2.4 Gorizontal yotgan qatlamlar bo’yicha stratigrafik
ustun va geologik kesma tuzish
Barcha qatlamlarning qalinligini navbatma-navbat aniqlab bo’lgandan keyin
stratigrafik ustun tuzish mumkin. Stratigrafik ustunda ajratilgan qatlam, gorizont
va boshqa yirikroq stratigrafik tabaqalarning (zona, varus, bo’lim va sistema)
qalinligi va qisqacha ta’rifi yoshi bo’yicha ketma-ket tartibda ko’rsatilgan bo’ladi.
Qatlamlarning litologik tarkibi chiziqli belgilar bilan beriladi. Stratigrafik
ustunning miqyosi, odatda, xarita miqyosidan yirikroq qilib olinadi. Bu kesma
tuzilishini butun tafsilotlari bilan ifodatash uchun, qatlamlar orasidagi munosabatni
vaqalinliklarni ko’rsatish uchun qulay bo’ladi.
Geologik xaritalarda tasvirlangan tog’ jinslarining yotish shakli, stratigrafik
ketma-ketligi, tarqalishi va qalinligini ko’rsatish uchun geologik kesma tuziladi.
Kesma chizig’i gorizontal yotuvchi qatlamlar tasvirlangan xaritalarda relyefning
eng past va baland nuqtalaridan o’tishi kerak. Shundagina barcha qatlamlar
bo’yicha to’liq ma’lumot olish mumkin. Agar bu joyda burg’i qudug’i qazilgan
bo’lsa kesma chizig’i albatta u orqali o’tishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |