Ijtimoiy madaniy faoliyat
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
jahon xalqlari adabiyotiga umumiy tavsif
Fredrik Stendal’. (1783-1842). Yuzlab taxalluslarga ega bo`lgan frantsuz yozuvchisining bitta
taxallusi asosiy bo`lib qoldi. – Fredrik Stendal‟ (Stendal‟ – XVIII asrdagi mashhur san`atshunos Vinkel‟man tug‟ilgan Germaniyadagi shahar).
Stendal‟ Grenobl‟ shahridagi advokat oilasida tug‟ildi. Onasidan erta ajraydi. 1800 yili 17 yoshli Stendal‟ Napaleon armiyasi safiga kiradi va bir qancha harbiy yurishlarda ishtirok etadi.
Napaleon qulashi va Burbollar taxtga qaytgandan so`ng Stendal‟ Italiyaga ketdi. Italiyani sevgan adib zo`r qiziqish bilan italyan san`atini o`rganadi. Italiya uning «Italiya tasviriy san`ati tasviri tarixi», «Rim. Florentsiya. Neopol‟», «Rim bo`ylab sayohat» singari san`at tarixi bo`yicha ishlarini, bir qancha novellalarni va «Parma ibodatxonasi» romanini yaratilishiga asosiy sabab bo`lgan mamlakat. Stendalning bu mamlakatga muhabbati boshqacha bo`lgan.
Stendal‟ hayotlik davrida katta shuhrat qozonmaydi. U ko`pincha, « Meni yoki XIX asr oxirida, (80-yillar) yoki XX asrning 30-yillari o`qishi mumkin» deb aytadi. Stendal‟ san`atda haqqoniylikni yoqlab chiqadi.U «Rasin va SHekspir» risollasi (1825) – yozuvchining badiiy dasturiga aylanadi. Bunda ikki buyuk tragik shoir ijodi batafsil tahlil qilinadi. San`atkor jamiyatni o`z ortidan ergashtira olsagina, o`z vazifasini uddalagan bo`ladi, deydi Stendal‟.
«Rasin va Shekspir» o`z ma`nosiga ko`ra realizm manifesti hisoblansa ham Stendal‟ o`zini romantik deb tan oladi. «Romantizm san`atning barcha turlarida – bu qahramonlik davrlari odamlarini (bizdan yiroq bo`lgan va balki butunlay bo`lmagan) tasvirlash emas, balki zamonamiz |
ma'muriyatiga murojaat qiling