Лексикология


Download 41.85 Kb.
bet3/5
Sana18.12.2022
Hajmi41.85 Kb.
#1029937
1   2   3   4   5
Bog'liq
Attor naqshbandiya

– O‘tgan asrlarda madrasaning 3 ta guldastasiga darz ketib, yorilgan ekan, – deydi Zebuniso Alimardonova. – Restavratsiya chog‘ida qayta ta’mirlanib, tiklandi. Tashki va ichki g‘ishtlari orasi tozalanib, qayta to‘ldirildi. Ustki qismi yog‘ingarchilikdan himoya qilish uchun to‘liq yopildi. 160 dan ortiq qadimiy uslubdagi eshik va rom yasalib, o‘rnatildi. Madrasaning asosiy kirish qismidagi darvoza yangilandi. Atrofida yirik hajmdagi obodonlashtirish ishlari olib borildi. Endilikda qayta tiklangan mahobatli yodgorlikning birinchi qavatida yo‘qolib borayotgan hunarmandchilik turlarini tiklash, hunarmandchilik markazi tashkil etib, hunarmandlar uchun qulay sharoitlar yaratish mo‘ljallanmoqda. Ikkinchi qavatini muzeyga aylantirib, qadimiy va hamisha navqiron Denov tumani tarixi asosida turli davrlarni namoyish etuvchi ekspozitsiyalar yaratish, hududda asrlar davomida shakllanib kelgan boy moddiy-madaniy va ma’naviy merosni tiklash rejalashtirilayotir. Bularning barchasi Yangi O‘zbekistonda yodgorliklarga yangicha munosabatda bo‘linayotgani, uzoq o‘mishdan so‘ylaydigan obidalarimizning nafaqat me’moriy bichimini, balki tarixiy ahamiyatini tiklashga ham alohida e’tibor berilayotganining amaldagi samarasidir.

Madrasa u zotning o‘g‘illari va nevaralari tomonidan 26 yil davomida qurilgan. Manbalarda aytilishicha, Hazrat Xoja Alouddin Attor naqshbandiya tariqatining ulug‘ piri, avliyo, “Silsilai sharif” da o‘n yettinchi halqadagi murshid, alloma bo‘lgan. Asl ismlari Muhammad ibn Muhammad al-Buxoriy bo‘lib, “Attor” deyilishlariga sabab ul zoti sharifdan hamisha xushbuy hid anqib turgan, suhbatlari ham yoqimli bo‘lgan ekan. 

Hazrat Bahouddin vafot etgach, Hazrat Alouddin Attor o‘z zamondoshlariga ta’lim bergan. Ul zot ilmi, odobi, tarbiyasi, xulqi bilan ustozining duosiga sazovor bo‘lgan. Tasavvuf ilmini keng yoyish uchun oilasi bilan Surxondaryoga kelib, Denov shahridagi bir xonaqohda muridlariga ta’lim-tarbiya bergan. Hazrat milodiy 1400-yilda vafot etgan. O‘ziga xos loyiha asosida bunyod etilgan madrasa ilm-ma'rifat maskani sifatida dong taratgan. Aslida muazzam maskanning qayta rekonstruksiya qilinishi ham keyingi yillarda mamlakatimizda muqaddas qadamjolar va tarixiy obidalarni qayta tiklab, ziyorat turizmini rivojlantirishga, yurtimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarni dunyoga keng tarnnum etishga qaratilayotgan yuksak e'tibor samarasidir", – deydi viloyat turizm va sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Namozov.


Download 41.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling