Ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 46.8 Kb.
|
Ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish ning metodologik asosi
- Kurs ishining tuzilishi va hajmi
Ishning maqsadi: ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya ishlarini nazariy va amaliy jihatdan asoslash.
Ishning ob'ekti: Bolalar va o’smirlarga yordam ko’rsatish, reabilitatsiya ishlari. Ishning predmeti: Ijtimoiy pedagogika, deviant xulq atvorli o’smirlarda olib boriladigan ijtimoiy pedagogik reabilitatsiya ishlari. Ishning vazifalari: Bolalar va o‘smirlarga yordam ko‘rsatish majmuasining umumiy konsepsiyasi. Ta’lim tizimidagi xududiy reabilitatsion xizmat. Reabilitatsion xizmatni boshqarish modeli va uni amalga oshirish mexanizmi. Deviant bolalar va o’smirlar, ularni reabilitastiya qilish yo’llari. Deviant xulq-atvorli o‘smirlarga nisbatan ijtimoiy-pedagogik reabiliyatatsiya ishlari Ishning metodologik asosi: O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyovning nutq va ma’ruzalarida maktabgacha ta’limni rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir fikrlari hamda yondashuvlari, O`zbekiston respublikasi Hukumati, O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017-2021 yillarda boshlang’ich ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish Dasturi, oila blan ijtimoiy pedagogik faoliyatni sifatli yo’lga qo’yilishini ta’minlashga qaratilgan me’yoriy Hujjatlari, mavzuga oid ilmiypedagogik, psixologik, metodik manbalar. Kurs ishining tuzilishi va hajmi: kurs ishi 33 listdan iborat bo’lib, kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat II. Asosiy qism Bolalar va o‘smirlarga yordam ko‘rsatish majmuasining umumiy konsepsiyasi. Maxsus statistika va sotsiologik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab mamlakatlarda bolalar va o‘smirlar nochor axvolda yashamokdalar. Bu nochorlik ularning : psixologik va fiziologik rivojlanishining susayishida; hak —huquqlarining buzilishida; ularga nisbatan kuch ishlatilishda; alohida pedagogik faoliyat talab etiladigan hamda ijtimoiy kelib chiqishi past oila farzandlarining maktablardan siqib chikarilishida; ishga joylashtirishda umumdavlat tizimining ish olib bormasligida; •defekti bor, akliy yoki jismonan zaif yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolarining nazardan chetda qolganligida namoyon bo‘lmokda. Bu masalalar balog‘atga yetmagan bolalar orasidagi jinoyatchilik sonining ortib borishiga sabab bo‘lmokda. Shuning uchun ham: 1 Bolalar va yoshlarning ijtimoiy hayotini sog‘lomlashtirishga. 2. Ularning ichki ma’naviy dunyosini sog‘lomlashtirishga doir chora-tadbirlar kerak bo‘ladi. Buning uchun: bolalar va o‘smirlar rivojlanishining buzilish sabablarini aniqlash, ularni hal etish usul va vositalarini aniqlash normal shaxsni rivojlantirishta qaratilgan tarbiya jarayonini adekvat tahlil etish. Voyaga yetmagan yoshlarning psixologik krizisini bartaraf etish faqatgina jamiyatni (iktisodiy, ma’naviy va siyosiy) sog‘lomlashtirish va umuminsoniy kadriyatlar asosida shaxsni rivojlantirishni ta’minlaydigan tarbiya tizimini yaratish asosida amalga oshiriladi. Bunda eng asosiy vazifalardan biri bolalar va o‘smirlarga yordam ko‘rsa-gash tizimini tubdan islox qilishdir. Bu tizim bolalar va o‘smirlarning ma’naviy — axloqiy sog‘ligini, konstitutsion haq —huquqlarini himoya qilishga qaratiladi. Bulardan biri bolalar huquqini himoya qilish haqidagi Konvensiyadir. Bolalar va o‘smirlarga yordam ko‘rsatish xizmati strukturasi va tuzilish tamoyillari yordam ko‘rsatishning reabilitatsion xizmati bolalar va o‘smirlarga ijtimoiy — huquqiy, psixologik, tibbiy va pedagogik jihatdan qo‘lllab quvvatlashni ta’minlashga qaratilgandir. Bu xizmat ularning: turmush sharoiti va tarbiyasini jadallashtirishga ko‘mak berish orqali; shaxsiy mol-mulkka egalik huquqlarini himoya qilish orqali; voyaga yetmagan yoki ekstremal (masalan haloqatga uchragan) xolatlarga tushgan, sharoiti og‘ir oila farzandlariga turli xil yordam berish orqali; qaltis guruhdagi oilalar va voyaga yetmaganlarga yordam berish orqali; kashandachilikka ruju qo‘ygan oilalarning, ekstremal holatlarning qurbon bo‘lgan yoki ota — onasiz qolgan voyaga yetmagan bolalarga turli xil yordam berish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy, huquqiy, psixologik, tibbiy va pedagogik yordam quyidagi tamoyillarga asoslanadi: qonunga muvofiklik; insonparvarlik; adolatparvarlik; demokratiya; tashkilotchilik va nazorat; differensial va individual yondoshish; o‘z vaktida yordam berish; yordamning yetarli va kompleksli bo‘lishi; ilmiy asoslanganlik va xizmat ko‘rsatishda xududni hisobga olish. xududiy tamoyildan kelib chiqqan xolda xizmat ko‘rsatish ma’lum davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. xizmat tajribalarini umumlashtirish, ilmiy metodik tavsiyalar berish, xizmat ko‘rsatish xodimlarining malakasini oshirish uchun shahar, viloyat, tuman va Respublika ilmiy metodik markazlarini tashqil etiladi. Ularning eng asosiysi tuman ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tashkilotidir. Bolalar va o‘smirlarga yordam ko‘rsatishning tuman xizmat bo‘limlari quyidagi strukturadan tashkil topgan: Psixologo — tibbiy, pedagogik yordam ko‘rsatish. Kasb tanlash buyicha maslaxat berish bo‘limi. 3. Tashkiliy axborot bo‘limi. 4. Metodik ishlar bo‘limi. Oilaviy hayotning uyg‘unligini ta’minlash va jinsiy tarbiya bo‘limi. O‘qituvchi va tarbiyachilar bilan maslahat berish ishlarini olib borish bo‘limi Ta’lim tizimidagi xududiy reabilitatsiya xizmati bir xududda bolalar va o‘smirlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati ma’lum kontingent asosida xududni inobatga olish tamoyilidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Ta’lim tizimining reabilitatsiya xizmati—bu har bir bolaning yaxshi rivojlanishini va ijtimoiylashuvini ta’minlovchi, ularni kompleks xolda reabilitatsiya qilishta qaratilgan elitar, adaptiv tashkilotlar (maktablar), profilli (kesim) tashkilotlarning umumiy xizmatidir. Reabilitatsiya qilish xizmatining asosiy maqsadi bolalarning rivojlanishidagi, hulk — atvoridagi, faoliyatidagi kamchiliklarni oldini olib profilaktika qilish va qayta tiklashdan iboratdir. Reabilitatsiya qilish xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: bolalar va o‘smirlarlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlarning (deformatsiyalanish) sabablarini aniqlash; ularni bartaraf etishning vosita va usullarini topish; ta’lim—tarbiya va yashash sharoitini jadallashtirish; normal shaxsning shakllanishiga qaratilgan adekvat (bir xil) pedagogik jarayonni vujudga keltirish; maxsus reabilitatsiya xizmatining maqsadi - bolalarga korreksion rivojlantiruvchi maxsus dasturlar asosida har tomonlama yordam berish va x.k. Reabilitatsiya qilish tamoyillari: •худуддаги иктисодий, ижтимоий, худудий o‘зига хосликларни knobatga olish; • reabilitatsiyey tadbirlarning xilma — xilligi; pedagogik, ijtimoiy psixologik va biologik metodlarning birligi; bosqichlilik, •individuallik, gumanistik yondoshish. Reabilitatsion xizmat ko‘rsatishning ahamiyati: bolaning sog‘ligini, qiziqishi va huquqlarini himoyalashdan; deviatsiya holatidagi rivojlanishni oldindan profilaktika qilishdan; pedagogik jarayonni insonparvarlashtirishni tashkil etishdan iboratdir. Reabilitatsiya qilish obyektlari va subyektlari: Ijtimoiy — pedagogik jihatdan qarovsiz qolgan bolalar Voyaga yetmagan huquqbuzarlar, deviant, dezadaptatsiyalangan bolalar va yetimlar. Psixosomatik va asabiy, ruhiy kasallangan bolalar. Reabilitatsion xizmatni boshqarish modeli va uni amalga oshirish mexanizmi: -xududdagi ijtimoiy madaniy vaziyatlarning o‘ziga xosligi reabilitatsion xizmatning ma’lum modelini yaratish imkonini beradi. Bu model bola va o‘smirlarning: Umumorganizmini reabilitatsiya qilish (tibbiy) Shaxs sifatida reabilitatsiya qilish (psixologik) Ijtimoiy subyekt sifatida (ijtimoiy) Faoliyat subyekti darajasiga ko‘tarishga haratilgan reabilitatsion xizmati bo‘lyshi kerak. Bu quyidagi shayugdagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: Bolalar va o‘smirlarni kompleks reabilitatsiya qilish modeli Tibbiy reabilitatsiya pedagogik reabilitatsiya subyekt ta’lim faoliyati subyekti Tarbiyasi og‘ir bola _ Ijtimoiy subyekt Reabilitatsiya Psixolog xududiy reabilitatsion xizmati xodimlarining faoliyati samarali kechadi, agarda ular quyidagi mexanizm asosida faoliyat yuritsalar: *reabilitatsion xizmat ko‘rsatishda muassasalararo umumhamkorlik *reabilitatsion xizmat ko‘rsatishni ilmiy metodik ta’minlash *reabilitatsion xizmatda kadrlar masalasi *reabilitatsiya qilish obyektlarini tanlash va diagnostika qilish *reabilitatsiya subyektlarining kelishuvi asosida faoliyat yuritish. Download 46.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling