Ijtimoiy normalar tizimi
Download 24.5 Kb.
|
Usmonov J DHN Mustaqil Ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- IJTIMOIY NORMALAR TIZIMI Ijtimoiy normalar tizimi
- Ijtimoiy norma
- Axloq normalari
Reja: Ijtimoiy normalar tizimi Ijtimoiy normalar tushunchasi va ularning tasnifi Ijtimoiy normalarning umumiy, o’ziga xos xususiyatlari va narmativ tartibga solishning turi sifatida Ijtimoiy normalar tizimida huquqning o’rni IJTIMOIY NORMALAR TIZIMI Ijtimoiy normalar tizimi - bu jamiyatda kishilar xulq-atvorini, muayyan guruh va jamoalar doirasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ijtimoiy normalar hamda ularning tabiat bilan o‘zaro aloqalarini qat’iy belgilovchi ijtimoiy-texnik normalar majmuidir. Jamiyatda amal qiladigan barcha normalar ikki katta guruh – ijtimoiy va texnik guruhlarga bo‘linadi. Mazkur bo‘linish tartibga solish predmetiga asoslanadi. Agar ijtimoiy normalar kishilar xulq-atvori va ular o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladigan bo‘lsa, texnik normalar esa odamlar bilan tashqi dunyo, tabiat, texnika o‘rtasidagi munosabatlarda shu vazifani bajaradi. SHu jihatdan olganda, texnik normalar “inson va mashina”, “inson va mehnat quroli”, “inson va ishlab chiqarish” tipidagi, ya’ni inson bilan uni o‘rab turuvchi jonsiz predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi deyish mumkin. Ijtimoiy normalar tizimi - bu jamiyatda kishilar xulqatvorini, muayyan guruh va jamoalar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar majmuidir. Ijtimoiy norma - bu kishilar hamda ularning jamoalari o‘rtasidagi muayyan munosabatni tartibga soluvchi xulq-atvor qoidasidir. Ijtimoiy normalarning quyidagi turlari mavjud: 1 ) axloq normalari; 2 ) siyosiy normalar; 3) diniy normalar; 4) korporativ normalar; 5) urf-odat normalari; 6 ) an’ana normalari; 7) huquq normalari va boshqalar. Axloq normalari - adolat va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik, maqtov va isnod, jamiyat tomonidan rag‘batlantiriladigan yoki qoralafladigan xatti-harakatlar, or-nomus, vijdon, burch, qadr-qimmat kabilar ko‘rinishida ijtimoiy hayot sharoitlarining bevosita ta’siri sifatida kishilar ongida shakllanadigan qarashlar, tasavvurlar va qoidalardir. Download 24.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling