G’aniyev G’ O’zbekistonda anomal iqlim sharoitida ta’lim jarayonini boshqarishning ayrim muammolariga oid


Download 18.04 Kb.
Sana09.03.2023
Hajmi18.04 Kb.
#1254729
Bog'liq
maktab ta\'limi


103-guruh tinglovchisi
G’aniyev G’
O’zbekistonda anomal iqlim sharoitida ta’lim jarayonini
boshqarishning ayrim muammolariga oid

So’ngi yillarda respublikada kuzatilayotgan anomal iqlim sharoiti maktab talimini samarali olib borishga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bu esa ta’lim jarayonlarining sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Ma’lumot uchun: bugungi kunda O‘zbekistonda 10130 ta umumta’lim maktablari mavjud bo‘lib, ularning 2730 tasi  shaharlarda, 7408 tasi esa qishloqlarda faoliyatko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda jami 162 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud. Toshkent shahrida 75 ta, hududlarda 87 ta OTM mavjud. Ularda jami 1millionga yaqin talaba tahsil olmoqda.
Ma’lumotlarga ko’ra, oriy yil anomal sovuq sabab ta’lim muassasalarida ta’til dastlab, 18-yanvargacha cho‘zildi, keyin birdaniga darslar ertaroq boshlanishi ma’lum qilindi. So‘ng hududlarda ta’til yana 23-yanvargacha uzaytirildi. Mutasaddilar tomonidan tartibsizlik bilan qabul qilingan qarorlar talaba va o’quvchilarning sarson bo’lishiga va ota-onalarning noroziligiga sabab bo’lmoqda.Bunday muammolarning kelib chiqishiga bir qancha omillar sabab bo’lmoqda.
Xususan, ta’lim vazirliklari iqlimga oid masalalar bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar bilan doimiy hamkorlik yo’lga qo’yilmagan. Respublikadagi Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi,  Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi (O'zgidromet) o’rtasida samarali hamkorlik yo’lga qo’yilmagan. Buning natijasida ta’lim muassasalari o’quv yili boshlanishidan oldin ishlab chiqqan dasturlarni o’zgartirishga va darslarni kechikishiga sabab bo’lmoqda. Bundan tashqari viloyatdan kelib poytaxtda ta’lim oluvchi talabalarning sarson bo’lishiga va ortiqcha sarf -harajat qilishiga olib kelmoqda.
Shuningdek, noqulay iqlim sharoitida ta’lim jarayonini boshqarish bo’yicha xorij tajribasi ma’sul tashkilatlar tomonidan chuqur o’rganilmagan. Rivojlangan davlatlarda anomal iqlim sharoitida ta’lim jarayonlarini boshqarish bo’yicha maxsus dasturlar ishlab chiqilgan.Misol uchun Germaniyada hukumatning iqlim o‘zgarishi dasturi ta’lim sektori bilan ham hisoblashilgan holda olib boriladi va hukumatning iqlim o‘zgarishi strategiyalarini amalga oshirish uchun yetarli mablag‘lar ajratiladi. Qolaversa, ta’lim vazirliklari iqlimga oid masalalar bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar bilan doimiy hamkorlikni yo’lga qo’ygan. O‘quv soatlariga iqlim o‘zgarishiga oid soatlar kiritilgan va favqulodda sodir bo‘ladigan tabiat hodisalari davrida o‘quvchi va talabalarning alternativ usulda ta’lim olishlariga imkon yaratilgan. Maktablar kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlarda zararlanmaydigan qilib qurilgan. Shuningdek maktabga olib boradigan yo‘l har qanday tabiat hodisasi kuzatilganda ham xavfsiz bo‘lishiga alohida e’tibor beriladi.
Xulosa qilib aytganda, iqlim o‘zgarishi O‘zbekistondagi barcha sohalar singari ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Sohalarni unga tayyorlash va moslashish bo’yicha chora tadbirlar talab darajasida emas. Bunung natijasida maktablar va OTMlar yopilib talabalarni ta’lim olishida muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu muammolar kelajakda kadrlar bilim va malakasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish uchun:
- ta’lim vazirliklari doimiy ravishda O‘zgidromet bilan hamkorlikda ishlashi, qattiq sovuq va issiq bo‘ladigan kunlar haqida ma’lumotlarni to‘plab borib, darslarni ma’lum muddat onlayn yoki boshqacha formatda o‘qitishga tayyor bo‘lishi;
- maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi sel kelish xavfi bor hududlarni o‘rganib chiqib, agar shunday vaziyatlar bo‘ladigan bo‘lsa, vaqtinchalik suv bosib yopiladigan maktablar o‘quvchilari uchun yoki evakuatsiya qilinadigan bolalar uchun vaqtinchalik ko‘chma maktablar tashkil qilishi;
- anomal iqlim kuzatiladigan paytlarda ta’lim muassasalarida elektr uzilishi muammolari bo‘lmasligi uchun maktablarni yashil energiya bilan ta’minlash loyihalarini sinab ko‘rish taklif etiladi.
Download 18.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling