Yotish azimuti deb, geografik meridianning shimoliy yo’nalishi bilan yotish
chizig’ining gorizontal tekislikka o’tkazilgan proyeksiyasi orasidagi o’ng vektor
burchakka aytiladi. Geologik obyektlarning yotish azimuti ularning yo’nalish
azimutlaridan 90
0
ga farq qiladi.
Yotish burchagi deb, yotish chizig’i bilan uning gorizontal tekislikka
o’tkazilgan proyeksiyasi orasidagi burchakka aytiladi. Yo’nalish chizig’ining
fazoda tutgan o’rni uning azimuti bilan, yotish chizig’iniki esa ham yotish azimuti,
ham yotish burchagi bilan aniqlanadi. Odatda, qiya yotgan geologik obyektlar
uchun ularning yotish azimuti va yotish burchagi, tik (vertikal) yotganlari uchun
esa, faqat yo’nalish azimutlari o’lchanadi.