2.2 Qatlamlarning birlamchi gorizontal yotishi
Qatlamlarning gorizontal yotishi qatlamlanish yuzasining gorizontal
tekislikka nisbatan parallelligi bilan belgilanadi. Tabiatda qatlamlarning mutlaq
gorizontal yotishi kamdan-kam uchraydi. Bu cho’kindi to’planayotgan havzalar
yuzasi relyefniing dastlabki notekisligidan kelib chiqadi. Shuning uchun ham hosil
bo’layotgan qatlamlar yuzasi bir qancha qiyalikka ega bo’lishi mumkin. Bu qiyalik
1-2
0
atrofida bo’lib, bunday qatlamlarni gorizontal yotgan deb qabul qilish
mumkin.
Keng maydonlarni egallab yotuvchi cho’kindi havzalari (dengiz, ko’l
akvatoriyalari, materik tekisliklari va past tekisliklari) yuzasining qiyaligi ancha
kam, ko’z ilg’amas bo’ladi. O’rta Osiyoning G’arbiy qismini egallagan bepoyon
Turon past tekisligi shular jumlasidandir. Bu Yerda hosil bo’layotgan to’rtlamchi
kontinental yotqiziqlarining birlamchi yotish qiyaligi sezilarli emas.
Tabiatda yuz berayotgan jarayontaming barchasi muvozanatga intilish
qonuniga asosan, dastlabki notekis yuzalar cho’kindi hosil bo’lishi davomida
tekislanib boradi. Bu muvozanat tektonik kuchlar natijasida buzilishi mumkin.
Shuning uchun ham tektonik kuchlar ta’sir qilmagan qatlamlar o’zining birlamchi
gorizontal yotish holatini uzoq muddatgacha saqlab qoladi.
Relyefi notekis bo’lgan tog’li o’lkalarda hosil bo’layotgan yotqiziqlarning
birlamchi yotish qiyaligi ancha yuqori, 5-10
0
va undan ortiq bo’lishi mumkin.
Ularning birlamchi yotish burchagi hosil bo’lish sharoiti bilan chambarchas
bog’liq. Elyuvial yotqiziqlar nurash materiallarining chetga olib ketilmaganligi
sababli yuvilish yuzasi qiyaligini ifodataydi
Delyuvial yotqiziqlar ham nurash matenallarning yomg’ir va qor suvlari
yordamida
tog’
yonbag’irlarida va ularning etaklarida to’planishi natijasida birlamchi relyef
yuzasining nishabligiga bog’liq holda ma’lum qiyalik burchagiga ega bo’ladi.