Лексикология
Download 41.85 Kb.
|
Attor naqshbandiya
1. Bu yer hozirda „Shayx Attor Valiy“ yoki „Ostona buva“ deb ataladi. 2.Qadimjo tarixi. 3.MemorchiligiHazrat Xoja Alouddin Attor naqshbandiya tariqatining ulug‘ piri, avliyo, “Silsilai sharif” da o‘n yettinchi halqadagi murshid, alloma bo‘lgan. “Attor” deyilishlariga sabab ul zoti sharifdan hamisha xushbuy hid anqib turgan, suhbatlari ham yoqimli bo‘lgan.Hazrat Xoja Alouddin Attor naqshbandiya tariqatining ulug‘ piri, avliyo, “Silsilai sharif” da o‘n yettinchi halqadagi murshid, alloma bo‘lgan. “Attor” deyilishlariga sabab ul zoti sharifdan hamisha xushbuy hid anqib turgan, suhbatlari ham yoqimli bo‘lgan.– Asl ismlari Muhammad ibn Muhammad al-Buxoriy bo‘lgan Alauddin Attor Hazrat Bahouddin Naqshbandiyning shogirdi va kuyovi bo‘lib, ustozi vafotidan so‘ng tariqat ta’limotini keng yoyish uchun Denovga ko‘chib kelgan,– deydi viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, ilmiy tadqiqotchi Zebuniso Alimardonova. – Xalq orasida Shayx Attori Valiy nomi bilan ham tanilgan. Ilmi, odobi, tarbiyasi, xulqi bilan ustozining duosini olgan Attor Denov shahridagi bir xonaqohda muridlariga ta’lim-tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan. “Tuxfaa az-zoiriyn” kitobida ul zotning nasabi Hazrati Ali roziyallohu anxugacha yetib borgani yozilgan. Milodiy 1400 yilda vafot etgach, o‘g‘illari Xoja Hasan Attor tariqatni davom ettirgan. Tumandagi Sarmozor ota qabristoniga dafn etilgan.
Hazrat Bahouddin shogirdi Alouddinni o‘ziga juda yaqin olgan. Ul buyuk zot Attorni hamisha suluk boshida o‘zlariga yaqin joyda o‘tirishini buyurgan. Muridlar buning sababini so‘raganlarida: “Uni bo‘ri yeb qo‘ymasin deb, shunday qilaman. Bo‘ri ya’ni, nafs doimo poylab turadi. Shuning uchun ham undan xabar olib turaman, toki u bo‘riga yem bo‘lmasin”, deya javob bergan.Download 41.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling