Ijtimoiy pedagogika fan sifatida “Ijtimoiy”


Ijtimoiy pedagogika tushunchasining mohiyati


Download 148.95 Kb.
bet3/26
Sana01.11.2023
Hajmi148.95 Kb.
#1736705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
munojat kitobi

Ijtimoiy pedagogika tushunchasining mohiyati.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator baxs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Yaxshi ma’lumki, har qanday fan inson bilimi sohasi sifatida nazariya va amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir-birini to‘ldirib kelishadi va voqelikning mukammallashuviga o‘z ta’sirini ko‘rsatishadi. Demak, biz ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida o‘rganishimiz lozim. Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko‘pgina boshqa fanlar (falsafa, matematika, biologiya) kabi o‘quv fani bo‘lib ham xizmat qilishi mumkin.
O‘zbekiston qadimiy tarix va pedagogik an’analarga ega davlat bo‘lgani uchun qadimdan ijtimoiy pedagogika fanining Sharq mutafakkirlari va diniy arboblar asarlarida rivojlanishi asoslari mavjuddir. XIX asrda o‘zbek ma’rifatparvarlari, XX asrdagi novator pedagoglarning ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy bilimlar uchun boy materialni tashkil qiladi. Biroq ma’lum bir davrda ijtimoiy pedagogikaning MDH hududidagi tadrijiy rivojlanishi to‘xtatib qo‘shildi. bu ish avvaliga inqilobgacha bo‘lgan davrda pedagogikadan voz kechish, so‘ngra ijtimoiy muammolarni ma’lum qilmaslik siyosati bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, ana shu asosdan kelib chiqib, aytish mumkinki, ijtimoiy pedagogika ilmiy nazariy bilimlar va ijtimoiy –pedagogik faoliyatini o‘rganadi, keyinchalik unga burjuaziya fani sifatida qaralgan. Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX asrning 90-yillarida ro‘y berdi. Uning qayta “tug‘ulishi” ijtimoiy pedagoglarning zamonaviy sharoitlardagi faoliyatlarida, amaliyotda ijtimoiy pedagogika fanining yutuqlaridan foydalanish zaruriyati tug‘ilgani bilan izohlanadi. Bu yerda davlat va jamiyatning faoliyat yuritishining yangi tamoyillari-bozor iqtisodiyoti, raqobat, byudjetdan pul ajratishni kamaytirish, dunyo hamjamiyatiga kirish, iqtisodiy holatning barqarorligi nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga ijtimoiy hayotni demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga kirish aholining kam ta’minlangan qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Biroq bundan avvalgi davrning nazariya va amaliyotining tizimlashtirilmog‘ini bu ikki soha bir-biridan alohida ravishda rivojlanishiga sabab bo‘ldi va ijtimoiy pedagogika fan sifatida shakllanishiga ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada bugunda ilmning bu sohasini to‘liq qamrab oluvchi ta’rif mavjud emas.

Download 148.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling