Ijtimoiy madaniy faoliyat kafedrasi jahon madaniyati va tarixi fani bo`yicha ma`ruza matni namangan -2013 yil so`z boshi
Download 0.67 Mb.
|
Jahon madaniyati va tarixi
Til, yozuv, ta'lim tizimi . Qadimgi misrliklarning tili va yozuvi ming yillik tarix davomida o’z taraqqiyotining 5 bosqichini bosib o’tdi. Qadimgi podsholik davridagi til: o’rta misr-klassik tili ( chunki bu tilda noyob adabiy asarlar yaratilgan) yangi Misr tili (er. avv. XIV-VIII asrlar), demotik til (er. avv. VIII–eramizning V asri); kopt tili (III-VII asrlari); qadimgi podsholik aholisi tilini yangi podsholik aholisi tushunmagan, Misr tili chetga chiqmagan. Eramizning III asridayoq qadimgi Misr tili o’lik edi. Uning o’rniga yangi kopt tili keldi. VII asrda kopt tilini arab tili siqib chiqardi. Hozirgi kunda Misrda faqat 4,5 mln kishi kopt tilidan foydalanadilar.
Misr yozuvi er.avv. IV ming yillik oxirida rasm-yozuv, piktografiya asosida kelib chiqdi. Faqat o’rta podshoik davriga kelib rivojlangan yozuvga aylandi. Er.avv. II ming yillikda 700 iyeroglif keng ishlatilgan. Yozuv uchun material sifatida tosh (inshoot, sog`ona, haykallar) loy taxtachalar (ostrakon), yog`och, charm va papirus xizmat qilgan. Adabiyot . Misrliklar dunyoda eng qadimgi qiziqarli g`oyalar, badiiy obrazlar bilan sug`orilgan boy adabiyotlarni yaratdilar. Adabiyot uchun qulay omil bo’lib xalq og`zaki ijodi xizmat qildi. Ilk abadiy asarlar er.avv. IV ming yillikda paydo bo’ldi. Ertaklar, didaktik nasihatnomalar, zodagonlar tarjimai hollari, diniy matnlar va poetik asarlar qadimgi podsholik davridayoq paydo bo’ldi. O’rta podsholik davrida janrlarning xilma-xilligi ko’paydi. Yuqori darajada yozilgan prozaik asarlar paydo bo’ldi (Sinuxet hikoyasi). Yangi podsholik davrida Misr adabiyoti g`oyaviy-badiiy tugallanish davrini boshdan kechirdi. Misr adabiyotida nasihatnoma va bashoratlar didaktik janri to’laroq aks etgan. Nasihatnomalardan eng qadimgisi «Ptaxotep nasihatnomasi»dir. Keyingilari «Gerakleopol podshosi Axtoyning o’gli Merikaraga nasihati», «Fir'anv Amenxemxet I ning nasihatnomasi» kabi asarlarda davlatni boshqarish qoidalari bayon qilingan. «Axtoyning o’gli Dauafaga nasihati»da mirzolikni boshqa kasblardan afzalligi ko’rsatiladi. Yangi podsholik davrida nasihatnomalardan «Ani nasihati», «Amenemope nasihati»da turmush axloqi va an'anaviy axloq qoidalari batafsil bayon qilinadi. Ertaklar Misr adabiyotida alohida bir janr sifatida shakllanadi. Ulardan eng mashhurlari «Fir'avn Xufu va sehrgarlar», «Kema halokatiga uchraganlar to`g`risida», «Egri va to’g`ri to’g’risida», «Ikki aka-uka to’g`risida» va fir'avnlar Petubastis to’g`risidagi bir necha ertaklardir. Misr adabiyotining «Sinuxet hikoyasi» qissasi, «Arfa chaluvchi qo`shig`i» poetik asari kabi namunalari o`sha davr to’g`risida va yuksak adabiy janr shakllanganligining dalilidir. Turli janrlar orasida adabiyot alohida o’rin tutadi Ko’pgina afsonalar, qayta ishlangan diniy madhiyalar Osiris mashaqqatlari, xudo Raning yer osti podsholigiga sayohati hikoya qilingan sikllari mashhur bo’lgan. «Ko`ngli qolgan kishining o’z ruhi bilan suhbati» nomli falsafiy dialog shaklida yezilgan asar diqqatga sazovor. Dialogda dunyodagi adolatsizlik, huquqsizlik va yovuzlikdan azob chekkan kishi taqdiri hikoya qilinadi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling