Ijtimoiy iqtisodiy yordam — muhtoj bolalarning ruhiy, axloqiy va emosional holatini tiklash bo‘yicha muassasa va markazlarda yordam ko‘rsatish.
Ijtimoiy maqom — insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlari bilan tavsiflanadigan mavqei.
Ijtimoiy me’yorlar — inson xatti-xarakatlarini, ularning ijtimoiy hayotini muayyan madaniyat, jamiyat qadriyatlariga muvofiq tartibga soluvchi xulq-atvor me’yorlari.
Ijtimoiy patronaj — shaxs huquqlari va voyaga yetmaganlarning mol-mulklarini himoya qilishning maxsus turi. Patronaj uyda profilaktik, sog‘lomlashtirish, sanitar chora-tadbirlarni o‘tkazishni ko‘zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |