Ijtimoiy pedagogika fan sifatida rivojlanishi


MA’RIFATPARVARLIK VA DEMOKRATIK G’OYALAR XIX ASRNING OXIRI- XX ASR BOSHLARIDA YUQORI CHO’QQIGA KO’TARILDI


Download 42.25 Kb.
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi42.25 Kb.
#222432
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY PEDAGOGIKANING RIVOJLANISHI TARIXI

MA’RIFATPARVARLIK VA DEMOKRATIK G’OYALAR XIX ASRNING OXIRI- XX ASR BOSHLARIDA YUQORI CHO’QQIGA KO’TARILDI.

O’rta asr g’oyalari: zohidlik, dogmatizm, sxolastikaga qarshi chiqib, o’zbek ma’rifatparvarlari yangi ta’lim usullari va tamoyillarini ilgari surdilar: har tomonlama tarbiyalashga asoslangan (aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat) dunyoviy, o’g’il bolalar va qizlar uchun bir xil, insoniylik, demokratiya, vatanparvarlik ruhidagi tarbiyani ilgari surdilar va asoslab berdilar.

O’zbekistondagi demokratik pedagogik g’oyaning taraqqiyparvar yo’nalishining yirik vakillaridan biri Abdulla Avloniydir (1878-1934) U SHarq tillari va adabiyotini yoshligida chuqur o’rganib, mumtoz o’zbek klassikasi ta’sirida she’rlar yozgan. Uzoq vaqt mobaynida Toshkent maktablarining birida bolalarga ta’lim bergan. Avloniyning o’zbek pedagogikasiga qo’shgan hissasi shuki, u ilk marta tarbiya oldiga ijtimoiy vazifalarni qoya olgan. Bu shoir va pedagogning katta jasorati o’z asarlarida shaxs rivojlanishida tarbiyaning hal qiluvchi rolining e’tirof etilishi bo’ldi. Uning fikricha, tarbiya ijtimoiy maqsadlarni ko’zlashi kerak. Avloniy “yangi kishi” tushunchasini shaxsiy emas, balki ijtimoiy manfaatlardan kelib chiquvchi jamoat arbobi sifatida ta’riflaydi. Tarbiyaning muvaffaqiyati Avloniy fikricha oila, ota-onalar va pedagoglarning shaxsiy namunaviy roli bilan belgilanadi. Eng muhim ijtimoiy xususiyat deb, u mustaqillik, tashabbuskorlik, amaliy tajribani e’tirof etgan.

O’zbek ma’rifatparvarlarining yorqin vakili bo’lgan Avloniy “to’g’ri” g’oyalarni kengaytirib va “noto’g’ri” g’oyalarni bartaraf qilibgina yovuzlikni yo’qotish mumkinligiga ishongan. Shuning uchun tarbiya mavzusi ma’rifat gazetasi bo’lmish “Shuhrat” gazetasida keng yoritilgan.

Mustamlakachilik sharoitlarida Turkistonda matbuot cheklangan o’quvchilariga ega bo’lgan. Bu holatda dramaturgiya ma’rifiy g’oyalarni tatbiq qilishning eng samarali vositasi bo’lgan. Teatr Abdulla Avloniy uchun odamlarni tarbiyalash, birlashtirish vositasi bo’lgan. U 1913 yilda Toshkentda “Turon” nomli teatr truppasini tashkil etdi. Truppaning maqsad-vazifalarini Toshkentdagi “Turon” dramatik san’at jamiyatining nizomida aniqlangan “sahnaga nisbatan muhabbat va jiddiy munosabat tug’dirish, xalq uchun spektakllar tashkil qilish” tashkil etar edi. Bu maqsadga erishish uchun jamiyat kechalar, kontsertlar, spektakllar va boshqa ommaviy chiqishlarni tashkil etishga, klub va musiqa kurslari, kutubxona va qiroatxona tashkil qilishga, boshlang’ich maktablar ochishga, ta’limni o’rta va oliy o’quv yurtlarida davom ettirish uchun stipendiyalar ta’sis etish huquqiga ega bo’lgan. Shuningdek, u mavjud hayriya va ta’lim muassasalariga moddiy yordam ko’rsatishi mumkin edi1.

Avloniy ma’rifiy g’oyalarini nafaqat ijodda ilgari surgan. U tomonidan 1908 yilda kambag’allar uchun maktab ochilgan va u erda ona tilini o’qitishning yangi usullari qo’llanilgan. Pedagogik faoliyat bilan sermahsul shug’ullanishni kanda qilmay, u darslik va qo’llanmalar yoza boshlagan. Ta’lim tarbiya tizimini kundalik hayotga yaqinlashtirish, ya’ni amaliyot eng kerakli va foydali vosita ekanligini uning “Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq” darsliklarida aks etdi.

Avloniydan so’ng ma’rifat va dunyoviy bilimlarning faol targ’ibotchisi Miskin edi. Miskinning ta’limiy va ma’rifiy qarashlari ijtimoiy-siyosiy mohiyatga ega bo’lib, u o’zbek ilg’or pedagogik g’oyalarining rivojiga katta hissa qo’shgan. Insonni reallikdan ajratib oluvchi va uni shukronalik ruhida tarbiyalovchi musulmon pedagogikasiga qarshi Miskin ta’lim jarayonini yosh avlodni xalqqa xizmat qilish uchun tarbiyalash kerak deb tushungan va o’z qarashini rivojlantirgan. Miskin va boshqa o’zbek ma’rifatparvarlarining intilishlari tarbiyaning ijtimoiy jihatini oshirishga, ijtimoiy tarbiyani kengaytirishga, insonning turli ijtimoiy munosabatlarga kirishi, boshqa davlatlar va xalqlar hayotini o’rganishga qaratilgan edi.

Biroq bu ijtimoiy xususiyatlar bilan birga o’zbek ma’rifatparvarlari XIX asr ikkinchi yarmida o’z qarashlarining tizimli emasligi, ularning feodal-mustamlaka tuzumga qarshi kurashdagi ojizliklarini kelib chiqishiga sabab bo’lgan mustahkam dasturning yo’qligi bilan ajralib turardilar. Biroq ularning dunyoqarashi cheklanganligi va qarama-qarshiliklarga uchraganiga qaramay, ular O’zbekistonda ilg’or g’oyalarning rivojiga o’z hissalarini qo’shishdi.

XX asr boshidagi o’zbek pedagogik g’oyasida 3 asosiy yo’nalishni ajratsa bo’ladi: S ko’proq hukmronlik qiluvchi o’rta asr feodal klerikal yo’nalishi;

S paydo bo’layotgan milliy burjua yo’nalishi (jadidchilik). Uning vakillari bu davrda feodal klerikal maktabga qarshi chiqib, o’zlarining “usuli jadid” maktablarining pedagogik talablarini ilgari surish;

S demokratik taraqqiyparvar yo’nalish. Demokratik pedagogika o’rta asr maktabini va tarbiyasini tanqid qilgan va inkor etgan hamda unga qarshi yangi, ilg’or g’oyalarni ilgari surgan.

XX asr boshida O’zbekistonda demokratik pedagogikaning eng yirik vakili Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) edi. Hamza XX asr boshida o’zbek xalqi madaniy hayoti va ma’rifiy harakatining eng yirik namoyandasi edi. Uning nomi bilan O’zbekiston tarixining butun bir davri bog’liq. U o’z asarlarida o’zbek xalqi pedagogik g’oyasi rivojining eng yaxshi yutuqlarini jamlab hamda Rossiya ijtimoiy-ma’rifiy g’oyalariga tayanib, ta’lim tarbiyaning eng global muammolarini ko’tara oldi.

Qo’qonda ozod milliy maktabning yaratilishi, keyinroq esa Farg’ona, Marg’ilon va Toshkentda shunday maktablarning yaratilishi bu ajoyib pedagog va jamoat arbobining jasoratli qadami bo’ldi. Bu maktablarda ta’lim-tarbiya ishlarining yo’lga qoyilishi shaxsning har tomonlama rivojlanishi va ijtimoiy faollashuvi uchun sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan edi. Hamzaning pedagogik faoliyatining ijtimoiy xarakteri tarbiyaning barcha turlari (estetik, aqliy, jismoniy, axloqiy, mehnat), muomala va atrofdagilar bilan o’zaro munosabat malakalarini rivojlantirish jarayonida, tarbiyalanuvchilarning turli hayotiy, madaniy va aqliy darajalarini oshirishlari uchun imkoniyatlar yaratishga asoslanadi.

1911 yilda Hamza o’zining yangi usul maktabini ochdi va unda o’quv jarayonini tashkil etishni tubdan isloh qildi. Biroq uning pedagogik faoliyatidagi eng asosiy hodisa 1914 yilda etimlar va kam ta’minlangan bolalar uchun “Dorul ojizin” nomli maktabning ochilishi bo’ldi. Unda bolalar bepul o’qitilgan hamda kitob, daftar, qalam va boshqa yozuv qurollari bilan ta’minlanganlar. Biroq Hamzaning maktablarni isloh qilish va demokratiyalashtirish uchun qilgan harakatlari musulmon ruhoniylari va chor hukumatining keskin noroziligiga sabab bo’ldi.

Buning oqibatida “Dorul ojizin” yopildi va Hamza chor politsiyasi nazoratiga olindi.

Hamza ta’limning mohiyatini, ozodlikka erishishi uchun asosiy qurol, ya’ni faol ijodiy shaxsni tarbiyalash vositasiga aylantirish kerakligi g’oyasini ilgari surdi. Uning qarashlari o’zbek ilg’or pedagogik g’oyasining rivojlanishida katta qadam edi. Insonni reallikdan ajratuvchi va uni shukronalik ruhida tarbiyalovchi hukmron sxolastik tarbiyadan farqli o’laroq Hamza Hakimzoda ta’lim mohiyatiga yangi qarashlarni kiritdi. Ta’lim jarayonini yosh avlodni xalqqa xizmat qilish ruhida tarbiyalash deb tushundi. SHoir tarbiyaning asosiy vazifasi yoshlarni jamoat faoliyatiga tayorlash deb bilgan. Hamza yoshlar o’z vatani va xalqi oldidagi ma’suliyatlarini tushunish kerakligini ko’p marta ta’kidladi.

Hamza tarbiyaga eng kuchli ta’sir qiluvchi omillarga muhit va oilani kiritgan. Go’dakning kelajagi, undagi hislarning, dunyoqarashning rivoji va boshqa ijtimoiy psixologik vazifalar uni o’rab turgan atrof-muhit va turmush tarziga bog’liqdir. Oilaning bola tarbiyasidagi o’rni bolani jamiyatda o’zaro muloqatga kirishuvchan qilib tarbiyalashdan iboratdir. Hamza onaga alohida rol ajratadi, chunki u bolalar bilan psixologik, ruhiy va biologik jihatdan eng ko’p bog’langan shaxsdir. U bolalarni e’tiborsiz yoki noto’g’ri tarbiyalaydigan ota- onalarni qoralaydi. Hamza ta’lim-tarbiyada tub o’zgarishlarni amalga oshirish uchun bir qator yangi darsliklarni o’zbek tilida yaratdi: o’zbek alifbosini o’rganish uchun “Engil adabiyot”, o’qish uchun “O’qish kitobi”, adabiyotdan “Qiroat kitobi”. Hamzaning kitoblari ta’lim oluvchilar tomonidan katta qiziqish bilan o’qilgan va tez o’zlashtirilgan. Hamzaning barcha kitoblari o’zbek bolasining erkin o’qishi uchun qulay hisoblangan.

1917-1940 yillardagi ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy yo’nalishlari.

Hamza faoliyati ikki davr - inqilobgacha va inqilobdan keyingi davrlar to’qnashuvida davom etgan. 1917 yilgi oktyabr inqilobi natijasida bolsheviklarning yangi hokimiyati tomonidan xayriya faoliyatiga chek qoyilgan va uning moddiy (shaxsiy mulk) va ma’naviy (din) manbalari yo’q qilingan. Ijtimoiy muammolarni echishni esa davlat o’z zimmasiga olgan.

Bu vaqtda barcha joylarda, jumladan O’zbekistonda ijtimoiy tarbiya bo’limlari tuzila boshlandi. Voyaga etmaganlarni ijtimoiy huquqiy himoyasi boyicha muassasalar tashkil etildi. XX asrning 20-yillarda maktabga moddiy yordam beruvchi “komsod” (yordam qo’mitasi) nomli tashkilotlar faoliyat yuritgan. Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarni moddiy ta’minlovchi “kambag’alik fondlari” ham mavjud bo’lgan. Bu fondlar kambag’al oilalarni minimal darajadagi oziq ovqat maxsulotlari bilan ta’minlaganlar

V.F.Lubentsov tomonidan boshqariladigan K.Libxknet nomli mehnat maktabining tuzilishi respublika hayotida muhim voqea bo’ldi. Maktab faoliyati ijtimoiy pedagogik tamoyillarga asoslandi. Karl Libxnet nomidagi tajriba kommuna - maktabi Toshkent yaqinidagi 600 ta etim bolalar tarbiya topgan ilk maktablardandir. Turkiston ASR hukumati 1918 yilda maktabga Nikolskoe qishlog’i yonidagi yangi binoni berdi. 1919-20 yillar qishi juda og’ir keldi. Isitilmagan xonalarda yashashdi, na chiroq, na kerosin bor edi. Qiyinchiliklarga qaramay maktab pedagogik jamoasi ijod bilan mashg’ul bo’lishni davom ettirdi.. Maktab bayramlarida yosh iqtidorli bolalar chiqish qilishardi. O’quvchilar aksariyat vaqtlarini toza havoda, sport bilan shug’ullanishar, turli rasmlar chizish bilan o’tkazishardi. O’quvchilarning o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olib maktab pedagoglari ta’lim-tarbiyani qattiqqo’llik tamoyillari asosida olib borishardi. Maktabning o’quv va mehnat faoliyati yorqin ijtimoiy yo’nalishga ega bo’lgan. Masalan, “Nihol” to’garagi eng kambag’al aholiga 6000 dona nihol hadya etdi, 30ta dehqonga qishloq xo’jaligi ko’rgazmasida ishtirok etishga ko’maklashdi.

“Tozalik” to’garagi ovqatlanish, suvdan foydalanish, maishiy va qishloqdagi sanitar-gigienik sharoitlarni nazorat qilardi. O’qituvchilar o’zlari turli fanlardan o’quv qo’llanmalari tuzishar edilar. Jismoniy, mehnat, o’quv va fakultativ mashg’ulotlari bilan bir vaqtda o’tkazilardi. Bahor, yoz va kuzda mashg’ulotlar dala va bog’larda o’tardi. Ular bug’doy, paxta, guruch, jo’xori, sabzavotlar etishtirish bilan birga ipakchilik, asalarichilik bilan ham shug’ullanishardi.

Bunaqa turli xil mashg’ulotlar o’quvchilarda agrotexnik va zootexnik ko’nikmalar paydo bo’lishiga olib kelgan.



Download 42.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling