Janjalkash oilalar, bunda oilaviy munosabatlar dushmanlik, raqiblik, yakkalanish, oila a’zolari orasida keskinlik ko‘rinishida mavjud bo‘ladi. Oila a’zolari bir-birlarini yomon xususiyatlarini ko‘rsatib ayblaydilar va bir-birilariga yomon niyatda bo‘ladilar. Qandaydir bir yon bosishga erishish uchun bolalar spirtli ichimliklar iste’mol qila boshlaydilar.
Alkogol o‘zini namoyon qilish vositasi sifatida. O‘smirlar ichkilikbozliklarining sabablaridan biri-bu kattalarga o‘xshashni istashdir. Spirtli ichimlik ichishni bunday o‘smirlar mardlik va dovyuraklik, mustaqilliqdan belgi deb hisoblaydilar. Ma’naviy cheklanganligi, maktab jamoasida o‘zini namoyon eta bilmaslik bunday o‘smirlarni spitli ichimlik ichishga, ko‘chadagi o‘rtoqlari orasida o‘zini ko‘rsatishga majbur etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |