Ijtimoiy muhit- deganda shaxsning shakllanishiga ta`sir etuvchi tashqi olam voqelik va hodisalari tushuniladi


Download 12.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi12.5 Kb.
#227032
Bog'liq
biologik omil


Biologik omil (irsiyat) - organizmning o`z belgilari va xususiyatlarini kelgusi avlodlarga o`tkazish , ya`ni organizmlarning o`ziga o`xshash nasllarni bunyod etish tushuniladi.

Fanda biologik yo’nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o’rinlardan birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiybiologik omillarni yuqori qo’yadi. Ular tug’ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o’rnini belgilab bergan, deydilar.

Odam shaxsi va xulqining rivojlanishida biologik omillaming rolini yuksak baholab, shaxsni naslga bog'Iab o‘rganuvchi bixeviorizm, pragmatizm, biogenetik oqimlar bo‘lib, ulaming ayrim vakillari odam bolasi ona pushtidaligidayoq bo'lajak shaxsga xos barcha xususiyatlarga ega bo‘ladi desa, ayrimlari ong va aqliy qobiliyat ham nasldan-naslga o‘tadi, deydi. Ba’zilari esa bolaning axloqiy jihatdan o‘sishini ham irsiyatga bog’laydi.

insonga xos xususiyatlar - aqliy va jismoniy meqnat qobiliyati, tafakkur va nutq ham tug’ma o’tishi mumkin, lekin bu tug‘ma imkoniyatlar rivojlanishi uchun inson bolasi insoniy muhit, odamlar orasida yashashi, odamlar bilan aloqa qilishi, ijtimoiy hayotda qatnashishi va ma’lum xulq-odob qoidalariga amal qilishi lozimdir.

Ijtimoiy muhit- deganda shaxsning shakllanishiga ta`sir etuvchi tashqi olam voqelik va hodisalari tushuniladi.

Ijtimoiy muhitning buyuk insonlar shakllanishidagi o‘mi muhim bo'lib, Alisher Navoiy-shoir, Eynshteyn-fizik, Ulug’bek-astronom, Ibn Sino-tabib bo'lib tug'ilmagan, albatta. Ulardagi qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi, iste’dodga aylanishida ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya muhim rol o'ynagan.

Tarbiya

Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulqatvori va dunyo-qarashini tarkib toptirish jarayoni.

Ta’lim-tarbiya insonning shakllanishida yetakchi rolni o'ynaydi, ta’lim-tarbiya natijasida irsiyat va muhitning stixiyali ta’siri bera olmaydigan o'qish, yozish, mehnat, malaka va ko'nikmalar egallanishi, hatto tug'ma kamchiliklar ham ma’lum tomonga o'zgartirilishi (kar, ko‘r, soqovlarni o'qitish), muhit ta’sirida yuzaga kelgan salbiy kamchiliklami ham tugatish mumkin

2

1. Psixologik yondashuv- insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo`nalganligi- qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.



2. Yaxlit yondashuv- shaxs yaxlit tavsifga ega bo`lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o`ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta`sir ko`rsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari- motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o`ynaydi.

3. Biologik yondashuv-inson tabiiy mavjudot bo`lib, uning butun hatti- harakatlari instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo`ysinishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.

4. Ijtimoiy yondashuv-inson biologik mavjudot sifatida tug`iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta`siri ostida ijtimoiylashadi.

3

Maktabgacha ta`lim yosh davri: 3 yoshdan 7 yoshgacha.



Maktabgacha yosh davrida bolaning hayoli bo`linuvchan , o`yinqaroq bo`ladi.

Kichik maktab yoshi: 6-7 yoshdan 11-12 yoshgacha.

Kichik maktab yoshida o’yin faoliyatining o’rnini endi o’qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o’tish davri bo’lib, bolaning bo’yi,og’irligi jihatdan uning tashqi ko’rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o’sishi tufayli serharakat bo’ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.

O`rta maktab yoshi( o`smirlar): 12 yoshdan 15-16 yoshgacha.

Bolaning o’sishi tezlashadi. Bu davrni o’tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir etadi. O’smir hayotida mehnat, o’yin, sport va jamoat ishlari katta rol o’ynaydi. Ba’zilarining o’zlashtirishi pasayadi, intizomi bo’shashadi.

Katta maktab yoshi (o`spirinlar): 15-16 yoshdan 18 yoshgacha.

Bu davr o’spirinlarning ilk balog’atga etgan davridir. Mazkur davrda jinsiy etilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O’spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, his-tuyg’ularida ham o’zgarish yuz beradi. O’z-o’zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda, ular o’rtasida munozaralar o’tkazish yaxshi natija beradi. O’spirinlar o’z guruhiga intiladi. Shuning uchun ham o’spirinning barcha intilishlari ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Ularda o’quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.

4

O`g`il bolalarning o`ziga xos xususiyatlari: hal qiluvchi fikrni ayta olishadi va o’z ңuqtai nazarida qolishni afzal ko’rishadi; mustaqil hal etish bilan bog’liq vazifalarni bajarishda sifatni hisobga olishadi; falsafiy fikr yuritadi, fikrning mantig’iga e’tibor berishadi; o’g’il bolalar dialog, munozarani afzal ko’rishadi; virtual(mo’jiza)likka, xayolotga qiziqishadi; o’z tuyg’ularini ochiq bayon etishadi;



Qiz bolalarning o`ziga xos xususiyatlari: qizlar to’g’ridan-to’g’ri o’zining istaklari haqida gapirmaydi, lekin tezda kelishib ketadi; mustaqil hal etish bilan bog’liq vazifalarni bajarishda hajmni hisobga olishadi; psixologiya, adabiyot yoqadi; monologlikka moyil, eshitishni va o’zida aks ettirishni yoqtiradi; Ular o’z tanlovlarini foydalilik nuqtai nazaridan, ya’ni tanlanayotgan narsa qanchalik maqsadga erishishga imkon berishiga qarab amalga oshirishadi; o’z xohish va istaklarini yashirishadi, aytish uchun uzoq vaqt kutishadi.

5

1.refleksiv – o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini baholash, o’z-o’zini loyihalashni pedagogik qo’llab-quvvatlash orqali individual ongni taraqqiy… Javob:ettirish



2.institutsional – ijtimoiy institutlar va ta’lim muassasalari tomonidan o’quvchilarning rivojlanishi uchun zaruriy ... va imkoniyatlarni yaratish Javob: shart-sharoit

3.shaxslararo – o’quvchilarni ijtimoiy aloqalar …. tizimiga jalb etish, ularda muloqotmandlik malakalarini rivojlantirish Javob: tizimi

4.Ijtimoiy tajriba o‘quvchilarni …. ning integral natijaviy tavsifini o‘zida aks ettirib, faoliyatga yo‘naltirilgan va aksiologik yondashuvlarga asoslanishni talab etadi. Javob: ijtimoiylashtirish

5. O’quvchilarni o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish …. salohiyatini rivojlantirish bilan bog’liq intellektual, emotsional-hissiy va faoliyatga yo’naltirilgan sohalar uyg’unligini talab etadi. Javob: pedagogik hodisa sifatida shaxs



6.Shaxsda o’z-o’zini tashkillashtirish va o’z-o’zini korrektsiyalash madaniyatini shakllantirishga yo’naltirilgan “o’z-o’zini boshqarish tajribasi”ni ijtimoiy tajribaning komponenti …. da qarash maqsadga muvofiqdir. Javob: sifati


Download 12.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling