. 25 yillik mustaqil taraqqiyot davrida oila va nikoh munosabatlarini takomillashtirishning qonuniy asosi yaratildi va xukumatimiz tomonidan olib borilayotgan izchil va samarali siyosat tufayli onalar va chaqaloqlarning salomatligini yaxshilashga erishildi.. Ma'lumki, oilaning mehr markazi, bekasi ayoldir. Farzandning barkamol shaxs sifatida kamol topishida va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi insonni yetishtirishda onaning roli beqiyos. Ayollar sog‘ligi, xususan onalar salomatligini yaxshilash, ularning ijtimoiy, boshqaruv faoliyatidagi ishtiroklarini ta'minlash va kengaytirishga xizmat qiluvchi huquqiy asos yaratildi. Dastur aholining eng go‘zal va nozik bo‘lagi bo‘lmish ayollarini ma'naviyatini yuksaltirish asosida ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlashga qaratilgan. Onani e'zozlash - bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan fazilat. Chunki ayollarni qancha ulug‘lasak, hayotimizning chirog‘i, umrimizning guli deb e'zozlasak, demakki, oilamizni, Vatanimizni e'zozlagan bo‘lamiz. Ayollar kengashi” RJB, “Hayot uchun!” ayollar hamjamiyati, «EUROPA DONNA-Uzbekistan», Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ijtimoiy tashabbuslarni himoya qilish fondi (ITQQF) tomonidan tashkil etilgan “Ko‘krak bezi saratoni va boshqa onkologik kasalliklarnini da'volashda sa'y-harakatlarni birlashtirish” davra suhbati chog‘ida qabul qilingan Ko‘krak bezi saratonini profilaktika qilish, barvaqt aniqlash va davolash hamda KBS bilan xastalangan ayollarni reabilitatsiya qilish dasturi doirasida tashkil etilgan. Insoniyat tarixi shundan guvohlik beradiki, ming yillar davomida har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma'naviy barkamolligi ayollarga bo‘lgan munosabat bilan belgilanadi. Ayniqsa, ayollarga xos sharqona ehtirom va e'zoz biz uchun ibratli merosdir. Xalqimizning buyuk tarixida o‘zining jasorat va matonati, aql-zakovati, nafosat va nazokati bilan o‘chmas nom qoldirgan To‘maris, Bibixonim, Gulbadanbegim, Zebuniso, Nodira, Uvaysiy, Qurbonxon dodho, Anbar otin va boshqa yuzlab ayollarimizni hamisha ehtirom bilan tilga olamiz. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, ayollarga bo‘lgan cheksiz hurmat-ehtiromimizning yana bir sababi shundaki, ayol - avvalo har bir insonning beshigini tebratadigan, oq suti bilan uning yuragiga odamiylik fazilatlarini singdiradigan, uni hayot bo‘ronlaridan asrab-avaylaydigan fidoyi insondir. O‘sib kelayotgan yangi avlodni ona allasi bilan ezgulikka o‘rgatadi, uni parvarish qiladi, Vatanga, xalqqa sadoqat ruhida tarbiyalaydi va yetuk inson qilib voyaga yetkazadi. Albatta, xalq takdiri, millat istiqboli uchun hal qiluvchi ahamiyatta ega bo‘lgan bu ulug‘ va mas'uliyatli ish faqat onalarning qo‘lidan keladi. Sog‘lom avlod deganda, eng avvalo, sog‘lom nasl, nafaqat jismonan baquvvat, shu bilan birga, ruhiy, fikran sog‘lom, iymon-e'tiqodi butun, bilimli, ma'naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushuniladi. Buyuk davlatni faqat sog‘lom millat, sog‘lom avlodgina qura oladi. Aslida Olloh taolo inson zotini tabiatan sog‘lom, mukammal yaratadi. Lekin, afsuski, avvalo odam bolasining o‘zi, qolaversa, nosoz muhit bu mukammallikni buzadi. Jismoniy jihatdan baquvvat bo‘lgan odamni tarbiyalash unchalik qiyin emas. Ammo uni ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan kamol toptirish g‘oyat murakkab vazifa. Ayniqsa bugungi kunda - mafkuraviy kurashlar goh oshkora, goh pinhona tus olgan nozik, qaltis sharoitda, tahlikali zamonda bu masala nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega. Jamiyat a'zolarining jismoniy jihatdan yetuk bo‘lishida Respublika bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining alohida o‘rni bo‘lib, uning faoliyati natijasida kelajak avlod barkamolligi ta'minlanmoqda. Jumladan, 2010 yilda birgina Qashqadaryo viloyatini o‘zida jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qishloq joylaridagi sakkizta maktabda sport zallari qurilib foydalanishga topshirdi. 2010 yilda Yakkabog‘ va Qarshi tumanlaridagi musiqa va san'at maktablari kapital rekonstruksiya qilindi, Qarshidagi nogironlarni reabilitatsiya va sog‘lomlashtirish markazi suzish havzasi kapital ta'mirlandi. Sportchilarimizning 2012 yil Londonda o‘tadigan XXX Olimpiya o‘yinlariga puxta hozirlik ko‘rishi uchun bolalar va o‘smirlar sport maktablariga xalqaro talablarga javob beradigan 12 ta yakkakurash tatamisi va to‘rtta kurash gilami olib berildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan oila farzandlariga jamg‘arma mablag‘lari hisobidan sport liboslari tarqatildi. Sir emaski, keyingi yillarda mamlakatimizda nafis sport turi hisoblanmish badiiy gimnastikaga qiziqish ortib borayapti. Shuni inobatga olgan holda, jamg‘armamiz tomonidan viloyatda 14 ta badiiy gimnastika markazi tashkil etildi. Joylarda mazkur sport turini ommalashtirish uchun ochiq birinchiliklar o‘tkazildi. Tumanlar va viloyat miqiyosida ko‘plab sport tadbirlari o‘tkazildi. «Umid nihollari», «Barkamol avlod», «Universiada» sport musobaqalarining saralash bosqichlari, «O‘z», «Quvnoq startlar», «Sog‘lomjon-polvonjon» kabi an'anaviy musobaqalar, «Salomatlik» va «Ayollar» spartakiadalarini o‘tkazishga jamg‘arma ham o‘z hissasini qo‘shdi. 2011 yilda jamg‘arma mablag‘i hisobidan viloyatda 11 ta inshoot qurilishi, jumladan, yettita maktab qoshida sport zallari, bitta musiqa va san'at maktabini yangidan qurish, ikkita musiqa va san'at maktabini kapital rekonstruksiya qilish, bitta suzish havzasini kapital ta'mirlash hamda beshta namunaviy uy-joylar qoshida sport maydonchalari barpo etish rejalashtirilgan. Shuningdek, viloyatda sport gimnastikasi turini rivojlantirish uchun sport gimnastikasi markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Markazlarni zarur jihoz va anjomlar bilan ta'minlash ham joriy yil rejasida bor. 2003-2008 yillarda qurilgan bolalar sport majmualari va zallarini qaytadan to‘liq jihozlash mo‘ljallanmoqda. “O‘zbekiston madaniyati va san'ati forumi” jamg‘armasi ilk faoliyatini yo‘lga qo‘ygan davrda faqat milliy madaniyat va san'at yo‘nalishida ish olib borgan bo‘lsa, endilikda ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalarni ham amalga oshirmoqda. O‘tgan yillar mobaynida nodavlat birlashma tomonidan ta'lim sohasida ko‘plab dasturlar amalga oshirildi. 2005 yildan buyon jamg‘armaning ta'lim grantlari dasturi amalga oshirilib kelinmoqda. 2006 yildan “O‘zbekiston madaniyati va san'ati forumi” ta'lim loyihalariga Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar dasturi va Pedagogik grantlar dasturi ham qo‘shildi. Kadrlar tayyorlash masalasiga yurtboshimizning qanchalik katta ahamiyat berayotganligini uning quyidagi gaplaridan to‘la tushunish mumkin: “Biz oldimizga qanday vazifa qo‘ymaylik, qanday muammoni yechish zarurati tug‘ilmasin, gap oxir-oqibat, baribir kadrlarga va yana kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag‘asiz aytish mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimizning kelajagi o‘rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday kadrlar tayyorlashimizga bog‘liq”. 52 Bugungi kunda istiqlol bergan imkoniyat va bu imkoniyatlardan samarali foydalanish o‘z natijasini bermasdan qolmaydi. Yosh avlodni o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun eng zarur shartlar: tilni chuqur o‘rganish (ona tilidan tashqari boshqa jahon tillari), axborot asrida yashayotganligimizni hisobga olgan holda, kompyuter texnologiyasidan yaxshi xabardor bo‘lish sanaladi. Yurtboshimiz ta'kidlab o‘tganidek, “Mening orzuim shuki, o‘zbek yigit-qizlaridan ham chet tillarini chuqur biladigan, dunyoda tan olingan, xalqaro maydonda tanilgan jurnalistlar chiqsa”. Bugun yangicha fikrlaydigan, o‘z kelajagini mamlakatimiz kelajagi bilan bog‘liq holda ko‘radigan yangi avlod vakillari hayotga dadil kirib kelmoqda. Yoshlarimiz siymosida muayyan kasb, ba'zan bir nechta yo‘nalish bo‘yicha diplom olgan, bir nechta xorijiy tilni o‘rgangan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni puxta o‘zlashtirgan, mustaqil inson sifatida shakllangan, bir so‘z bilan aytganda, el-yurt xizmatiga shay, yuragi yonib, ko‘zlaridan o‘t chaqnab turgan navqiron yigit-qizlarni ko‘rib, qalbingizda ishonch, g‘urur-iftixor tuyg‘ulari jo‘sh uradi. Kishilarda sog‘lom e'tiqod va yuksak dunyoqarashning shaklanishi uchun ma'lum muhit ham zarur. O‘zbekistonda bu borada ulkan ishlar amalaga oshirilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan mustaqillikning dastlabki kunlaridanok milliy qadriyatlarimizni tiklash, tariximizni xolis va chuqur o‘rganish, buyuk ajdodlarimiz xotirasini yod etish, boy ilmiy-adabiy merosini o‘rganish, xalq ma'naviyatini yuksaltirish milliy siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Ijtimoiy va siyosiy institutlar, xususan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-kuvvatlovchi jamg‘armalarning tashkil etilishi o‘ziga xos ijtimoiy muhitni shakllantirdi. Bu esa, o‘z navbatida, yoshlarning buyuk kelajak bunyodkori bo‘lib voyaga yetishda muhim o‘rin tutmoqda. Bir so‘z bilan aytganda O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan jamg‘armalar nafaqat jamg‘arma tizimidagi fuqorolarning ijtimoiy faolligini oshirish yohud ma'lum soha rivojini ta'minlashga xizmat qiladi, balki, hozirgi zamon sivilizatsiyasining muhim sub'ekti sifatida jamiyatni ijtimoiy taraqqiy ettirish ishida faol ishtirok etmoqda . Download 497.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling