Ijtimoiy moslashuv


Maktabgacha ta’limda Bolalarning nutqini o’stirish quyidagilardan


Download 32.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi32.91 Kb.
#1558233
1   2
Bog'liq
Bolalarning ijtimoiy rivojlanishida nutq egallanishining ahaiyati

Maktabgacha ta’limda Bolalarning nutqini o’stirish quyidagilardan
iborat.
1.
Bolalar boglanishli nutqini o’stirish.
2.
Bolalar lug’atini boyitish.
3.
Nutqning grammatik tomonini tarbiyalash, so’zlarning gapda o’zaro
birikishi va gap hosil qilish uchun zarur bo'lgan turli grammatik shakllar,
qo'shimcgalardan foydalanishni o’rgatish.
4.
Nutqning tovush tomonini tarbiyalash, maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalarda nutq tovushlarini to’g’ri talaffuz qilish, ovoz-oqangni tushunish,
nutqiy nafas olishni to’g’ri bajarishni shakllantirish.
5.
Maktabgacha ta'limda bolalarning nutqni tushunish, tinglash malakalarini
shakllantirish, kattalarga nutq orqali murojaat qilish, diologik va monologik
nutqini o’stirish, hikoya tuzishga o’rgatish.
6.
Badiiy adabiyot bilan tanishtirish, badiiy asarlar, ertak, hikoyalarni
o'rganish, kitobga bo'lgan muhabbatni shakllantirish, asar mazmunini
tushunish, obrazlar xususiyati, nutqini ajrata bilishga o’rgatish.
7.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni rivojlantirish va maktabga
tayyorlash.




N u t q 
- bu tilni ishga solish jarayonidir (I.A.Zimnyaya, 
V.M.Solnsev). Sub'yektning nutqiy faoliyati ichki vosita va uni
amalga oshirish usullari sifatida til va nutqni o’z ichiga oladi.

N u t q -
bu psixik hodisa, kishilarning shaxslararo o’zaro
muayyan hamkorligi sharoitida rivojlanadigan, individual 
xususiyatlarga ega bo’lgan shaxs mulkidir. U tildan farqli ravishda
ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda rivojlanadigan xalq ijtimoiy mulki
hodisasidir.

Lingvistika, psixofiziologiyaga doir ishlar zamonaviy
tadqiqotlarda nutq semantikasi masalasi birinchi o’ringa qo’yilishi
(T.N.Ushakova, A.M.Shaxnorovich), ushbu muammolar bo’yicha
sinov ishlanmalariga qiziqish ortib borayotganligi haqida so’z
yuritish imkonini beradi.



Nutqiy faoliyat mexanizmlarini o’rganuvchi psixofiziologik
tadqiqotlar fanning qiziqarli va istiqbolli yo’nalishi hisoblanadi.
Birinchi bo’lib ushbu muammoni N.I.Jitkin ko’tarib chiqqan.
Uning qayd etishicha, «nutq mexanizmi - bu jonli, moslashuvchan
va doimo takomillashib boradigan mexanizmdir».

Nutqiy faoliyat mexanizmlarini tahlil qilishda olimlar bir
tomondan,
N.I.Jitkin
konsepsiyasiga,
ikkinchi
tomondan,
mexanizmlarni nutqiy faoliyat bosqichlari bilan taqqoslagan holda
insoning nutqiy xulq-atvoriga nisbatan faoliyat nuqtai-nazaridan
yondashishga oid asosiy qoidalarga asoslanadilar.

So’nggi o’n yillikda lingvistlar, psixologlar tomonidan «til
qobiliyati» muammosi qizg’in muhokama qilinmoqda, bunda til
qobiliyati deganda «til tizimini o’zlashtirishda ko’nikma va
mahoratlarni tezlik bilan shakllantirishga yordam beradigan
individual xususiyatlar» tushuniladi (F.De Sossyur, L.V.Sherba,
J.Grin, M.K.Kabardov, V.I.Markova va boshq.).



Bolalarga ona tilini o’rgatish va ularning nutqini rivojlantirishga doir ishlar
maktabgacha tarbiya muassasasidagi ta'lim-tarbiya ishlari ichida alohida o’rin
tutadi. Ushbu ishning m a q s a d i quyidagilardan iborat: - bolalarga nutqiy
muloqotning muhim shakli - og’zaki nutqni adabiy til me'yorlariga muvofiq
holda egallashni, to’liq ko’rinishda esa tushunish va faol nutqqa kirishishni
o’rgatish. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda maktabgacha yoshdagi
Bolalar nutqini rivojlantirish borasidagi vazifalar quyidagilar hisoblanadi:

Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash;

Lug’atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish;

Nutqning grammatik to’g’riligini takomillashtirish;

Og’zaki (dialogik) nutqni o’rgatish;

Ravon nutqni rivojlantirish;

Badiiy so’zga qiziqishni tarbiyalash;

Savod o’rganishga tayyorlash.



Nutq funksiyalari va shakllari. Bolaning imkon doirasidagi va
undan tashqaridagi nutq vositalari bilan faol muloqotga kirishish,
kattalarning savollariga va takliflariga javob berish, o’z istak-
xohishlarini, hissiyotlarini, fikrlarini ifoda qilgan holda tashabbus
ko’rsatib fikr bildirishga intilishini qo’llab-quvvatlash; tengdoshlari
ishlariga qiziqishini, o’z taassurotlarini ular bilan o’rtoqlashishni
istashini,
o’yin
harakatlarini,
ro’y
berayotgan
hodisaga
munosabatini nutq bilan ifodalashga qiziqishini rag’batlantirish;
shaxsiy tajribadan kelib chiqqan holda bolaning o’ziga yaqin
mavzular bo’yicha, hayvonlar hayoti, transport (shahar) haqida
vaziyatdan tashqari muloqot qilishga undash.

Lug’atni so’zlar bilan - kishilar, o’simliklar, oziq-ovqatlar,
kiyim-boshlar, mebellar, uy hayvonlari va ularning bolalari,
o’yinchoqlarning nomlari bilan, buyumlar qimslarining nomlari
(ko’ylak yengi va yoqasi; mashina kuzovi va g’ildiriklari) bilan
boyitib borish. O’yinlarda bolalarga harakatlarning so’zdagi
ifodasini o’z ifoda harakatlari va o’yinchoqlar harakatlari bilan
taqqoslashni o’rgatish.




Nutqning
grammatik
qurilishi.
Bildirilgan
fikrlarni
grammatik rasmiylashtirishni, ya'ni so’zlarni o’zgartirish (soni,
kelishigi
va
vaqtiga
qarab),
ularni
gapda
kelishtirish,
kichraytiruvchi-erkalovchi
nomlarni,
tugallangan
va
tugallanmagan
fe'llarni
vujudga
keltirishni
o’zlashtirishga
ko’maklashish.

Nutqning tovush madaniyati. Bolalarga unlilarni va oddiy
undosh tovushlarni to’g’ri talaffuz etishni mashq qildirish.

Tovushga taqlid qilishga oid so’zlardagi tovushlar bilan
mustaqil o’yinlarni va o’yin harakatlarini turli xil tovushlar bilan
kuzatib borishni qo’llab-quvvatlash.

Tovush taqlidiga qarab personajlarni tanib olishni o’rgatish.


E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT

Download 32.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling