Ijtimoiy madaniy faoliyat
Viktor Gyugo (1902-1885)
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
jahon xalqlari adabiyotiga umumiy tavsif
Viktor Gyugo (1902-1885).Viktor Gyugo frantsuz romantizmining eng yirik vakili
hisoblanadi. Viktor Gyugo Bezonson shahrida ofitser oilasida tug‟ildi. Otasi Napaleon davrining generali, onasi esa aksincha, Burbonlar tarafdori edi. O`zining birinchi she`rlarida burbonlarni madh etadi. 1827 yili birinchi dramasi «Kromvel‟» ni yaratadi. Va unga kengaytirilgan so`z boshi yozadi. Ushbu so`z boshi Frantsuz romantizmining manifestiga aylandi. Romantik dramalar Gyugogacha ham yaratilgan. Klassitsizm hukmronligi davrida dramalar sahnalashtirilmagan. Ularni o`qish uchun yozilgan dramalar deb atashar edi. Viktor Gyugo SHekspir tajribasidan foydalanib tragediya emas, romantik tarixiy drama yaratadi. (XVII asr Angliya burjuaziya revolyutsiyasi va uning dahosi Kromvel haqida) U klassitsizm qonun qoidalaridan voz kechishga (vaqt, makon, harakat birligi, yuqori va quyi janrlar) chaqiradi. Viktor Gyugo Shekspir ijodini ana shunda qonun-qoidlardan holi deb biladi. 1831 y. «Parij Bibi Mariyam ibodatxonasi» romani yaratildi. Asar mavzusi XV asrdagi Frantsiya tarixidan olingan. O`rta asr ibodatxonasi ustunlaridan birida «Ananke» so`zini o`qidi. (taqdir, qismat degani) Yozuvchi bu so`zga keng ma`no berdi. (Din anankesi, jamiyat anankesi va boshq). Ibodatxona ruhoniysi Klod Frollo - o`z umrini din yo`liga tikkan odam. U yoshi o`tib qolgan bo`lishiga qaramay Parij ko`chalarida o`yinga tushib tirikchilik o`tkazuvchi lo`li qiz esmiraldani sevib qoladi. Qiz buni rad qiladi. Frollo kapitan Feb bilan esmiraldani kuzatib yuradi. Qizni qirol armiyasi ofitseriga suiqasd qilishda ayblab, o`limga hukm qiladilar. Uni jazolash uchun olib ketayotganda Kvazimodo uni ibodatxonaga olib ketadi. U qashshoq odamlar bilan ibodatxonada yashaydi. Frollo qizga o`z sevgisini majburlab o`tkazmoqchi bo`ladi, ammo bu befoyda. U qizni jallodlar qo`liga topshiradi. Qizni dorga osishadi. Kvazimoda Klod Frolloni o`ldiradi. O`zi ibodatxonani tark etib esmiralda jasadi oldida jon beradi. Asardagi ibodatxona - o`rta asrchalik, feodalizm, zulm adaolatsizlik maskani sifatida tasvirlangan. Viktor Gyugo 1862 « Ho`rlanganlar», 1869 yili. «Kulgich odam», 1874 yili esa «93 yil» romanini yaratdi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling