Ijtimoiy pedagogika fan sifatida “Ijtimoiy”
Ijtimoiylashuv tushunchasi jarayoni, vositalari
Download 148.95 Kb.
|
munojat kitobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiylashuv” so‘zi dastlab siyosiy-iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy-iqtisodiyotda yer, ishlab chiqarish vositalarining umumiylashuvi ma’nosini anglatgan.
- Ijtimoiylashuv jarayoni.
Ijtimoiylashuv tushunchasi jarayoni, vositalari
Tayanch atama: Ijtimoiylashuv, ijtimoiylashuv jarayoni, ijtimoiylashuv vositalari,ijtimoiylashuv nazariyasi,shaxsning ijtimoiylashuvi ,bolaning ijtimoiylashuvi, ijtimoiylashuv agentlari, ijtimoiy himoya. Texnologiya : Keys: Ijtimoiylashuv tushunchasi “Ijtimoiylashuv” so‘zi dastlab siyosiy-iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U siyosiy-iqtisodiyotda yer, ishlab chiqarish vositalarining umumiylashuvi ma’nosini anglatgan. “Ijtimoiylashuv” atamasini muammoli deb bu atamani “Ijtimoiylashuv__ nazariyasi” (1987) kitobida hozirgi ma’nosiga yaqin qo‘llagan amerikalik sotsiolog F.G.Keddings hisoblanadi. Uning zamonaviy ma’nosi-“ ijtimoiy tabiat yoki individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir. Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini tushunishning hozirgi talablariga ikkinchi yondashuv ko‘proq mos tushadi, chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni o‘zlashtirish jarayonidagi rivojlanish va o‘zgarishi bilan aniqlanadi. Ijtimoiylashuv jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi xususan insonning ijtimoiy moslashuvi uning hamma narsani egallashga bo‘lgan ob’ektiv ehtiyoji jarayonida paydo bo‘ladi. Biroq bu bilan uzviy ravishda bola boshqa bir ob’ektiv ehtiyoj -o‘ziga xosligini namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli usul va vositalarni qidira boshlaydi va buni oqibatida uning individuallashuvi ro‘y beradi. Bu hodisa shunday namoyon bo‘ladiki, shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan hislatlari individual, faqat shu shaxsga tegishli tarzda namoyon bo‘ladi, uning ijtimoiy yurish-turishi takrorlanmas jihatlarga ega bo‘ladi. SHunday qilib bolaning ijtimoiy rivojlanishi ikkita o‘zaro bog‘liq yo‘nalishda olib boriladi: ijtimoiylashuv ( ijtimoiy madaniy tajriba madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv (mustaqillik, nisbiy o‘ziga xoslikni qo‘lga kiritish). SHu tarzda ijtimoiylashuv tushunchasi zamonaviy fanda moslashuv (birlashish) va individuallashuv jarayonlari bilan bog‘liq ijtimoiylashuv jarayonining mazmuni inson(bola)ning aniq bir jamiyat sharoitlariga moslashuvidir. Moslashuv subyekt va ijtimoiy muhit faolliklarining yaqinlashuv jarayoni va natijasidir. (J.Pia Je, R.Mertoj). Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muhit talablariga insonning munosabat bildirishidan iboratdir. SHunday qilib, ijtimoiylashuv (moslashuv) individning ijtimoiy mavjudodga aylanish jarayoni va uning natijasidir. Indivuallashuv insonning xali yosh bolgan paytidayoq paydo bo‘ladigan obyektiv ehtiyojlari bilan bog‘liq jamiyatdagi o‘z-o‘zini egallashdir. Bu ehtiyoj: a) o‘zining qarashlariga ega bo‘lish; b) o‘ziga xos bolgan hislatlarga ega bo‘lish; v) unga tegishli bo‘lgan masalalarni hal qila olish ,uning o‘z darajasini aniqlab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish xohishi sifatida namoyon bo‘ladi. Agar shaxsning jamiyatga kirishida ijtimoiylashuv va individualashuv jarayonlari o‘rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro‘y beradi. SHu bilan birga bu yerda shaxs va muhitning o‘zaro ta’sir etish ham sodir bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiy moslashuv va individuallashuv o‘rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi mumkin. Bu jarayon 3 asosiy sohada amalga oshadi: - faoliyat-turlarning kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‘lga kiritish, erkin mo‘ljal olish. - muomala doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish va uning xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish. - anglash-shaxsiy men obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, o‘z ijtimoiy mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baho berishni shakllantirish. Download 148.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling