Ijtimoiy pedagog faoliyatining mazmuni. Ijtimoiy pedagogning umumiy va maxsus funksiyalari


Download 57.5 Kb.
bet4/5
Sana08.01.2022
Hajmi57.5 Kb.
#237119
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-MAVZU IJTIMOIY-PEDAGOGIK FAOLIYAT JARAYON

Anketa so‘rovi - so‘rov yo‘li bilan statistik material to‘plash usuli. Anketa mazkur shaxs yoki o‘zga shaxsga doir materialni olish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Anketa materiali asosan pirovard natijani yoritib beradi. Anketa so‘rovi samarali bo‘lishida muayyan qiziqish va pedagogga ishonch ulkan ahamiyat kasb etadi. Anketa tuzishda uning mazmuni va shaklini e’tiborga olish muhimdir. Mazmunan anketa muayyan muammonigina qamrab olishi lozim. Har bir savol albatta fikr motivlariga tegishli bo‘lgan qo‘shimcha savol bilan quvvatlanadi. Shaklan savollar yopiq, ochiq, to‘g‘ri va egri bo‘lishi mumkin.

Biografik metod - ijtimoiy pedagogikada ayniqsa keng qo‘llaniladigan usullardan biri. Insonning o‘zi aralashgan turli jarayonlar va vaziyatlarga shaxsiy munosabatlari qayd etiladi. Biografik ma’lumotlarning turli xil manbalari mavjud: intervyu, qarindoshlarning guvohliklari, fotosuratlar va h.k. Bu manbalarning barchasi insonning boshqa kishilar bilan hayot jarayonida to‘plagan tajribasini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi. Ushbu metodning ko‘rinishlaridan biri - oila biografiyasi. Konkret oila tarixini o‘rganish insonning shakllanishiga ta’sir etuvchi xulq-atvor modeli, hayot pozitsiyasi kabi ichki omillarni aniqlash imkoniyatini beradi.

Ijtimoiy pedagog ishining mazmuni ta’lim muassasasining ta’lim oluvchilarning ijtimoiy muammolarini yechish ehtiyojlari bilan belgilanadi. Quyidagilar ta’lim muassasasida bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik ishning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

• mazkur ta’lim muassasasi hududida yashaydigan maktab yoshidagi barcha bolalar hisobini yuritish, ularning ijtimoiy holati va yashash sharoitlarini o‘rganish;

• o‘quvchilarning bir joydan boshqa joyga ko‘chishlari (boshqa maktabga o‘tishlari va h.k.) ustidan nazorat olib borish;

• ta’lim oluvchilarning ijtimoiy muammolarini, ularning yuzaga kelish sharoitlarini va ta’lim muassasasi imkoniyatlariga muvofiq ularni yechish yo‘llarini o‘rganishi;

• ijtimoiy beqaror oilalar hisobini yuritish;

• ko‘p bolali, noto‘liq va kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan bolalarni, ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

• ta’lim oluvchilar shaxsining xavfsizligi, ularning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash uchun sharoitlar yaratish;

• ta’lim oluvchilarni ishga joylashtirish choralarini ko‘rish, aholini ish bilan ta’minlash xizmatlarining mutaxassislari bilan o‘zaro aloqa qilish;

• bolani tarbiyalash muammolarini birgalikda yechish maqsadida bolalarning oilalari bilan hamkorlik qilish;

• ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘smirga qarashli bo‘lgan mol-mulk va turar joy maydonini muhofaza qilish choralarini ko‘rish.

Bolalar uyi, maktab-internat sharoitida ijtimoiy pedagog faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

• tarbiyalanuvchining shaxsiy ishida yetishmayotgan uning ota-onasi, aka-uka va opa-singillari, mol-mulkining mavjudligi va butligi haqida ma’lumotlar va hujjatlarni to‘plash;

• sud, FHDYO, ta’limni boshqarish va sog‘liqni saqlash organlari bilan bolaning ota-onasidan alimentlar tayinlash va undirish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish;

• tarbiyalanuvchilarning shaxsiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlash;

• bola ta’lim olayotgan davrda, o‘qishga yoki ishga kirayotganida hukumat tomonidan nazarda tutilgan imtiyozlarni ta’minlash;

• bitiruvchilar 18 yoshga to‘lgunga qadar ular bilan aloqa qilish;

• bitiruvchilar monitoringini yuritish.




Download 57.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling