Ijtimoiy moslashmaganlik


Download 184.35 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi184.35 Kb.
#1327376
Bog'liq
IJTIMOIY MOSLASHMAGANLIK

IJTIMOIY MOSLASHMAGANLIK

Ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya tushunchasi sof ijtimoiy-psixologik va sotsiologik kategoriya bo‘lib, bu shaxsning uni o‘rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’sirlariga berilishi, uning norma va qoidalarini o‘zlashtirishga moyilligi, o‘zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma’nosida insonning tug‘ilib, o‘zini bevosita o‘rab turgan tashqi muhit ta’sirida ulg‘ayishi, shu jamiyat, shu atrof-muhit qurshovida tarbiyalanishi yotadi.

  • Ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya tushunchasi sof ijtimoiy-psixologik va sotsiologik kategoriya bo‘lib, bu shaxsning uni o‘rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’sirlariga berilishi, uning norma va qoidalarini o‘zlashtirishga moyilligi, o‘zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma’nosida insonning tug‘ilib, o‘zini bevosita o‘rab turgan tashqi muhit ta’sirida ulg‘ayishi, shu jamiyat, shu atrof-muhit qurshovida tarbiyalanishi yotadi.

Shunday qilib, tor ma’noda ijtimoiylashuv shaxsning ijtimoiy muhitga kirib borishi, unda singib ketishi, tashqi ijtimoiy muhit normalarini qabul qilib ularga rioya qilishi yoki qilmasligini tushuntiruvchi jarayondir. “Ijtimoiylashuv” tushunchasi ma’no jihatdan yaqin bo‘lgan ikki xil tushuncha bilan bog‘liq: “tarbiya” va “moslashuv”. Ijtimoiylashuv tarbiya jarayonidan ancha kengroqdir, chunki uning ma’no-mazmunida har doim ham qolipga solib bo‘lmaydigan, har doim ham shaxs tomonidan anglanmaydigan holatlar ham mavjud bo‘ladi. Moslashuv esa ijtimoiylashuvning bir tarkibiy qismi, uning mexanizmi sifatida qaralishi mumkin. Ijtimoiy-psixologik moslashuv, ya’ni, shaxsning ijtimoiy munosabatlarga ko‘nikishi va moslashishi orqali orttirgan tajribasi umumiy ijtimoiylashuvning bir ko‘rinishidir.

  • Shunday qilib, tor ma’noda ijtimoiylashuv shaxsning ijtimoiy muhitga kirib borishi, unda singib ketishi, tashqi ijtimoiy muhit normalarini qabul qilib ularga rioya qilishi yoki qilmasligini tushuntiruvchi jarayondir. “Ijtimoiylashuv” tushunchasi ma’no jihatdan yaqin bo‘lgan ikki xil tushuncha bilan bog‘liq: “tarbiya” va “moslashuv”. Ijtimoiylashuv tarbiya jarayonidan ancha kengroqdir, chunki uning ma’no-mazmunida har doim ham qolipga solib bo‘lmaydigan, har doim ham shaxs tomonidan anglanmaydigan holatlar ham mavjud bo‘ladi. Moslashuv esa ijtimoiylashuvning bir tarkibiy qismi, uning mexanizmi sifatida qaralishi mumkin. Ijtimoiy-psixologik moslashuv, ya’ni, shaxsning ijtimoiy munosabatlarga ko‘nikishi va moslashishi orqali orttirgan tajribasi umumiy ijtimoiylashuvning bir ko‘rinishidir.

Ijtimoiylashuv manbalariga quyidagilar kiradi:

  • Ijtimoiylashuv manbalariga quyidagilar kiradi:
  • bolalik davrida orttirilgan tajriba – bu jarayon psixik funksiyalarning shakllanishi va dastlabki ijtimoiy xulq normalarining namoyon bo‘lishi bilan parallel ravishda kechadi;
  • ijtimoiy institutlar – ta’lim va tarbiya tizimi; oiladan boshlab, to oliy o‘quv yurtlari va undan yuqori pog‘onalardagi ta’lim olishga imkon beruvchi maskanlar, mehnat jamoalari shular jumlasidandir;
  • muloqot va hamkorlikdagi faoliyat jarayonidagi odamlarning ta’siri. Bu o‘rinda ham rasmiy, ham norasmiy sharoitlarda odamlarning bir-birlari bilan muloqoti, muomala maromlari nazarda tutiladi.

Demokratik o‘zgarishlar, inson manfaatlarining hurmat qilinishi qanday ijobiy holatlarga olib kelishini biz mustaqil O‘zbekistonning demokratik islohotlari va ularning yurtimizda yashayotgan, tug‘ilib kamol topayotgan insonlar taqdirida ham ko‘rib turibmiz. Mustaqillik yillarida bizning yurtdoshlarimizning nafaqat dunyoqarashi, fikrlash tarzi va mental qobiliyatlari, balki o‘zlariga, o‘zgalarga, O‘zbekistoonni o‘zining yagona Vatani deb tan olgan minglab qardosh millat vakillariga ham munosabatlari yaxshi tomonga o‘zgardi, barcha bunyodkorlik, Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida bir tan, bir jon bo‘lib, harakat qilishga o‘rgandi. Shuning uchun ham o‘sib kelayotgan yosh avlod katta avloddan ko‘ra aqlli, dono, ilmga chanqoq, demokratik o‘zgarishlarga ko‘nikkanroq bo‘lib voyaga yetmoqda. Chunki ularning ijtimoiylashuvi uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbuslari bilan hukumatimiz tomonidan yaratilgan sharoitlar bois amalga oshirilayotgan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” harakati, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining keng ko‘lamda barcha ta’lim bosqichlarida muvaffaqityali joriy etilganligi o‘zining juda katta ijtimoiy samarasini bermoqda.

  • Demokratik o‘zgarishlar, inson manfaatlarining hurmat qilinishi qanday ijobiy holatlarga olib kelishini biz mustaqil O‘zbekistonning demokratik islohotlari va ularning yurtimizda yashayotgan, tug‘ilib kamol topayotgan insonlar taqdirida ham ko‘rib turibmiz. Mustaqillik yillarida bizning yurtdoshlarimizning nafaqat dunyoqarashi, fikrlash tarzi va mental qobiliyatlari, balki o‘zlariga, o‘zgalarga, O‘zbekistoonni o‘zining yagona Vatani deb tan olgan minglab qardosh millat vakillariga ham munosabatlari yaxshi tomonga o‘zgardi, barcha bunyodkorlik, Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida bir tan, bir jon bo‘lib, harakat qilishga o‘rgandi. Shuning uchun ham o‘sib kelayotgan yosh avlod katta avloddan ko‘ra aqlli, dono, ilmga chanqoq, demokratik o‘zgarishlarga ko‘nikkanroq bo‘lib voyaga yetmoqda. Chunki ularning ijtimoiylashuvi uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbuslari bilan hukumatimiz tomonidan yaratilgan sharoitlar bois amalga oshirilayotgan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” harakati, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining keng ko‘lamda barcha ta’lim bosqichlarida muvaffaqityali joriy etilganligi o‘zining juda katta ijtimoiy samarasini bermoqda.

Download 184.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling