Alkogol me’yordagidan psixik kamchiliklari o‘rnini to‘ldiruvchi vosita sifatida. Bolalarda alkogolizmini rivojlanishiga ko‘pincha psixik sog‘lomligidan kamchiliklari yoki ijtmoiy moslashishiga xalaqit qiluvchi jismoniy sog‘lig‘idagi kamchiliklar sabab bo‘ladi. Nuqsonning paydo bo‘lishi sababidan qat’iy nazar (tug‘ma kamchilikmi, psixik kasallanishmi) bolada atrofdagilar bilan munosabatlar buziladi, o‘ziga noto‘g‘ri baho berish yuzaga keladi. Bunday hollarda alkogol bola shaxsidagi mavjud moslasha olmaslikni silliqlashga imkon beruvchi, o‘rnini to‘ldiruvchi omil hisoblanadi, uning tengdoshlari orasiga qiynalmasdan kirib borishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |