Лексикология
Download 41,85 Kb.
|
Attor naqshbandiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Meʼmorchiligi
Buxoro inqilobidan oldin madrasada 400 ga yaqin talaba tahsil olgan, ularga 33 mudarris saboq bergan. Shoʻrolar tuzumi davrida madrasa yopib qoʻyilgan. 1956—1960 va 1972—1973-yillarda Oʻzbekiston SSR olimlari tomonidan ilmiy oʻrganilgan. 1991-yildan, Hoji Luqmonxon Haydarxon oʻgʻli tashabbusi bilan madrasada talabalarning 4 yillik oʻqitilishi boshlangan. Bugungi kunda madrasaning oʻrta maxsus islom bilim yurti sifatidagi faoliyati toʻxtatib qoʻyilgan. 2018—2019-yillardagi xabarlarga koʻra, madrasa binosi ayanchli ahvolga kelib qolgan, qulash arafasida boʻlgan. Madrasa 2019-yilda tasdiqlangan "Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari" milliy roʻyxatiga kiritilib, unda hunarmandchilik markazi barpo etish rejalashtirilgan. 2020-yilda binoni saqlab qolish va uning infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha chora tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlib, ularning ijro muddati etib 2021-yilning mart—aprel oylari belgilangan.MeʼmorchiligiMadrasasining meʼmorchilik uslubi tartibi oʻz davrida belgilangan anʼanalarga mos ravishda barpo etilgan. Bino hovlisi ikki qavatli qurilgan katta-kichik hujralardan tashkil topgan boʻlib, peshtoq ortida miyonsaroy, uning ikki yonida esa masjid va darsxona joylashgan. Madrasa burchaklariga esa guldastalar ishlangan. 40x29.5 metr tarxli hovlisidagi peshayvonlar soni 2 ta. Madrasa poydevorining chuqurligi 5,5 metr. Tomi balxi gumbazli. Hujra derazalariga ganchdan panjaralar ishlangan.Download 41,85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling