Ijtimoiy madaniy faoliyat kafedrasi jahon madaniyati va tarixi fani bo`yicha ma`ruza matni namangan -2013 yil so`z boshi


Download 0.78 Mb.
bet7/47
Sana05.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1749724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
Bog'liq
Jahon madaniyati va tarixi

Ilmiy bilimlar. Misr madaniyatida fan yetakchi o’rin tutadi. U asosan matematika, astronomiya, tibbiyot yo`nalishlarida rivojlandi. Misr kalendari osmon jismlari va Nil daryosi rejimi asosida tuzilib, yil uch mavsum, har mavsum to’rt oyga bo’lindi. Oy un kunlik dekadani tashkil etgan. Yilda 36 dekada bo’lgan, oxirgi oyga 5 kun qo’shilib kalendar va astronomik yil (365 kun) tenglashtirilgan. Sutka 24 soatga bo’linib yozda kunduz soatlari uzoq, qishda qisqa bo’lgan. Misrliklar yulduzlarning aniq kattaligini tuzganlar. Suv va quyosh soatlarini kashf qilganlar. Ular 10 lik tizimga yaqin hisobni yaratdilar. Ular qo’shish, ayirish, bo’lish va ko’paytirishni bilganlar.
Misr vrachlari butun Old Osiyoga mashhur bo’lganlar. Bizgacha 10 tibbiyot papirusi yetib kelgan. Vrachlar 100 ga yaqin kasalliklarni davolash usullarini bilganlar. Qon aylanishi va yurak faoliyati to’g`risida bilimga ega bo’lganlar. Misrliklar qadimgi so’z ensiklopediyalarini tuzganlar.
MAVZU: Qadimgi Mesopotamiya madaniyati


Reja:

  1. Qadimgi Mesopotamiyada maktab va kutubxonalar faoliyati;

  2. Qadimgi Mesopotamiyada so`z jani va yozuv .

  3. Qadimgi Mesopotamiyada din.

  4. Qadimgi Mesopotamiyada ilmiy bilimlar rivoji;

  5. Qadimgi Mesopotamiyada san`at.



Maktablar. Qadimgi Shumer va keyingi Bobil maktablarida asosan davlat va ibodatxonalar uchun kotiblar tayyorlangan. Maktablar ta'lim va madaniyat o`chog`i bo’lgan. Maktabda asosan shumer tili va adabiyoti o’qitilgan. Yuqori sinf o’quvchilari kelajakda tor mutaxassislashuvga qarab grammatika astronomiya va matematikadan bilim olganlar. O’zini fanga bag`ishlamoqchi bo’lgan o’quvchi bo’lsa huquq, astronomiya, tibbiyot va matematikani o’rgangan. Maktabda jismoniy jazo keng qo’llanilgan. Mesopotamiya maktablari o’quvchilarining sinf xonasida fanlarni o’rganish uchun loy taxtachalarda yozgan mashq matnlari bizgacha yetib kelgan.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling