Ijtimoiy pedagogik faoliyatning bolalarning moslashuv ko’nikmalarini shakllantirish. Reja: Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
Download 150.63 Kb.
|
IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYATNING BOLALARNING MOSLASHUV KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Og‘ir adaptatsiya
- Birinchi bosqich patronaji xaritasi
1. Yengil adaptatsiya — bolaning yurish-turishi 10— 15 kun
ichida me’yoriy holatga qaytadi. Bola maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlaganidan so‘ng bir oy o‘tgach, o‘zini me’yorda tuta boshlaydi. 2. O‘rta adaptatsiya — bolaning yurish-turishi yoki emotsional holatidagi o‘zgarishlar 15 — 30 kun ichida me’yoriy xrlatga qaytadi. Agar avval unda ozish kuzatilgan bo‘lsa, keyinchalik u o‘z vaznini tiklab oladi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlagach, bir oy mobaynida u bir marotaba engil kasallikka chalinadi va 7 — 10 kun maktabgacha ta’lim muassasasiga kelmasligi mumkin. 3. Og‘ir adaptatsiya shunda namoyon bo‘ladiki, bolalarda tez qaytadan kasal bo‘lish kuzatiladi. Kasalliklar ba’zi hollarda jiddiy tue olishi mumkin (bronxit, pnevmaniya). Bu holatda adaptatsiya bir oydan ziyod vaqtga cho‘ziladi, rivojlanish va salomatlik ko‘rsatkichlarida noxush holatlar ham namoyon bulishi mumkin. Adaptatsiyaning noxush holatlarini maksimal darajada bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagog bolaning 9 oyligidan 1,5 yoshga tulgunigacha mikro ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlarni og‘ir o‘tkazishini inobatga olishi lozim. SHuningdek, boladagi adaptatsiya j arayonini oilaviy tarbiyaning quyidagi kamchiliklari qam og‘irlashtirishi mumkin: — noto‘g‘ri ovqatlanish; — bolani noto‘g‘ri belash; — salbiy odatlar; — yoshiga mos kelmaydigan ko‘nikmalar. Ijtimoiy pedagog faoliyati uch bosqichdan iborat bo‘lishi kerak: tashxis, tayyorlov, amaliyot.Ijtimoiy-gigienik jihatlarga bag‘ishlangan tadqiqotlarda emizikli va maktabgacha yoshdagi bolalarning adaptatsiya davrida bir qator muhim parametrlar kasallanish, yurish-turish, ruhiy rivojlanishidagi o‘zgarishlarni e’tiborga olish kerakligi ta’kidlanadi. Birinchi bosqich patronaji xaritasi: 1. Ota-onasi haqida ma’lumotlar: — otasi (F.I.SH ., tug‘ilgan yili, mansabi, ish joyi); — onasi (F .I.SH ., tug‘ilgan yili, mansabi, ish joyi); — onasida homilaningkechishi va bola tug‘ilishi. 2. Maishiy sharoitlari: — istiqomat qiluvchilar soni; — yashash joyiga baho berish (kulayliklari); — yuvinish moslamalari; — yashash joyi havosiningtozaligi; — bola bilan birga yashayotgan bolalar qaysi muassasalarga qatnashadi? 3. Bola hakdda ma’lumotlar: — yoshi; — sog‘ligi; — bolaga kim g‘amxo‘rlik qiladi? — bolaning kun tartibi qanaqa? — u alohida xona, krovatga egami? www.ziyouz.com kutubxonasi 4.Bedorlik vaqti: — bola bedorlik vaqtini qanday o‘tkazadi? — uyg‘oqlik davrining uzunligi; — sevimli o‘yinchoqlari; — kiyinish-echinish, yuvinish jarayonlariga munosabati; — kattalarning bolaga munosabatlari; — bolaning kattalarga munosabati; — bola bilan tez-tez sayr qilishadimi? 5.0vqatlanish: — ovqatlanish tartibiga amal qilinadimi? — bola nima eydi? — nima yordamida ovqatlantirishadi (butilkami, qoshikdami) —bolaning ishtahasi, faolligi. 7.Uyqu: — bolani uxlatishda o‘zini tutishi; — uyqudagi kiyimi; — bola qanday uxlab qoladi (tez, tinch)? — kuniga necha marta, qancha uxlaydi? — uyqu xarakteri va uzunligi; — qanday uyg‘onadi (tinch, yig‘i bilan)? — bola kunduzi qaerda uxlaydi (krovat, xona, kucha)? — tunda qanday uxlaydi? — bolani uxlatish uchun unga so‘rg‘ich berishadimi? Adaptatsiya varaqasida (qarang: 1-jadval) bolaning hissiy holati, ishtahasi, uyqusi inobatga olinadi. SHuningdek,varaqada bolaning kattalar va boshqa bolalar bilan munosabati,uning individual xususiyatlari \am qayd etiladi. Bu usuldan foydalanilganda adaptatsiya bosqichining tugashi deb, shartli ravishda, bola yurish-turishining normallashuvi olinadi. http://fayllar.org Download 150.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling