Ijtimoiy pedagogika


Download 440.66 Kb.
bet2/191
Sana02.01.2022
Hajmi440.66 Kb.
#195731
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
Bog'liq
Ижтимоии педагогика А Жумаев, С Шарипова 22e9656687ee22c6207

Mas’ul muharrir:

A. Musurmanova – pedagogika fanlari doktori, professor.

Taqrizchilar:

X. Ibragimov – pedagogika fanlari doktori, professor.

N. Egamberdiyeva – pedagogika fanlari doktori, professor.

ISBN 978 -9943-562 -8-06 © “NAVRO’Z” nashriyoti, 2019



©A.Sh. Jumayev, S.B. Sharipova.

KIRISH

Ma’lumki, ijtimoiy pedagogika fani jamiyat a’zolarini o‘sha jamiyatning yetakchi omillariga mos qilib shakllantirish bilan shug‘ullanadigan ilmiy-nazariy va amaliy faoliyatlar tizimidir. Mustaqil O‘zbekiston o‘ziga xos bo‘lgan taraqqiyot yo‘lidan borayotgan hozirgi sharoitda mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlab o‘tganidek: “Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa – taraqqiyotning kafolatidir!” 1

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasidagi islohotlarda yoshlar faolligini oshirish bilan bog‘liq bir qator yangi va muhim vazifalarni belgilab berganini alohida qayd etish joiz.

Buning uchun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz dunyoqarashini o‘zgartirish, ularning bilim va ma’naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish zarur. Bunday murakkab ijtimoiy vazifani hal etishda boshqa fanlar qatori ilmiy asosga qurilgan ijtimoiy pedagogika zimmasiga katta mas’uliyat tushadi.

Ijtimoiy pedagogika – muayyan davlat Konstitusiyasi, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlashi, yoshlarni ma’naviy – axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim – tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbiri, jamiyat taraqqiyotining umumiy qonunlari, xalqning milliy-ma’rifiy merosi va ta’lim-tarbiya sohasida erishilgan jahon miqyosidagi yutuqlar asosida shakllangan hamda millatning muayyan tarixiy rivojlanish jarayonidagi talablariga javob beruvchi ta’lim-tarbiya nazariyasi, usul va vositalarini ifodalovchi ilm-fan majmuidir.

Ijtimoiy pedagogika fani o‘z rivojlanish bosqichida bir necha bosqichlarni bosib o‘tgan bo‘lib, hamma zamonaviy bosqichlarda har bir jamiyat o‘ziga yarasha pedagogik bilimlarga ega bo‘lgan, pedagogik fikrlar taraqqiyoti darajasi-jamiyatning, ijtimoiy tuzumning rivojlaganligini bildiruvchi ko‘rsatkichdir. Shu ma’noda, har bir bosqichning, ya’ni davrning qandayligi o‘sha zamondagi pedagogik fikrlarning harakteriga ham bog‘liqdir. Negaki, davr unda yashayotgan har bir shaxsning tabiati, harakteri va psixologik xatti-harakatlariga monand bo‘ladi. Shaxsning ijtimoiy harakteri va fikri, odob-axloqi, bilim darajasi va muomala madaniyati esa, asosan, ijtimoiy pedagogikani o‘qitish orqali shakllantiriladi.

Aslida ijtimoiy munosabatlarning tabiatini muayyan jamiyatning ijtimoiy tafakkur tarzi, ma’naviy sifatlari majmui belgilaydi. Shunday ekan, shaxsning ijtimoiy tafakkurida, ma’naviyati va bilim darajasida o‘zgarish bo‘lmay turib jamiyat taraqqiyoti rivojida va ta’lim-tarbiya tizimida yuksalish bo‘lishi aslo mumkin emas.

Ta’lim-tarbiyaning insonparvarlashuvi, barcha pedagogik qarashlar markazida tarbiyalanuvchining shaxs-sifatida shakllanishini, talaba va o‘qituvchi, tarbiyachi-tarbiyalanuvchi munosabatlarining tubdan o‘zgarishini, jamiyatning insonlar hayoti va sog‘lig‘i, ularning huquqlari, milliy va jahon ta’lim tizimi tajribalari asosida shaxs taraqqiyoti, umuminsoniy qadriyatlar, ta’lim olish va o‘quv muassasasining turini erkin ravishda tanlash, alohida o‘z imkoniyatlari va qobiliyatiga asosan xo‘jalik yuritish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish mustaqilligi va tashabbusiga, malaka va ko‘nikmasiga ega bo‘lishni taqazo etadi.

Ijtimoiy pedagogika “Umumiy pedagogika” fanining tarkibiy qismi, bitta moduli sifatida oliy o‘quv yurtlarida o‘qitilishi talabalarni ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradi, kasbiy bilim qobiliyatlarini shakllantiradi. Ularning ilmiy dunyoqarashlarini tarkib toptiradi. Talabalar o‘qish jarayonida faqat nazariy bilimlarnigina o‘zlashtirish bilan cheklanib qolmasliklari zarur. Ular nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lab olib borishlari lozim. Ta’limdagi yutuqlar nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog‘liqligiga asoslangandir. Talabalar o‘zlashtirgan bilimlarini amaliyotda tadbiq eta olsalar, amaliyotda ulardan foydalana olsalar, shundagina ular o‘z kasbining chinakam mutaxassislari bo‘la oladilar.

Muallif mazkur “Ijtimoiy pedagogika” o‘quv qo‘llanma bo‘yicha bildirilgan barcha tanqidiy va foydali mulohaza-takliflarni minnatdorchilik bilan qabul qiladilar va kitobning keyingi nashriga albatta kiritamiz, degan umiddamiz.






Download 440.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling