Ijtimoiy madaniy faoliyat kafedrasi jahon madaniyati va tarixi fani bo`yicha ma`ruza matni namangan -2013 yil so`z boshi
Download 0.67 Mb.
|
Jahon madaniyati va tarixi
Tasviriy san`at va memorchilik. Nilning aholisi, moddiy resurslari va Misrning siyosiy qudrati memorchilik va tasviriy san`atning gullab yashnashiga sabab bo’ldi. Memorchilik va tasviriy san`at sekin –asta mavjud tuzumni, uning davlatchiligini va ma'naviy qadriyatlarini mafkuraviy oqlashga xizmat qila boshladi.
Misr memorchiligi, haykaltaroshligi va rel`yef san'atida badiiy vosita va bosh maqsadlarni asosiy arsenalini shakllantirdi. San'atning diniy e`tiqodga o’ta qaramligi yaqqol seziladi. Er. avv.III ming yillikdayoq Misr san'atining yetakchi yo`nalishlari bo’lgan xudo va fir`avnlarning cheksiz qudrati g`oyasini tashkil etish shakllandi. Bu g`oyalar piramida va ibodatxonalar, ulkan haykallarda o’z aksini topdi. Me'morchilikda xudo fir'avn piramida-qabrlari, ibodatxonalar qurish ustivor ahamiyat kasb etdi. Sog`onalarning ikki xili: yer usti sog`onalari (VI sulola piramidalari) va qoyaga o`yilgan sog`onalar (yangi podsholik davrida) keng tarqaldi. Piramida va sog`onalar qurish uchun I-II sulola fir'avnlari dafn qilingan mastabalar namuna bo’lib xizmat qildi. III sulola fir'anvni Joser uchun balandligi 60 m bo’lgan zinapoyasimon ilk piramida mastaba o’rnida qurildi. Bu kichrayib borayotgan olti ustma-ust qo`yilgan mastaba edi. IV sulola fir'avni Xufu piramidasi (146,6 m balandligi, uzunligi 233 m, maydon hajmi 54 ming.kv.m, 2 tonna 2,3 mln. tosh), Xafra piramidasi (balandligi 140 m, uzunligi asosi 220 m), Xafradan keyin piramidalar kichik hajmda qurila boshlandi. Ibodatxonalar qurilishi o’zgacha me'morchilik shaklida bo’ldi. Karnak va Luksorda Amon-Raga bag`ishlab ibodatxonalar qurildi. Bu ibodatxonalar xarobalari bizgacha yetib kelgan. Ular juda baxaybat hajmda, atrof manzaraga qo’shilib ketgan, hashamatli bezalgan edi. Ularda yuzlab keng xonalar, katta hovlilar, xudolarning ulug`vor haykallari, sfinks, pilonlar va alleyalar mavjud. Karnak ibodatxonasida kolonna zali 5,5 ming kv.metr bo’lib, 134 kolonna bor. 12 markaziy kolonnaning balandligi 21 m, 10 m. aylanasi 15 m. Har qaysi kolonnaning yuqori maydonida yuz kishini joylashtirish mumkin. Ibodatxonada 500 ta toshdan, 17 ming jez haykal va haykalchalar mavjud bo’lgan qadimda yashirib qo’yilgan joydan topilgan. Dayr-al Baxrdagi malika Xatshepsut ibodatxonasi va Ramzes III ning Madinat Abudagi (Fiva) ibodatxonalari ulug`vor qurilgan. Yana shunday ibodatxonalar qoyalarga uyib yasalgan (Ramzes III ning Nubiyadagi Abu Simbel ibodatxonasi). Yana bir me'morchilik san'ati namunasi podsho saroyi qarorgohi monumental shaklda qurilgan. Barcha ibodatxona va saroylar rel'yeflar, boy devoriy rang tasvirlar bilan bezatilgan. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling