Ijtimoiy pedagogika


Download 440.66 Kb.
bet127/191
Sana02.01.2022
Hajmi440.66 Kb.
#195731
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   191
Bog'liq
Ижтимоии педагогика А Жумаев, С Шарипова 22e9656687ee22c6207

O‘qituvchining yechimi

Voyaga yetmagan yoshlar orasida deviant harakatlarni vujudga keltiruvchi qator omillar mavjud. Jumladan: 1) Biologik omillar – bunda bola organizmida uning ijtimoiy adaptasiyasini qiyinlashtiruvchi fiziologik yoki anotomik xususiyatlarning borligida o‘z ifodasini topadi. Ularga irsiy xususiyatlar, aqliy rivojlanishning buzilishi, eshitish va ko‘rishning susayishi, asab tizimining zararlanishi kabilar kiradi; 2) Psixologik omillar – bunda bolada psixopatalogiya yoki xarakterning akpentuasiyasining borligi kiradi; 3) Ijtimoiy – pedagogik omillar – bunda maktab, oila va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida namoyon bo‘lib, yoshlik chog‘ida salbiy tajriba to‘plashi bilan bog‘liq bo‘lgan, uning erta ijtimoiylashuvdan og‘ishlarga olib keluvchi yosh, jinsiy va individual xususiyatlar yotadi; 4) Ijtimoiy – iqtisodiy omillar – bunda ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va kambag‘al sinflarga ajralishi, aholi ko‘p qismining kambag‘allashib ketishi, ishsizlik, inflyasiya, daromad olish usullarining cheklab qo‘yilishiidan iborat; 5) Axloqiy omillar – bunda bir tomondan, zamonaviy jamiyatning past axloqiy darajasida va qadriyatlarning yo‘qolib ketishida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan, jamiyatda deviant xulq – atvorning namoyon bo‘lishiga befarq qaralishida o‘z aksini topadi.



Download 440.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling