Iqtisodiy xavfsizlik” fanidan mustaqil ish mavzu: Orol fojiasining vujudga kelib chiqish sabablari nimalardan iborat? Bajardi: ix-51-2 guruhi talabasi Urinov Oybek Tekshirdi


Download 49.62 Kb.
bet1/5
Sana19.12.2022
Hajmi49.62 Kb.
#1033126
  1   2   3   4   5
Bog'liq
IX 51-2 Urinov Oybek IX Mustaqil ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
IQTISODIY XAVFSIZLIK” fanidan


MUSTAQIL ISH


MAVZU: Orol fojiasining vujudga kelib chiqish sabablari nimalardan iborat?


Bajardi: IX-51-2 guruhi talabasi
Urinov Oybek
Tekshirdi: __________________
Toshkent 2022
Mavzu: Orol fojiasining vujudga kelib chiqish sabablari nimalardan iborat?


REJA:

Kirish


  1. Orol dengizining ekologik muammosi va uning vujudga kelish sabablari

  2. Orol dengizi qurishining ekologik oqibatlari

  3. Orol dengizi mintaqasida ekologik barqarorlikni ta’minlashda xalqaro hamkorlik.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


KIRISH

Tabiat shunday mo‘jizaki u inson kabi qo‘li bilan yaratmaydi, aksincha yillar davomida biror ne’matni san’at darajasiga olib keladi. Biz insonlar esa undagi bor ne’matlardan har xil maqsadlarda foydalanamiz. Afsuski, gohida o‘sha biz foydalanayotgan ne’matlarni qayta tiklab bo‘ladimi yo‘qmi o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Quyida yoritiladigan mavzumiz aynan inson qo‘li bilan samarasiz foydalanishi natijasida ayanchli ahvolga keltirilgan Orol dengizi haqida.


Bugunga kelib, regional ekologik muammodan global ekologik muammoga aylangan Orol va Orolbo‘yi muammosi nafaqat O‘rta Osiyo, balki, jahon jamoatchiligining ham e’tiborini tortmoqda. Bu borada, dastlab birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning va hozirgi kunda prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning qator nufuzli tashkilotlar va davlatlar rahbarlarining yig‘lishlarida so‘zlagan nutqlari hamda BMT bosh kotibi Pan Gi Munning 2010-yilning 5-aprelida davlatimizga tashrifi chog‘ida mazkur muammo yuzasidan bildirgan fikrlari mavzuning o‘ta dolzarbligidan dalolat beradi. Hozirda Orol dengizining chekinishi oqibatida uning o‘rnida maydoni besh millon gektarda qumli–sho‘rxokli hududlarda o‘ziga xos yangi landshaftlar shakllandi. Shu nuqtai nazardan qaraganda Orol dengizida sodir bo‘layotgan tabiiy geografik o‘zgarishlarni o‘rganish va tahlil qilish ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb hisoblanadi. Orol dengizi inqirozi oqibatlarini yumshatish va Orolboʻyi hududini rivojlantirish boʻyicha 2013-2017 yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida 500 tadan ortiq loyiha amalga oshirildi. Ularning yarmidan koʻpi milliy loyihalardir. 
2018-yil 25-avgustda Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʻsischi davlatlari rahbarlarining keng doiradagi majlisi boʻlib oʻtdi. Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi. “Qariyb oʻn yillik tanaffusdan soʻng oʻtayotgan Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʻsischi davlatlari rahbarlarining bugungi tarixiy majlisi tashkilot faoliyatida yangi sahifa ochadi, Markaziy Osiyoda mintaqaviy sheriklikka katta surʻat bagʻishlaydi. Biz bu boradagi oʻzaro hamkorlikka qatʻiy tayyor ekanimizni yana bir bor tasdiqlaymiz. Orolboʻyidagi vaziyatni yaxshilash, suv va ekologiya bilan bogʻliq muammolarni hal etish uchun saʻy-harakatlarimizni birlashtirishimiz zarur”, dedi Shavkat Mirziyoyev.1
Orol dengizining qurishi insoniyat tarixidagi dunyoning eng yirik ekologik fojialaridan biri boʻldi. Sahroga aylangan dengiz tubidagi tuzlar, qum-chang va zaharli oʻgʻitlar insonlar hayoti va tabiatni xavf ostiga qoʻygan. Ammo bugun Oʻzbekiston dunyoda misli koʻrilmagan tajribaga qoʻl urmoqda: dengiz oʻrnidagi sahroni oʻrmonga aylantirmoqchi. Endilikda Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligini taʼminlash boʻyicha koʻp tomonlama Trast fondi faoliyatini kuchaytirish nihoyatda dolzarbdir. Oʻzi trast fondlar boshqaruv tizilmasi qarorlar qabul qilish, mablagʻlarni taqsimlash va hisobdorlik jarayonlaridagi aniqlik va tartiblilik bilan ajralib turadi. Butun dunyo miqyosidagi 50dan ortiq BMTning bu kabi fondlari oʻzining shaffoflik tamoyillari bilan ham gʻoyatda samarali ekanligini koʻrsatmoqda.Oʻzbekiston bu borada ham yetarli tajriba toʻpladi va xalqaro hamjamiyatning bu ekologik muammo atrofida jipslashishi iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash boʻyicha global harakatlar strategiyasini toʻldirishga xizmat qiladi.Hech shubhasiz, bunday intilishlar bu yerdagi aholining bandligini taʼminlash, iqtisodiy va hayot farovonligini oshirish bilan bogʻliq kompleks muammolar yechimida munosib oʻrin egallaydi.Bu ekotizimlar muvozanatini tiklash va bioxilma-xillikni taʼminlashdan tashqari, infratuzilmalar yaratish, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, qishloq xoʻjaligi va sayyohlikni rivojlantirish orqali hududdagi 100 mingga yaqin aholining bandligini, ekologik va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash imkoniyatini yaratadi. Shu maʼnoda bu tashabbus Oʻzbekistonning mintaqaviy va global ekologik muammolar yechimida shunchaki oddiy tomoshabin sifatida emas, balki uning yechimiga amaliy harakat qilayotgan jonkuyar va faol ishtirokchi sifatidagi maqomini yanada mustahkamlashga qaratilgandir.



Download 49.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling