Xuquq ijtimoiy munosabatlarni normativ tartibga solishning turi sifatida


Download 132 Kb.
bet9/14
Sana01.11.2023
Hajmi132 Kb.
#1738016
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
XUQUQ – IJTIMOIY MUNOSABATLARNI NORMATIV TARTIBGA SOLISHNING TURI SIFATIDA

Ikkinchi belgi. Huquqiy munosabatlar — amaldagi qonunchilikning kishilar xatti-Harakatiga ta’siri natijasida vujudga keladigan munosabatlardir. Huquq normasi va huquqiy munosabat o`rtasida jiddiy bog`liklik mavjud. Yuridik nor-malarda ko`rsatilgan huquqiy munosabatlar hayotda vujudga keladi, ya’ni huquqiy munosabatlar qonuniy munosabatlardir. Qonun normalari bormi, demak huquqdy munosabatlar paydo bo`ladi, normalar bo`lmasa, huquqiy munosabatlar ham bo`lmaydi.
Huquqiy normalar tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlardan, huquqiy vokelikdan bevosita kelib chiqishi kerak, chunki huquqiy normalar munosabatlarni to`g`diruvchi sabab bo`lishdan avval ushbu munosabatlar ichki rivojlanishning oqibati,ularning zaruriy, mohiyatiga oid maxsus belgisi bo`lganligidir”1
Uchinchi belgi. “Huquqiy munosabatlar — kishi­lar o`rtasidagi subyektiv huquq va yuridik majburiyatlar vositasidagi aloqalardir”4. Bu aloqalarning alohida shakli, obyektiv huquq normalarida mustaxkamlangan huquq va majburiyatlar orqali namoyon bo`ladi.
Subyektiv huquq egasi - shaxs, huquqiy majburiyat egasi, majburiyatli shaxsdir. Huquqiy munosabatlarda vakolatli shaxsga majburiyatli shaxs boshqa kishimi, tashkilotmi, davlat organi yoki davlatning uzi bo`lishidan kat’i nazar, karama-karshi turadi.Bu ma’noda huquqiy muno­sabatlar individuallashtirilgan aloqalardir. Bunda individuallashtirish ikki shaklda amalga oshiriladi:
birinchidan, nomma-nom. Bunda huquq subyektlari o`zining to`liq ismi (familiyasi) yoki to`liq. rekvizitlari (agar tashkilot bo`lsa) bilan ataladi; masalan, oila-nikox, munosabatlari, tashkilotlar o`rtasidagi maxsulot yetkazib berish, yukni tashib berish buyicha munosabatlar shular jumlasidandir;
ikkinchidan, ijtimoiy vazifaning nomlanishi buyicha. Bunda subyektlarni nomma-nom yoki rekvizit buyicha belgilash ahamiyatga ega emas, faqat ularning ijtimoiy mavqelari aytiladi; sotuvchi — Haridor, davlat — Fuqaro. Aynan mana shu huquqiy munosabatlar subyektlarni yakkalashtirish usuli bo`lib, bozor va dukonlardagi savdo-sotiq munosabatlariga xosdir.

Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling