Ijtimoiy me'yorlar turlari


Download 29.97 Kb.
bet1/5
Sana18.02.2023
Hajmi29.97 Kb.
#1211950
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ijtimoiy me`yorlar


Ijtimoiy me'yorlar turlari
Reja:

  1. Ijtimoiy me`yor kelib ciqishi

  2. Ijtimoiy me`yor vazifasi
  3. Ijtimoiy birgalikdagi yashash shakllari




Ijtimoiy me’yor — bu ma’lum bir vaziyatda kishilar qanday gapirishi, qanday harakat qilishini ifodalab beruvchi namuna yoki qoliplardir.
Ijtimoiy me’yorga olimlar tomonidan berilgan ta’riflarning umumlashmasi sifatida quyidagi ta’rifni qabul qilish mumkin: Ijtimoiy me’yor — shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning oʻz a’zolari xulq-atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va koʻpchilik tomonidan e’tibor etilgan harakatlar talablaridir.
Me’yor soʻzi lotin tilidan olingan boʻlib, uning mazmuni «qoida», «namuna», «standart» degan ma’noni anglatadi. Jamiyatdagi mavjud me’yorlar shaxsga, oilaga, guruhga, tashkilotga oʻzining aslini yoʻqotmay, oʻzligicha qola oladigan darajada ma’lum bir chegaralarni qoʻyadi. Jamiyat a’zolarining shaxslararo munosabatlari, ijtimoiy guruhlarning harakat va faoliyatlari aynan shu jamiyatdagi ijtimoiy me’yorlar orqali nazorat qilinadi.
Ijtimoiy me’yorlar — haqiqatdan ham tartib va qadriyatlarning himoyachisidir. Hattoki eng oddiy oʻzini tutish (axloqiy) me’yorlari ham oʻzida guruh va jamiyat tomonidan qadrlanuvchi jihatlarni aks ettiradi.
Qadrlash va me’yor orasidagi farq quyidagicha:

  • Me’yor — oʻzini tutish qoidalari hisoblansa,

  • Qadrlash — yaxshilik, yomonlik, toʻgʻrilik, notoʻgʻrilik, majburlik va majbur emaslik kabi tushunchalar haqidagi abstrakt tushunchadir.

Ijtimoiy me’yorlarning kelib chiqishi


Atrofimizni qurshab turuvchi borliq (tashqi olam)dagi mavjud boimish barcha narsa va hodisalar oʻz rivojlanish va kelib chiqish tarixiga ega. Xuddi shuningdek me’yorlar ham.
Ijtimoiy me’yorlarning turli koʻrinishlari bir vaqtning oʻzida yuzaga kelmagan, balki zaruriyat tugʻilganligiga qarab birin-ketin vujudga kela boshlagan. Jamiyat rivojlangan sari ular murakkablashib borgan. Olimlarning ta’kidlashicha, ijtimoiy me’yorning dastlabki turlari ibtidoiy jamiyatda marosimlar (ritual) boʻlgan. Marosim — oldindan bajarilishining qat’iy shakli belgilangan asosiy va muhim boigan oʻzini tutish qoidalari. Marosimning oʻzi unchalik muhim emas — eng asosiysi uning shaklidir. Ibtidoiy odamlarning hayotidagi koʻp hodisalar rituallar (marosimlar) yordamida o'tkazilgan. Bizga maiumki, qabiladoshlarni ovga yuborish, sardorlik lavozimini egallash, sardorlarga sovgʻa taqdim etish marosimlari boigan. Marosimlardan soʻng udumlar ajrala boshladi. Udumlar oʻzida ramziy ma’nodagi harakatlarni oʻtkazishdagi ba’zi qoidalarni aks ettiradi. Marosimlardan farqli oʻlaroq udumlarda shunday xususiyat borki, ular axloqiy (ideal) maqsadli va odam psixikasiga chuqur ta’sir koʻrsatadi. Insoniyatning yangi va yuqoriroq rivojlanish bosqichlarining koʻrsatkichlari boʻlmish odatlar keyingi davrlarda rivojlangan ijtimoiy me’yorlardir.
Ibtidoiy davrda rivojlangan yana bir ijtimoiy me’yor turi bu diniy me’yorlardir. Ibtidoiy odamlar tabiat kuchi oldida oʻzining zaifligini sezar va uni xudoning kuchi deya qabul qilishardi. Dastlab, diniy sigʻinish obyekti aniq bir buyum — «fetish» boʻlgan. Keyinchalik odamlar biror-bir hayvon yoki oʻsimlikka — «totem»ga sig'inishgan, chunki uni oʻzining himoyachisi va ajdodlari deb hisoblashgan.
Ilk ibtidoiy jamiyatda odat va diniy me’yorlar bilan parallel ravishda axloq me’yorlari ham shakllangan boʻlib, ularni ijtimoiy me’yorlar deb atash mumkin. Ularning vujudga kelgan vaqtini aniqlab boʻlmaydi. Faqat shuni aytish mumkinki, axloq insoniyat jamoatchiligi bilan birga yaraladi va ijtimoiy nazoratning eng muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Davlatlarning paydo boʻlishi bilan birga dastlabki huquqiy me’yorlar yuzaga kelgan.

Download 29.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling