Ijtimoiy pedagogika
Download 440.66 Kb.
|
Ижтимоии педагогика А Жумаев, С Шарипова 22e9656687ee22c6207
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1. Bolaning ilk ijtimoiylashuv davri.
- 3.2. “Sosium (yaqin muhit) tushunchasi, ijtimoiy maqom, ijtimoiy moslashuv tushunchalari Sosium
- Ijtimoiy maqom
Internet saytlari
11. www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali. 12. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. 3 - МАВЗУ: БОЛАНИНГ СОЦИУМДА РИВОЖЛАНИШИ Asosiy tayanch tushunchalar: Bola, bolaning ilk ijtimoiylashuv davri, faoliyat, muloqot va anglash, “Sosium (yaqin muhit)” tushunchasi, ijtimoiy maqom, ijtimoiy moslashuv tushunchalari. 3.1. Bolaning ilk ijtimoiylashuv davri. Bolaning xulq – atvor mexanizmlarini o‘zlashtirishi uning ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. “Ijtimoiy moslashuv” deganda shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga ko‘nikishi tushuniladi. Режа Боланинг илк ижтимоийлашув даври. “Социум (яқин муҳит) тушунчаси, ижтимоий мақом, ижтимоий мослашув тушунчалари. Боланинг ижтимоийлашувида оила, таълим-тарбия муассасалари, маданият, дин, маҳалланинг ўрни. Миллий менталитет ва унинг ижтимоийлашувда тутган ўрни. омилларнинг таъсири. Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanib, asosan, uch yo‘nalishda olib boriladi: faoliyat, muloqot va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlrining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo‘lga kiritishi, muomala doirasiing kengayishi, uning mazmunini chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq - atvor me’yorlarni o‘zlashtirishi sodir bo‘ladi. Anglash sohasida o‘z “Men”i obrazini shakllantirish, o‘zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o‘rnini anglash ro‘y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi. Ijtimoiy pedagogika o‘z nomiga ko‘ra sosium, ya’ni jamiyat bilan shug‘ullanadi. Shu bois uni jamiyat tarbiyasi ham deyish mumkin. Jamiyat tarbiyasi deganda «Inson - inson» tizimi ichida olib boriladigan tarbiya tushuniladi. Ya’ni, bevosita insonlararo munosabatlar jarayonidagi tarbiyaviy ta’sir, shuningdek, ijtimoiy institutlar faoliyatining (xayriya jamg‘armalari, tashkilotlar, jamiyatlar va assosiasiyalar) tarbiyaviy ta’siri nazarda tutiladi. Bolaning ilk ijtimoiylashuv davrini oladigan bo‘lsak, yoki bolani shaxs deb oladigan bo‘lsak, ijtimoiy tarbiya insonparvaligi shaxsni majburlashga emas, unga yordam berishga qaratilganligi, har bir shaxsning o‘zligini anglashi, inson sifatida betakrorligi, yagonaligiga ishonish, o‘z hayotiga mas’ul bo‘lish, boshqalar xatti-harakatini muhokamasiz qabul qilish, tang vaziyatda qolganlarni qo‘llab-quvvatlash va yordam berishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy pedagogikaning jamoatchilik mohiyati xavf ostida qolgan odamga madad qo‘lini cho‘zish, oila va bolaga o‘z hayot yo‘lini topishda ko‘maklashish, o‘z qobiliyati va istagidan kelib chiqib rivojlanishiga imkon berishdan iborat. Shuningdek, har bir insonga axloqiy munosabatlar o‘rnatishdagi intilishlariga yordam berish ham ijtimoiy pedagogika vazifalaridan biridir. Ijtimoiy pedagogika funksiyalarini o‘rganar ekanmiz, bunda bir qator talablar mavjudligini ko‘rish mumkin. Ularning ayrimlari ustida to‘xtalamiz. Bola (o‘smir)ni, uning ahvoli, oila, maktab, hovlidagi guruhlar bilan munosabati, ziddiyatli vaziyatda o‘zini tutishi kabilarni o‘rganish tang ahvolda qolgan bolaga ko‘maklashish, inqirozdan chiqish variantlari, yo‘llarini topish, qiyin vaziyatda qo‘llab-quvvatlash bolani o‘rab turgan va unga ta’sir o‘tkazuvchi turli ijtimoiy muhit ijtimoiy tarbiyasi holatini tahlil qilish kabilar kiradi. Bola (o‘smir) faoliyatini (o‘zini) tarbiyalash, bilim olish, o‘z hayoti va xatti-harakatlarini mustaqil shakllantirish layoqatiga yo‘naltirish bola (o‘smir) huquqlari muhofazalanishiga taalluqli va uning muammolarini hal etish maqsadida faoliyat yurituvchi tashkilot va turli mutaxassislar birlashuvi, muvofiqlashuvi bilan shug‘ullanish, ijtimoiy tarbiyaning turli muammolarini tadqiq etishni tashkil qilish; ijtimoiy pedagoglar, jamoalar, turli pedagogik markazlar faoliyatini tahlil qilishdan iborat. Ijtimoiy pedagogika fanining asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini o‘rganish hisoblanadi. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy vazifalarini ko‘rib chiqamiz. Bunda ijtimoiy pedagog har bir bolaning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarni e’tiborga olishi talab etiladi. 1. Bola (o‘smir) ongida yaxshilik va adolat tushunchasiga sobitlikni tarbiyalash, borliqni, ijodni sevishga o‘rgatib, o‘zaro tushunish hissini uyg‘otish; 2. Inqirozli vaziyatdan mustaqil chiqib keta olish maqsadini qo‘yish, odamlar bilan muloqot qilishni o‘rganish va hayotda o‘z maqsad va mazmunini aniqlash yo‘llarini ko‘rsatish; 3. Tevarak-olam, inson va uning mukammalligi, jismoniy va ma’naviy xususiyatlarini, jamiyatdagi huquq va burchlarini anglashga intilishni rivojlantirish; 4. O‘z sha’ni, mustaqilligi va o‘ziga ishonch kabi tuyg‘ularni rivojlantirish; 5. Bola (o‘smir) da maktab, ish, oila va tengdoshlari jamoasida, katta-kichik guruhlarda odamlar bilan muloqot o‘rnatish istagi va qobiliyatini kuchaytirish. Shu o‘rinda ijtimoiy pedagogdan o‘z tarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlariga oid yuksak bilim talab etiladi. Shuningdek, bolaga uni o‘rab turgan muhit, ijtimoiy munosabatlarning ma’naviy huquqiy me’yorlariga tayanib, jamiyat, odamlar va shaxslararo ziddiyatlarni bahamjihat hal etishni o‘rgatish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat o‘zining qurilishiga ko‘ra turli xildagi o‘zaro bog‘langan va o‘zaro ta’sir etuvchi ijtimoiy institutlarga ega. Ijtimoiy institut-insonlar jamiyatdagi hayotining tarixan murakkab shaklda tashkil etilganligi va tartibga solinganligini o‘rganadi. Xuddi ana shular orqali bola jamiyat me’yorlari va ahloq qoidalarini o‘zlashtiradi. Shunday ijtimoiy institutlarni ijtimoiylashgan institut deb nomlash mumkin va bularga oila, ta’lim – tarbiya muassasalari, madaniyat va din, mahalla kabilar kiradi. 3.2. “Sosium (yaqin muhit) tushunchasi, ijtimoiy maqom, ijtimoiy moslashuv tushunchalari Sosium (yaqin muhit) – bola sosiolizasiyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu yaqin ijtimoiy muhitni bola asta-sekin o‘zlashtiradi. Boshida u (bola), asosan, oilada rivojlanadi, so‘ng yangi muhitlarni o‘zlashtiradi maktabgacha muassasalar, maktab, maktabdan tashqari muassasalar, o‘rtoqlar davrasi, diskotekalar va h.k. Yosh o‘tgan sari bola tomonidan o‘zlashtirilgan ijtimoiy muhit «hududi» tobora kengayib boradi. Bolaning sosiumda rivojlanishiga ijtimoiy maqom shaxsining ta’siri juda katta bo‘ladi. Ijtimoiy maqom tug‘ma, orttirilgan bo‘ladi. Tarbiya tarixan vujudga kelgan ijtimoiy hodisa bo‘lib, keyin xulqni boshqarish va belgilash bir-birini talab etadigan va belgilaydigan tarkibiy qismlar — axloqiy ong, axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning murakkab yig‘indisidir. Inson jamiyatda bir vaqtda bir qancha o‘rinlarni egallashi mumkin. Masalan, ayol kishi o‘qituvchi, rafiqa, ona, qiz bo‘lishi mumkin. Har bir tutgan o‘rin insonga muayyan bir talablarni qo‘yadi va shu bilan birga unga qandaydir huquqlarni beradi. Jamiyatda insonning o‘zini tutishi muayyan bir huquq va majburiyatlar bilan tavsiflanadi, sosiologiyada bu ijtimoiy maqom deb ataladi. Ba’zi bir maqomlar bizga tug‘ilishimizdan beriladi. Inson maqomi jinsi, millati, tug‘ilgan joyi, ism-sharifi va boshqa omillardan kyelib chiqadi. Bunday maqomlar tug‘ma yoki berilgan deb ataladi. Boshqalari esa insonning o‘zi mustaqil ravishda jamiyatda shaxsiy harakatlariga ko‘ra erishgani bilan aniqlanadi. Masalan, pedagog, vrach, muhandis maqomini inson kerakli kasbiy ta’lim yurtida o‘qigani va diplom olgani uchun oladi. Bu holda erishilgan yoki olingan maqom haqida gap yuritiladi. Maqom insonning jamiyatda o‘zini tutishini aniqlaydi. Ma’lum bir vaziyatlarda shaxs o‘zini istaganicha emas, balki o‘z maqomiga ko‘ra tutadi. Atrofidagi insonlar undan bu vaziyatlarda muayyan intizomni kutadi, ya’ni inson muayyan bir rolni o‘ynashga majbur. Shuning uchun, inson maqomidan kelib chiqqan kutilayotgan intizom ijtimoiy rol deb ataladi. Jamiyatda nafaqat u (jamiyat) bilan kutilayotgan maqomlar, balki ijtimoiy me’yor va qadriyatlarga to‘g‘ri kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning uchun rivojlanish jarayonida bola pozitiv ijtimoiy rolni va shu bilan birga negativ rolni ham o‘zlashtirishi mumkin. Pozitiv rolli: oila a’zosi (ota va ona, buva va buvi, o‘g‘il yoki qiz, aka va singil, nevara va b.), jamoa a’zosi (o‘quvchi, o‘rtoq, do‘st, yetakchi va b.), iste’molchi (insonga ovqat, kiyim, oyoq kiyim va b.), fuqaro (Vatanni sevadi, u bilan faxrlanadi, vatanparvar bo‘lish), mutaxassis (o‘qituvchi, vrach, iqtisodchi, muhandis va b.). Bola bilan ma’lum rolda o‘zini tutish mexanizmi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli kirishib ketishni ta’minlaydi, xar bir u uchun yangi bo‘lgan vaziyatga moslashib ketish imkoniyatini beradi. Bu individni ijtimoiy muhit shart-sharoitiga moslashib ketishi jarayoni ijtimoiy moslashuv deb ataladi. Ijtimoiy moslashuv murakkab jarayon bo‘lib, insonda birdaniga vujudga kelmaydi. Pedagogika fanida shaxsni ijtimoiy moslashuvida taqlid tarbiyasining alohida o‘rni borligi aniqlangan1. Bu muammo J.G. Mid va Z. Freyd nazariyalarida ham alohida o‘z ifodasini topganligini ko‘ramiz. Midning ta’kidlashicha “...bolalar, birinchi navbatda, atrofdagilarning harakatiga taqlid qilib ijtimoiy mavjudot sifatida rivojlanadilar. Taqlid shakllaridan biri o‘yin hisoblanadi. O‘yinlarda ko‘pincha bolalar kattalarga taqlid qiladilar. Kichkina bola kattalarni kuzatib, loydan pirog yasaydi, bog‘bonga taqlid qilib belkurak bilan yer chopishga harakat qiladi. Bolalar o‘yini oddiy taqliddan to‘rt-besh yoshli bola kattalarga o‘xshab bajaradigan murakkab harakatlargacha tadrijiy yo‘lni bosib o‘tadi. Buni Mid boshqalar rolini qabul qilish, ya’ni boshqalarga o‘xshashga o‘rganish, moslashish, deb atadi. Xuddi mana shu bosqichda bolalarda o‘z shaxsi to‘g‘risida rivojlangan tuyg‘u paydo bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanib, asosan, uch yo‘nalishda olib boriladi: faoliyat, muloqot va anglash. O‘quvchidan faoliyati, muloqoti natijasida ijtimoiy burchni his etish, anglash ko‘nikmasining shakllanishi kelgusida ijtimoiy burchni sitqidildan ado etishga undaydi. Pedagogikada bir haqiqatni unutmaslik kerak. Bugun bola kattalar yordamida faol bajarayotgan amalliy faoliyatlarni ertaga o‘zi mustaqil ravishda bajarishi lozim. Shuning uchun bolaga berayotgan tarbiyaning asosini o‘z-o‘zini tarbiyalashga qaratmoq darkor. Aslida tarbiya ijtimoiy hodisa, ijtimoiy voqelik bo‘lib, shaxsni ma’naviy-axloqiy, mehnatsevarlik, vatanparvarlik ruhida o‘z-o‘zini tarbiyalashi negizida ijtimoiy-kasbiy munosabatlarga tayyorlab borish jarayoni hisoblanadi. Download 440.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling