Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishiga ta’siri
Muallif, bola aql-idrokini quyidagi psixik rivojlanish davrlariga tasniflaydi
Download 23.25 Kb.
|
Ijtimoiy muhitning shaxs shakllanishiga ta’siri
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fransuz psixologi A. Vallon esa yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi
- Chaqaloqlik davri inqirozi.
Muallif, bola aql-idrokini quyidagi psixik rivojlanish davrlariga tasniflaydi:
sensomotor intellekti - tug‘ilgandan 2 yoshgacha; operatsiyagacha tafakkur davri - 2 yoshdan 7 yoshgacha; aniq operatsiyalar davri - 7, 8 yoshdan -11,12 yoshgacha; rasmiy operatsiyalar davri.12-14 yoshgacha. Fransuz psixologi A. Vallon esa yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi: homilaning ona qornidagi davri; impulsiv harakat davri -tug‘ilgandan 6 oylikkacha; his-tuyg‘u davri (emotsional) - 6 oylikdan 1 yoshgacha; sensomotor (idrok bilan harakatning uygunlashuvi) davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha; personologizm (shaxsga aylanish) davri - 3 yoshdan - 5 yoshgacha; farqlash davri - 6 yoshdan - 11 yoshgacha; jinsiy yetilish va o‘spirinlik davri - 12 yoshdan -18 yoshgacha. Rus psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vigotskiy, P. P. Blonskiy, B. G. Ananyev singari yirik psixologlarning asarlarida o‘z aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo bilan shug‘ullanuvchilar safi ortib bordi, shu bois yosh davrlarini tasniflash muammosi o‘zining kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan bir-biridan keskin farq qiladi. Hozirgi vaqtda yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiqdir. L.S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga tayanib, yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi; Chaqaloqlik davri inqirozi. Go‘daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha. Bir yoshdagi iiqiroz. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3 yoshdagi inqiroz. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshdagi inqiroz. Maktab yoshi davri - 8 yoshdan 12 yoshgacha- 13 yoshdagi inqiroz. Pubertat (jinsiy yetilish) davri - 14 yoshdan 18 yoshgacha, 17 yoshdagi inqiroz. L.S.Vigotskiy o‘zining yosh davrlarini tabaqalash nazariyasini ilmiy asoslab, ta’riflab bera olgan. Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy ahamiyatga molik mulohazalar bildirgan. Biroq, bu mulohazalarda ancha munozarali, bahsli o‘rinlar xam mavjud. Umuman L.S.Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiytarixiy ahamiyatga ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar to‘g‘risidagi mulohazali va olg‘a surgan g‘oyalari hozirgi kunning talablariga mosdir. D.B.Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat nazariyasiga, ya’ni har qaysi rivojlanish pallasida biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli, nazariyaning asosiy mohiyatini tashkil qiladi. D.B.Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topadi: Go‘daklik davri - tug‘ilgandan 1 yoshgacha - yetakchi faoliyat - bevosita emotsional muloqot; Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha - yetakchi faoliyat - predmetlar bilan nozik harakatlar kilish; Makgabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha - rolli o‘yinlar; Kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha - o‘qish; Kichik o‘smirlik davri -10 yoshdan 15 yoshgacha - shaxsning intim (dilkash, samimiy) muloqot; Katta o‘smirlik yoki ilk o‘spirinlik davri - 16 yoshdai 17 yoshgacha; - yetakchi faoliyat - o‘qish, kasb tanlash davri. D. B. Elkonin tasnifini ko‘pchilik psixologlar tomonidan e’tirof etilsa-da, biroq uning birmuncha munozarali tomonlari mavjud. Umuman D. B. Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa yosh davrlari psixologiyasida muhim o‘rin tutadi. Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyandasi A. A. Lyublinskaya inson kamolotini yosh davrlarga ajratishda faoliyat nuqtai nazaridan yondashib, quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi: Download 23.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling