Ijtimoiy mas'uliyatni shakllanishi
Download 12.97 Kb.
|
tezis
Talabalarda "Ijtimoiy mas'uliyatni shakllanishi" Dunyoda oliy ta'lim muassasalari talabalarining ijtimoiy faolligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish, ularning ijtimoiy tashabbuskorligini qo'llab- quvvatlashga doir yangi pedagogik vositalarni ishlab chiqish, ijtimoiy-madaniy va kommunikativ faoliyatni samarali tashkil etish malakalarini rivojlantirishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ijtimoiy faollikni rivojlantirishning asosiy omillari sifatida talabalarda axloqiy-estetik dunyoqarash va siyosiy ijtimoiylashuvni qaror toptirish alohida e'tirof qaratilmoqda. SHuningdek, ijtimoiy faollikning pedagogik mexanizmlari sifatida talabalar axloqiy, kasbiy va kommunikativ tayyorgarligining ma'naviy-madaniy asoslari, taraqqiyot g'oyalariga ongli munosabati, texnokratik fikrlashini rivojlantirish muhim o'rin tutadi.Respublikamizda oliy ta'lim mazmuni va kadrlar tayyorlash jarayonlarini ilg'or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, talabalarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishga ma'naviy-ma'rifiy ishlarning muhim yo'nalishi sifatida alohidae'tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga talabalarning bo'lajak kasbiy faoliyatning ijtimoiy ahamiyatini to'liq anglanishiga erishish, ijtimoiy talab va majburiyatlarga mas'uliyatni munosabatni qaror toptirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "Jismonan sog'lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish" kabi muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu esa talabalarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish, ijtimoiy faollikni rivojlantirishning pedagogik modeli va auditoriyadan tashqari mashg'ulotlarni tashkil etishning interfaol texnologiyalarini takomillashtirishni talab etadi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning BMT bosh Assambleyasi 2017 yil 19 sentyabrdagi 72-sessiyasida so'zlagan nutqida: "Bizning asosiy vazifamiz yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo'ravonlik g'oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz", degan fikrlari talabalarning ijtimoiy faolligini qo'llab-quvvatlash yo'nalishida bir qator aniq vazifa va chora-tadbirlarni belgilashga asos bo'ladi.Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarga ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik yaratilayotgan imkoniyatlar ularning o'z ustida ishlashi, tinmay izlanish olib borishi va yangiliklami tez o'zlashtirishi hamda zamon talablari darajasida bilim olishlari uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi. Ma'lumki, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichida oddiydan-murakkabga, eskilikdan-yangilikka qarab harakat qiluvchi, yangicha fikrlaydigan, ijodiy tafakkur va qobiliyatga ega boʻlgan ijtimoiy faol yoshlarni, mutaxassislarni tarbiyalashga alohida yondashilmoqda.Bunday vazifalar o'z-o'zidan amalga oshmaydi, shu o'rinda bo'lg'usi o'qituvchilarning qiziqishlari, ehtiyojlari va imkoniyatlarini o'rganish, o'quv faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish orqali ularda ijtimoiy faollikni shakllantirish va rivojlantirish muhim sanalib, bunda motivlashtirish yoki motivatsiya o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Insonning qobiliyati bevosita motivlashgan mexanizmlar bilan uzviy bog'liq bo'lib, ularning muhitini belgilaydi va dinamik ma'naviy ta'sir etish munosabatini o'zida aks ettiradi. Motiv bilan munosabatlari psixik faollikning bevosita bajarilishi negizi hisoblangan faoliyat orqali namoyon bo'ladi. Adabiyotlarda ijtimoiy faollik haqida keng ma'lumotlar berilgan. Demak, ijtimoiy faollik faollikning yuksak shakli sifatida qaralgan. "Ijtimoiy faollik atamasi ijtimoiy munosabatlarning muayyan tizimida insonlarning intensiv faoliyatini belgilash uchun qanday bo'lsa, uni amalga oshirishga qobiliyatni belgilash uchun ham shunday ishlatiladi. Shunday qobiliyat bo'la turib, ijtimoiy faollik murakkab, integral fazilat sifatida mavjud. U qandaydir alohida xususiyatni, balki hayotiy faoliyat xususiyatlarining butun majmuini ifodalaydi". Talabalarning ijtimoiy faolligi ular o'qiydigan, ishlaydigan, hayot tajribasini egallaydigan ta'lim jamoalarining ijtimoiy faolligi bilan bog'liq. Ijtimoiy faol talaba va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash jamiyatimizda milliy istiqlol g'oyasi asosida olib borilayotganligi bilan demokratik va milliy xususiyat kasb etadi. Bu borada hukmronlikka, bo'ysunishga va itoatkorlikka asoslangan pedagogika o'rnini ta'limni insonparvarlashtirish, ijodkorlik, ilmiylik, hamkorlik, ijtimoiy faollik va do'stona munosabatlar ustuvorligi tamoyillariga amal qilinmoqda. Buyruqbozlikdan xoli bo'lgan boshqarish usuli yo'lga qo'yilmoqda. Jamoada inson omiliga e'tibor kuchaytirilmoqda, mehr-muruvvat, ijtimoiy himoya, sofdillik, haqqoniylik va adolat kabi insoniy fazilatlarga asoslangan ma'naviy-ruhiy muhit yaratilmoqda. Ijtimoiy faollik murakkab jarayon bo'lib, insonda birdaniga vujudga kelmaydi. Olib borilgan tadqiqotlar talaba shaxsida ijtimoiy faollik shakllanishi uning ushbu kasbni tanlagan davriga to'g'ri kelishini ko'rsatdi. O'qituvchi o'z kasbining mas'uliyati va qiyin tomonlarini, ayniqsa, xalq manfaati va Vatan ravnaqi yo'lidagi o'rnini qanchalik erta anglab etsa, unda ijtimoiy faollik kurtaklari shunchalik tez shakllanadi. Bu holatni boshqa kasblar misolida ham aytish mumkin. SHu asosda aytish mumkinki, kasbiy faoliyatida intiluvchanlik pozitsiyasida tura oladigan talabaga ijtimoiy faol talaba deyiladi. Pozitsiya deganda shaxs (ayni paytda mutaxass)ning faol o'rni, maydoni, muayyan holati va vaziyatiga ega bo'la olishi tushuniladi. Aksariyat holda bola oilasida ota-onasiga, o'zidan kattalarga, o'qituvchisiga. albatta, taqlid qila boshlaydi. Ijtimoiy faollikka undovchi "motiv" talabaning shaxsiy istagi, qiziqish va kelajak orzu-niyatlarini, kasbiga qiziqishi yo'lidagi maqsadini belgilovchi omil vazifasini o'tashi mumkin. Talabaning o'quv-biluv jarayonidagi faolligi uning kasbiga bo'lgan qiziqishi yo'lidagi maqsadini yanada oydinlashtirishini ko'rsatdi. Bu jarayon intizom, tashkilotchilik va mas'uliyatning past darajasi hukm surgan jamoalarda to'xtab qolishi mumkin. Boshqa tomondan, o'quvchilarning faolligi rivojlanishining muvaffaqiyati ularning har birining individual fazilatlariga va shaxsiy intilishlari motivatsiyasiga bog'liq. Ijtimoiy faollikni shakllantirish jarayonini motivatsiyasiz tasavvur etish qiyin. Albatta, mazkur jarayonni tadqiq qilishda motivatsion yondashuv samarali hisoblanadi. Motivatsion yondashuv ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo'lib, uning nazariy ahamiyati shunda ko'rinadiki, o'quvchini o'qishga jalb qilishning, samarali ta'lim berishning psixologik mexanizmlarini, o'ziga xosliklarini o'rganishgaqaratilsa, amaliy ahamiyati esa nazariy bilimlarga asoslangan holda o'quvchilarda ijobiy motivlarni shakllantirish va rivojlantirishni nazarda tutadi. Demak, motivatsion yondashuv o'quvchilarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Talabalarning ijtimoiy faollik ko'nikmalarini shakllantirish jarayonida motivlashtirish ularda ijtimoiy faollik tushunchasining mazmun-mohiyati, ahamiyati va zaruriyati, insonparvarlik, mehnatsevarlik, fidoyilik, xalqi va millatiga munosibfarzand bo'lib shakllanishga, sadoqat va e'tiqod, irodaviylik, erkinlik va bag'rikenglik, rostgo'ylik kabi qadriyatlarni e'zozlashga o'rgatish kabi tushunchalarni o'zlashtirish va ularda mazkur tushunchalarni o'rganish uchun qiziqishlarni vujudga keltiruvchi ijobiy motivlarni shakllantirish muhim sanalib, ular o'quvchilarda ijtimoiy faollikni shakllantirishga va rivojlantirishga xizmat qiladi.Shunday ekan, motiv o'zi nima? Motiv deganda nimani tushunish mumkin? Ijtimoiy faollikni shakllantirishda qaysi motivlar muhim ahamiyat kasb etadi? Talabalarda motivlar oldindan shakllangan bo'lishi mumkinmi? Motivlarning qanday turlari mavjud? Motiv - bu insonning xulq-atvorini ichki psixologik boshqarish bo'lib, yo'naltirilganlikni, tashkil qilinganlik, qo'llab-quvvatlanganlikni o'z ichiga oladi. Motiv tushunchasi adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. A.Maslou motivni ehtiyoj, qiziqish bilan bog'lasa, A.N.Leontev motivni ehtiyojlarni qanoatlantirishga xizmat qiladi va inson faoliyatini yo'naltiradigan va uni qo'zg'atadigan obyektivlik deb qaraydi. L.I.Bojovich esa, motivni nafaqat tashqi obyektiv omillar, balki tasavvurlar, gʻoyalar, his-tuyg'ular, bir so'z bilan aytganda, ichki subyektiv omillar ko'rinishi deya ta'rif beradi. Shuningdek, bir guruh olimlar Dj.Gilford, B.R.Xilgard, K.Obuxovskiy. A.Levitskiy, P.I.Ivanovlar motivni faollikni boshlovchi va uni qo'llab-quvvatlab turuvchi omil, shaxsni muayyan bir xatti-harakatga undovchi, zaruratni his qilinishi, u ichimizda maqsadni qo'yishga qo'zg'atadi va xatti-harakatni amalga oshirishda yordam beradigan vositalarni qabul qilishga olib keladi, deb ta'kidlaydi. Yuqorida keltirilgan olimlarning motiv haqidagi fikr va mulohazalariga to'xtaladigan bo'lsak, ular shaxsni xatti-harakatga keltiruvchi, turtki bo'lib xizmat qiluvchi, ularning maqsadi, qiziqishi, orzu-istagi, niyati, intilishi, manfaati, ehtiyoji va e'tiqodlarini motiv deb qaraydi. Ayrim olimlar motivni jarayon sifatida qarab, insonlarni xatti- harakatga keltiruvchi, ya'ni ularga ta'sir ko'rsatuvchi omillar deb hisoblaydi.Demak, motiv psixologik adabiyotlarda insonni ma'lum xatti-harakatlarni amalga oshirishga undaydigan, yo'naltirilgan harakat yoki qo'zg'atadigan kuch- quvvat deb keltirilgan. Y.P.Ilinning fikriga ko'ra, motiv odamni muayyan xatti- harakatlarga undaydigan bosh sabab. Odamni faoliyatga undovchi asosiy sabab uning ehtiyojlaridir. Binobarin, ehtiyojlarning turiga qarab motivlar ham har xil bo'ladi. Psixologiyada motivlar ikkita katta kategoriyaga bo'linadi: tabiiy motivlar hamdama'naviy motivlar. Motivlar ulaming mazmunini aks ettirish shakliga qarab ham bir- biridan farq qiladi: hissiyot, tasavvur, fikr, tushuncha, g'oya, ma'naviy ideal va boshqa motivlar. Ba'zi hollarda motiv alohida harakatlarga undab, bu harakatning maqsadi bilan bevosita mos keladi. Ko'pincha, murakkab faoliyatda motiv harakat maqsadiga bevosita mos kelmay, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun bir qancha harakatlarni bajarishga to'g'ri keladi. Shuning uchun faoliyat predmeti motiv harakatining o'zidir. Haqiqatda, motivlar faollashgan, maqsadga qaratilgan, faqat xayolda amalga oshuvchi yoki idrok qilingan bo'lishi mumkin. Asosan, bularning zaminida u yoki bu ehtiyojlar turadi.Talabalarda ijtimoiy faollikni shakllantirishga tayyorlashda motivlar o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ularda ijtimoiy faollikning shakllanishi va rivojlanishi ta'lim- tarbiya jarayoni samaradorligiga bog'liq bo'lib, mazkur jarayonlarning muvaffaqiyati o'quv faoliyatining natijaviyligini ifodalaydi. Talabalarda ijtimoiy faollikni shakllantirishga tayyorlashga ta'sir ko'rsatuvchi motivlarni o'rganish o'ziga xos ahamiyatga ega boʻlib, bunday motivlarni o'quv motivlari deb ham aytish o'rinlidir. O'quv faoliyatlari har xil bo'lishi mumkin, ammo asosiy motiv boʻlib (maxsus) o'rganishga qiziqishi hisoblanadi. O'quv faoliyatining asosiy vazifasi o'quvchining ilmiy nazariyalari asosida mustaqil fikr yuritilgan o'rgatish hisoblanadi. Ta'lim olishga, kasb-hunar egallashga undovchi motivlar haqida fikr yuritilganda Abu Rayhon Beruniyning ilm olish haqidagi fikrlarini keltirish asosida o'quvchilarda intilish va qiziqish, ehtiyoj kabi o'quv motivlarining ijobiy ta'sir ko'rsatishini aytish mumkin. Mutafakkirning ta'kidlashicha, bilim olish va insoniyat yaratgan bilimlarni egallash uchun o'quvchida intilish va qiziqish bo'lishi kerak. Ilm olishning muhim yo'llaridan biri kishi o'zini hammaga do'st tutishi va yaxshilik qila bilish darajasiga yetkazishdan boshlanadi. U ilm olish uchun dastlab axloqiy poklikni talab qiladi. Shuningdek, ta'lim bilan tarbiyaning bir butunligini ko'rsatadi, faqat shu birlikka amal qilgan shogirdlargina kamolat sari intiladi, deb ishontiradi. A.Fayzullayev motivlashtirish jarayonini besh bosqichga bo'lib o'rganadi. Birinchi bosqich xatti-harakatlarning vujudga kelishi va anglanishi. Xatti- harakatlarning to'liq anglanishi harakat qanday vosita ta'sirida amalga oshganligini anglash hamda mazkur harakatni amalga oshirishning usullari va natijalarini oldindan aniqlash orqali belgilanadi. Ikkinchi bosqich - motivlarning qabul qilinishi bo'lib, bu xatti-harakatlarni ichki motivlar asosida amalga oshirishni ifodalaydi. Bu bosqichda inson o'zining axloqiy prinsiplari va qadriyatlarini tahlil qilib, vujudga kelgan ehtiyoj, mayl va uning uchun qanchalar muhimligi va ularni qondirish zaruriyati to'g'risida qaror qabul qiladi. Uchinchi bosqich - bu motivning amalga oshirilish bosqichi bo'lib, mazkur jarayonda vaziyatlarga ko'ra motivlarning mazmuni oʻzgarishi mumkin. To'rtinchi bosqich-motivning mustahkamlanish bosqichi bo'lib, bu bosqich natijasida motiv xarakter belgisiga aylanadi. Beshinchi bosqich-xatti-harakatlarning faollashuv jarayoni bo'lib, mazkur jarayonda mustahkamlangan motiv(xarakter)ning ma'lum bir xususiyati anglangan yoki anglanmagan holda maydonga chiqadi.Demak, motivlashtirish ma'lum bir ehtiyojlardan kelib chiqib, talabalar faoliyatini psixologik ta'sir etish yo'llari bilan yo'naltirish maqsadga muvofiq. Tadqiqotlar jarayonida talabalarda ijtimoiy faollik ko'nikmalarini shakllantirishda motivatsiya va motivlashtirishning o'rni, ahamiyati hamda uning o'ziga xos xususiyatlaridan keng foydalanildi. Olingan natijalar shuni ko'rsatdiki, haqiqatdan ham shaxsni qaysi bir faoliyat turiga yo'naltirmang bunda motivatsiya, motivlashtirish muhim omil bo'lib xizmat qilishi va shaxsni turli sohalarga yo'naltiruvchi faoliyat jarayonini samarali tashkil etishda esa motivatsiya va motivlar muhim ahamiyat kasb etishi aniqlandi. Masalan, talabalarda ijtimoiy faollik ko'nikmalarini shakllantirishda motivatsiyaning o'mini qanday tushinasiz? degan savolga 100 nafar respondentlardan 72 nafaridan ortig'i ijobiy javob berdi. Ayniqsa, ular motivatsiya insonni muayyan ehtiyojlardan kelib chiqib har qanday faoliyatga undovchi, yo'naltiruvchi, qiziqtiruvchi, kerak bo'lsa shaxsni qo'zg'atuvchi alohida takidlab o'tishdi. Shuni alohida aytish kerakki, motivlashtirish jarayonida talaba ehtiyojlari yoki ularning umumiy manfaatlarini ifodalovchi ehtiyojlami inobatga olish zarur, chunki motivlashtirish ehtiyojlarning qondirilishi asosida amalga oshiriladi.Xulosa qilib aytganda, o'sib kelayotgan yosh avlodni ijtimoiy faollik ruhida tarbiyalash bugungi kundagi dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Download 12.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling