Burhoniddin o‘g‘li Nasriddin Rabg‘uziyning XIII asr oxiri XIV asr boshi “Qissasi Rabg‘uziyi” asarida zikr etilishicha, Nuh payg‘ambar Odam Atoning o‘ninchi bo‘g‘ini bo‘lib, uning to‘rt o‘g‘li bir qizi bo‘lgan. O‘g‘illarining birinchisi Som, ikkinchisi Xom, uchinchisi Yofas, to‘rtinchisi Kanan bo‘lgan. Keyinchalik Som hind xalqining otasi bo‘lgani uchun Abulhind, Xom forsning otasi bo‘lgani uchun Abulfors nomi bilan ataganlar. Xulqu-odob bobida ota mehrini uyg‘otgan Yofasga esa hokimlik qilish uchun Turkiston berilgan. Shuning uchun ham bu yurt uning sharafiga Abulturk-Turkning otasi demakdir.
Ana shu fikr Temurning “Zafar yo‘li” asarida ham o‘z isbotini topgan. Unda “Bizning ajdodimiz Abulturk Yofasning o‘g‘li Nuhning nabirasi va turklarning buyuk xoni erdi”1, deyilgan. Eslatib o‘tganimizdek, “Amir Temur vasiyati kitobi”ning 3-betida bu fikr mazmunan quyidagicha chuqurlashtirilgan, boyitilgan:
“Biz kim Mulki Turon,
Do'stlaringiz bilan baham: |