Ijtimoiy madaniy faoliyat


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/59
Sana05.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#202657
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
Bog'liq
jahon xalqlari adabiyotiga umumiy tavsif

Adabiyotlar

1.  Alimuhammedov A. Antik adabiyot tarixi. T., O`qituvchi, 1976. 

2.  Ezop. Masallar 

3.  V.Tenderyakov. Ezopning sarguzashtlari…  Jahon adabiyoti. 1998  



 

Mavzu: O`rta asrlar va Uyg’onish davri adabiyoti.  O`rta asrlarda Evropa adabiyoti 

Reja

1.  VI – XVII asrlar Evropa adabiyotining davrlashtirilishi. 

2.  Ilk o`rta asrlarda qahramonlik eposi. 

3.  Diniy-cherkov adabiyotining g‟oyaviy yo`nalishi. 

4.  Ritsar-kurtuaz adabiyoti va uning janrlari. 

5.  Uyg‟onish davri Evropa adabiyotining ahamiyati. 



 

22 


Mil.iy  V  asrda  qullar  va  kolonlarning  qo`zg‟olonlari  hamda  ularga  xayrixoh  bo`lgan 

varvarlarning  Rimga  bosqini  natijasida  Rim  imperiyasi  qulab,  quldorlik  tuzumi  emiriladi.  Uning 

o`rniga yangi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – feodalizm vujudga keladi. U IV – V asrlarda tarkib topa 

boshlab, XI – XV asrlarda yuqori bosqichga ko`tariladi va XVI – XVII asrlarda inqirozga yuz tutib, 

emirila  boshlaydi.  Shu  tariqa  yerga  xususiy  mulkchilikka  asoslangan  feodalizm  o`rnini  kapitalistik 

ishlab  chiqarish  munosabatlari  egallaydi.  Shuning  uchun  qadimgi  dunyo  tarixining  oxiri  VI  asrdan 

yangi  zamon  kapitalizmning  boshlanishi  –  XVII  asrgacha  bo`lgan  davr  O`rta  asrlar  nomi  bilan 

yuritiladi. O`rta asrlar adabiyoti ikki davrga bo`linadi: 1. Ilk o`rta asrlar adabiyoti. 2. Uyg‟onish davri 

adabiyoti. Ilk o`rta asrlar adabiyoti 10 asrdan ziyod davrni qamrab oladi va o`z ichida ikki bosqichga 

bo`linadi:  1.  Qabila  tuzumining  emirilishi  va  feodalizmning  barpo  bo`lishi  davri  adabiyoti  (V  –  X 

asrlar). 2. Rivojlangan feodalizm davri adabiyoti (XI – XV asrlar). Ilk o`rta asrlar davri adabiyotining 

taraqqiyotiga  uch  omil  barakali  ta`sir  ko`rsatdi:  1.  Xalq  og‟zaki  ijodi.  2.Antik  san`at.  3.Xristianlik 

dini. 

Ilk o`rta asrlar adabiyotining ikkinchi bosqichi g‟oyaviy-badiiy jihatdan bir muncha yuksak 



bo`lib,  asosan  u  bilan  bog‟liq  masalalarga  to`xtalamiz.  Bu  bosqich  adabiyotida  uchta  yo`nalish 

mavjud edi va ular quyidagilardir: 1. Xalq adabiyoti. 2. Diniy – cherkov adabiyoti. 3. Feodal – ritsar‟ 

adabiyoti. 

 

Xalq  adabiyotining  eng  etuk  namunalari  Frantsiya  qahramonlik  eposi  “Roland  haqida 



qo`shiq”,  Ispaniya  qahramonlik  eposi  “Sid  haqida  qo`shiq”,  Germaniya  qahramonlik  eposi 

“Nibelunglar haqida qo`shiq” dostonlaridir. Dastlabki ikki asarda ham G‟arbiy Evropa feodallarining 

Salb  yurishlari  o`z  aksini  topgan.  Ulardan  keyingisi  “Sid  haqida  qo`shiq”ning  markazida  turuvchi 

bosh  obraz  tarixiy  shaxs  bo`lib,  uning  asl  ism-sharifi  Rodrigo  Dias,  Sid,  to`g‟rirog‟i  Said  (arabcha 

“janob”)  esa  uning  laqabidir.  Rodrigo  Dias  1040  –  1099  yillarda  yashagan  vaispaniyani  arab 

istilochilaridan  ozod  kilish  milliy  harakati  –  rekonkistaning  yirik  arbobi  sifatida  shon-shuhrat 

qozongan. 1140 yilda yaratilgan bu asar o`z tuzilishiga kura uch qismdan iborat: 1. Quvilish haqida 

qo`shiq.  2.  To`y  haqida  qo`shiq.  3.  Korpes  haqida  qo`shiq.  Kastiliya  qiroli Al‟fons  buyrug‟i  bilan 

vatanidan  quvilgan  Sidning  harbiy  drujina  to`plashi  va  u  bilan  Valensiya  viloyatini  ozod  etishi  va 

boshqa  voqealar  asar  asosiga  qo`yilgandir.  “Nibelunglar  haqida  qo`shiq”  dostoni  esa  biz  yuqorida 

qayd  etgan  asarlardan  bir  muncha  farq  qiladi.  1200  yilda  yaratilgan  bu  asarda  ko`chmanchilik 

davridagi nemis hayoti, qahramonlik va jangovor  yurishlari o`z aksini topgan. “Nibelunglar haqida 

qo`shiq” dostonida fantastik elementlarga ancha keng o`rin beriladi.  

 

Ilk  o`rta  asrlar  G‟arbiy  Evropasining  asosiy  mafkurasi  xristianlik  dini  edi.  Bu  mafkura  bir 



muncha shakllangan strukturaga ega diniy tashkilotlar  – cherkovlar tomonidan olib borilardi. Uning 

g‟oyalarini  o`zida  obrazli  tarzda  aks ettiruvchi  adabiyot  ham  yuzaga  kelgan  bo`lib,  uning  ommaga 

ta`siri ham kuchli bo`lganligini faraz qilish mumkin. Bunday deyayotganligimizning boisi shundaki, 

sobiq sho`ro tuzumi sharoitida bu davr G‟arbiy Evropasi diniy-cherkov adabiyoti namunalarini chop 

etish  va  tadqiq  qilishdan  ongli  suratda  Chetlab  o`tildi.  Bu  adabiyot  haqida  ma`lumot  beradigan 

asarlar  juda  kam  bo`lib,  ular  sirasiga  XI  asrda  Frantsiyada  yaratilgan  “Avliyo  Aleksiyning 

umrguzaronligi”    asarini    kiritish  mumkin.  Unda    o`z    taqvodorligi  tufayli  oxir-oqibat  avliyo 

darajasiga ko`tarilgan Aleksiyning riyozat to`la hayoti hikoya qilinadi. 

O`rta asrlar sharoitida ritsarlik feodal zodagonlarning o`ziga xos muhim xususiyati edi. Ayni 

mana  shu  ijtimoiy  hodisa  XII-XIII  asrlarda  ritsarlik  adabiyotining  yuzaga  kelishi  uchun  sabab 

bo`ladi. Bu adabiyot dastlab Frantsiyada tug‟ilib, so`ng boshqa Evropa mamlakatlariga tarqaladi. Ilk 

ritsarlik  uchun  mardlikning  o`zi  kifoya  qilgan  bo`lsa,  so`ngra  u  kurtuazcha  nozik  didli,  ko`rkam, 

g‟oyat  sezgir  va  xushmuomala  bo`lishi  ham  lozim,  degan  talablar  o`rtaga  qo`yiladi.  SHuningdek, 

insoniy  his-tuyg‟ularni  qadarlash,  ayollarga  nozik  iltifot,  romantik  sevgi  kechinmalarini  madh  etish 

rasm  bo`lib  qoladi.  Ritsar‟-kurtuaz  adabiyoti  lirika  sohasida  trubadurlar  lirikasi  degan  nom  bilan 

yuritiladi.  Bu  atama  frantsuzcha  “truver”  so`zidan  olinib,  “topmoq”,  “ijod  qiloq”  ma`nolarini 

anglatadi.  Ayollar  kul‟ti,  ayollarni  ulug‟lash  trubadurlar  lirikasining  asosiy  g‟oyaviy  yo`nalishidir. 

Uning  kantsona,  sirventa,  tentsona,  al‟ba,  pastorela  kabi  janrlaridan  har  biri  o`ziga  xos  mavzu 

doirasiga  egadir.  Masalan,  al‟ba  tong  qo`shig‟i  bo`lib,  tunda  o`z  ma`shuqasi  bilan  visol  qurgani 

kelgan ritsarni uning do`sti qo`shiq kuylab, tong otganidan xabardor qiladi. Trubadurlar lirikasining 

Frantsiyadagi eng etuk vakillari Bernard de Ventadorn (1142 – 1195 yillar) va Bertran de Born (1140 

–  1215  yillar)  edilar.  Germaniyada  esa  ritsarlar  lirikasi  “Minnezang”  deb  atalgan  va  Vol‟fram  fon 

eshenbax (1170 – 1220 yillar)  uning eng go`zal namunalarini yaratgan. 



 

23 



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling