Prolyuvial yotqiziqlar tog’oldi hududlarida sel singari kuchli vaqtinchalik suv
oqimlari faoliyati natijasida to’plangan chiqaruv konus yotqiziqlarining o’zaro
qo’shilib, tog’ tizmalari va tepaliklarni o’rab turuvchi qambar hosil qiladi. Bunday
yotqiziqlar suv oqimi bo’yicha ma’lum miqdorda g’o’lali jinslar, shag’al, qum va
gilga ajralgan holda yotadi. Bunday yotqiziqlar ustki yuzasining qiyaligi ostki
yuzasining qiyaligiga qaraganda ancha katta bo’ladi.
2.3-rasm. Qatlamlarning birlamchi gorizontal yotishi.
Qatlamlarning dastlabki bir-biriga nisbatan o’zaro yotishi turlicha bo’lishi
mumkin.
Yuqorida ko’rib chiqilgan elyuvial, delyuvial va prolyuvial yotqiziqlar katta
birlamchi yotish burchagiga ega bo’lishi bilan bir qatorda, aniq va o’zaro parallel
yuzalarga ega qatlamlar hosil qilmaydi. Ular bu Yerda doimiy saqlanib qolmaydi
va qaytadan yuvilib, yirik cho’kindi havzalariga olib chiqib ketiladi. Shuning
uchun ham bunday yotqiziqlarning yotish shakllariga to’rtlamchi davr hosilalarini
xaritalashdagina ahamiyat beriladi.
Birlamchi qiya yotuvchi shakllar vulkanogen yotqiziqlarga ham xos bo’ladi.
Lava oqimlari, vulkan konuslari va gumbazlari shular jumlasidan bo’lib, ularning
ustki yuzasi qiyaligi ancha katta va ostidagi yotqiziqlarga nomuvofiq yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |