Xuquq ijtimoiy munosabatlarni normativ tartibga solishning turi sifatida


Download 132 Kb.
bet1/14
Sana01.11.2023
Hajmi132 Kb.
#1738016
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
XUQUQ – IJTIMOIY MUNOSABATLARNI NORMATIV TARTIBGA SOLISHNING TURI SIFATIDA




XUQUQ – IJTIMOIY MUNOSABATLARNI NORMATIV TARTIBGA SOLISHNING TURI SIFATIDA
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I.BOB. IJTIMOIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISH ZARURIYATI…………………………………………………………………….5
1.1 Ijtimoiy munosabatlarning tushinchasi…………………………………………7
1.2 Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositalari…………………………….11
II.BOB. IJTIMOIY MUNOSABATLARNING NORMATIV TUSHINCHASI…………………………………………………………………16
2.1 Xuquq normalari tushinchasi………………………………………….………19
2.2 Xuquq normalarining tarkibi va turlari………………………………………..27
Hulosa……………………………………………………………………….……32
Foydalanilgan adabiyotlar……………………..……………………………….34
Kirish
Men, kurs ishini yozishda mavzuimning «Davlat va huquq nazariyasi» fanida tutgan o`rni va boshqa yuridik fanlar bilan bog`liqligini e`tiborga oldim. Chunki bo`lajak huquqshunos uchun dastlabki yuridik fundamental bilimlar berila boshlanadi. Shuni hisobga olgan holda, har bir mavzuni puxta o`rganmog` lozim. Huquqiy tafakkur, siyosiy va huquqiy dunyoqarash, ong hamda yuridik madaniyatni shakllantirish, jamiyatdagi davlat va fuqaro o`rtasidagi huquqiy munosabatlar xususidagi muntazam tizimli bilimlar berish bu fanning asosini tashkil etadi.
Men kurs ishi mavzusini «Davlat va huquq nazariyasi» fanining dolzarb mavzularidan biri bo`lmish « Xuquq – ijtimoiy munosabatlarni normativ tartibga solishning turi sifatida » mavzusi haqida yozishga qaror qildim. Uning dolzarbligi shundaki – huquqiy munosabatlar bu bir tomonga subyektiv huquq va boshqa bir tomonga yuridik majburiyat yuklovchi ijtimoiy munosabatlarning alohida bir ko`rinishidir. Shunga asosan huquqiy munosabatlarni muntazam rivojlantirib boorish natijasida ularga beriladigan subyektiv huquq va majburiyatlarni huquq normalariga muvofiqlashtirishni ko`zda tutadi. Shu muvofiqlashtirishda yuzaga keluvchi muammolarni hal etish dolzarb vazifa. Bu muammolarni toppish va hal etish uchun ko`proq izlanish va o`rganish kerak.
Respublikamiz mastaqillikka erishganidan so`ng jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirish jahon andozalariga mos o`z milliy qadryatlariga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurishga kirishdi. Shu munosabat bilan jamiyatda amal qilib kelayotgan huquqiy munosabatlarga ham o`zgartirish kiritish talab etilmoqda. Bugungi kunga kelib juda ko`p olimlar va fan nomzodlari jumladan: A.X.Saidov, U.Tojixonov, X.T.Odilqoriyev, Z.M.Islomov va rus olimlari S.S.Alekseev, A.B.Vengrov, V.V.Lazarev va boshqa bir qator olimlarning ilmiy asarlari va maqolalarida huquqiy munosabatlar masalasi o`rganib chiqilib nazariy jihatdan asoslab berilgan.
Ushbu kurs ishini yozishda yuqorida nomlari ko`rsatilgan olimlar va fan nomzodlarining ilmiy asarlaridan, ularning izlanishlari natijasida vujudga kelgan maqolalar va monografiyalardan, va asrlar osha shakllanib kelayotgan boy huquqiy merosimizga ham izchil tayanilgan. Kurs ishini maqsadi va vazifalari mavzuimning mohiyati ilmiy yangiliklar, olingan natijalar va xulosalar-kirish, 2 ta bob xar bir bobda 2 tadan rejadan iborat xulosa qismlarida bayon qilingan. Bundan tashqari kurs ishining oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatini ilova qildim.

Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling