Ijtimoiy madaniy faoliyat


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/59
Sana05.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#202657
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59
Bog'liq
jahon xalqlari adabiyotiga umumiy tavsif

Minnezang.  Nemis  ritsar‟  madaniyati  va  adabiyoti.  XII-XIII  asrlarda  Frantsiya  ta`siri  ostida 

rivojlangan.  Ritsar‟  lirikasi  minnezang  («sevgi  qo`shig‟i»  Minne  –  «sevgi»)  deb  ataladi.  Uning 

birinchi namunalari 1170 yillarga to`g‟ri keladi. 

Ritsar‟  -  sevgi  poeziyasi  2  oqimdan  iborat  edi.  Ulardan  biri  o`z  uslubi  bilan  arxaik  xalq 

qo`shig‟iga  yaqin  poeziya  bo`lib,  unda  hali  ayolni  ulug‟lash  g‟oyalari  sezilmaydi.  (Kyurenberg  va 

Ditmar fon Aystlar ijodi). 

Ikkinchi  oqim  –  provans  trubadurlarining  bevosita  ta`siri  ostida  yuzaga  keladi  (G‟arbiy 

viloyatlarda). Ditmar va Kyurenberglarning lirikasi erli ayollarga emas, ko`proq qizlarga qaratilgan. 

Ularning  she`rlarida  sevgi  iztiroblari  ko`pincha  ayollarning  qismati  bo`lib  qoladi.  Ditmar  fon 

Aystning  «Ayol  qo`shig‟i»  dagi  ayol  uchib  ketayotgan  lochinni  ko`rib  qoladi.  Unga  qarab:  «Sen 

baxtlisan,  hoxlagan  tomoninga  uchib  borasan,  istagan  daraxtinga  qo`nasan.  Men  ham  shunday 

qildim.  Ko`nglimdagi  yorimni  topdim.  Biroq  ayollar  rashk  qilib  azob  chekmoqdalar»,  deydi.  Ko`p 

she`rlar  xalq  qo`shiqlari  singari  tabiat  manzarasini  tasvirlash  (bahor  yoki  kuz  kelishi)  bilan 

boshlanadi va qahramonlar ruhiy xolatlariga mos keladi. 

Ikkinchi oqim vakillari ijodi shaklning ancha murakkabligi ritsar‟ urf-odatlarining kiritilishi bilan 

izohlanadi.  endi  tabiat  tasviri,  dramatik  situatsiya  ko`rinmaydi.  Visolga  eta  olmaslik  iztiroblari 

bo`rttirib bayon etiladi.  

Val‟ter  fon  Fogel‟veyde  (taxminan  1160-1230  yillar)  –  o`rta  asr  nemis  lirikasining  asosiy 

oqimlarini  o`z  ijodida  birlashtirgan  shoirdir.  Uning  qahramoni  oliy  tabaqadan  chiqqan  ayol  emas, 

oshiqning  iltijolariga  samimiy  javob  beruvchi  kamtar  qizdir.  U  xalq  poeziyasidagi  tabiat  tasviridan 

foydalanadi. 

Bavariyalik  shoir  Neydxart  fon  Reyental  (taxminan  1180-1240  yillar).  U  ham  «oddiy»,  «real 

sevgini»  tasvirlash  tarafdori,  ammo  uni  maishiy  naturalizm  ruhida  rivojlantirgan  (Feodal-aristokrat 

nuqtai nazaridan krestyan qo`shiq va laparlarini parodiyaga oladi).  

Shoir  Volfram  fon  eshenbarx  (taxminan  1170-1220  yillar)  –  o`rta  arsda  nemis  sevgi  lirikasini 

yanada boyitdi. Uning al‟ba (tong qo`shiq) lari juda ham go`zal. 




 

25 


 

 Bulutlarning quyuq jomasin 

 Tirnoqlari bilan yorgancha,  

 Tong adirlar ortidan vazmin 

 Qudrati-la ko`kka o`rlaydi. 

 Huzurimga o`zim chorlagan 

 Kimsaning shod daqiqalarin 

 Uzaytirmas endi tong ortiq.  

  

 

 



 

 

 



(A.Oripov tarjimasi) 

XIII asrning ikinchi yarmida minnezangda tushkunlik boshlandi. 




Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling