Jorj Gordon Noel’ Bayron 1788 yil 22 yanvarda Londonda tug‟ildi. Uning otasi angliya
aristokratiyasining kambag‟allashib qolgan tabaqasiga, onasi esa shotlandiyalik boy dvoryan oilasiga
mansub edi. Jorj Bayron tug‟ilgan paytda ota-onalari ajrashib ketadilar. Otasi 1791 yilda Frantsiyaga
ketib, u erda vafot etadi. Bayronning bolaligi SHotlandiyada - onasi yonida o`tadi. Jorj tug‟ma oqsoq
edi. Ammo bu uning mohir suzuvchi, boksyor, chavandoz bo`lishiga halaqit bermadi. Bo`lg‟usi shoir
dunyoqarashining shakllanishida SHotlanliya tabiatiga bo`lgan chuqur muhabbat alohida ahamiyatga
ega bo`ldi.
Bayron o`n yoshga to`lganda unga lordlik unvoni meros sifatida qoldi. Bayron jahon
tarixining, Angliya hayotining shiddatli davrida yashadi, ijod qildi. U frantsuz burjua revolyutsiyasi
va xalq xarakatining guvohi bo`ldi. Bu revolyutsiyaning maqsadi sanoat to`ntarishiga, Angliya sotsial
50
Do'stlaringiz bilan baham: |