Konfliktlar tipologiyasining asosiy yo'nalishlari reja


Download 51.5 Kb.
bet1/5
Sana15.06.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1483780
  1   2   3   4   5
Bog'liq
KONFLIKTLAR TIPOLOGIYASINING ASOSIY YO\'NALISHLARI


KONFLIKTLAR TIPOLOGIYASINING ASOSIY YO'NALISHLARI
Reja:



  1. Konfliktning yaratuvganlik imkoniyati.

  2. Konfliktning vayron qilish imkoniyati.

  3. Konfliktlar tipologiyasi.



  1. Konfliktning eng yaxshi yechimi unga qo‘l siltab, uni esdan chiqarishdir.

Noto‘g‘ri. Bu ham konfliktga nisbatan mavjud bo‘lgan noto‘g‘ri qarashdir. Ba’zan konfliktlardan kochish mumkin, ba’zan konfliktning rivojlanib ketmasligiga yo‘l kuymaslik zaruratdir, ammo konfliktlar o‘z-o‘zicha yo‘qolib, yuq bo‘lib ketmaydi. Qarama –qarshilik oldida mas’uliyatni xis etish, vaziyatni to‘g‘ri baholash, muloqot uchun tayyorlik konfliktlar yechimini hozirlashning ilk qadamlaridir. Faraz qiling, eng yaqin do‘stingiz yoki dugonangiz, sizni o‘z to‘y kechasiga taklif etmadi. Siz qo‘l siltab, do‘stingizdan hafa bo‘lib, uni turli ayblarda ayblab, bundan buyon do‘stingiz bilan umuman gaplashmaslikka qaror qilishingiz mumkin. Yoki, do‘stingizga qasdma-qasd ravishda, o‘sha kechada qatnashgan barcha ishtirokchilar bilan, yoki o‘sha kecha o‘tgan bino oldida turganlar, yoki kechadan 5 km. uzoqlidagi odamlar bilan sira gaplashmayman, deyishingiz mumkin. Ammo bu qaror bilan siz konfliktni, ya’ni muammoni hal kila olmaysiz. Agar siz do‘stingiz bilan ochiqchasiga, ammo uni ayblamasdan, “kechaga meni taklif etish esingdan chiqibdi, ammo men hafa bo‘lmadim, chunki ishlaring juda ko‘p edi”, qabilida ochiq va samimiy gaplashsangiz, va agar u haqiqatan sizga do‘st bo‘lsa, yugur-yugurlar bilan ovora bo‘lib qolganini, aslida sizsiz kecha unga tatimasligi u ham ochiq bayon qiladi. Konfliktlar yechimini qidirishda mana shu samimiylik va ochiqlik juda qo‘l keladi. Shu bois, konfliktda unga qo‘l siltash emas, uni chuqur tahlil qilish, unga faol ijobiy munosabat bildira olish muhimdir.

  1. Hamma konfliktlar oxir-oqibat kuch ishlatish va zo‘ravonlik bilan tugaydi.

Noto‘g‘ri. Bu munosabat - o‘z mohiyatiga ko‘ra batamom noto‘g‘ri bo‘lgan qarashdir. Konfliktning zo‘ravonlik bilan tugashi zaruriy holat emas. Konflikt yechimi, aynisa uning zo‘ravonlik bilan tugashi, yoki zo‘ravonliksiz hal bo‘lishi, aslida tomonlarning o‘zini qanday tutishiga bog‘liq. Agar tomonlar o‘zga insonlarning huquq va istaklarini inobatga olgan holda, o‘zgalarga e’tiborli va hurmatli munosabatda bo‘lsalar, har qanday jiddiy ziddiyat ham tinchlik va osudalik bilan tugashiga ehtimol va imkoniyat kuchayadi. Ammo konflikt ishtirokchilari jahl, g‘azab, o‘zgalarning nafsoniyati va g‘ururiga tegish orqali harakat qilsalar, o‘zga insonlar huquqlarini poymol etsalar, “Men zo‘rman, shuning uchun mening aytganim bo‘ladi”, “Men uning boshlig‘iman, shuning uchun mening aytganim bo‘lishi kerak”, “Men uning eriman (yoki otasi), shuning uchun u menga bo‘ysunishi kerak” qabilida ish tutsalar, konfliktda ma’naviy, ruhiy, jismoniy zo‘ravonlikning yuzaga kelishi va ishlatilishi uchun asos topiladi. Shunday ekan, konfliktning qanday tugashi aslida odamlarning fe’l-atvori va o‘zini qanday tutishiga aloqador bo‘lgan voqelikdir. Zo‘ravonlikning ishlatilishida konflikt emas, balki mana shu zo‘ravonlikni ishlatgan inson aybdor hisoblanadi. Konfliktning zo‘ravonlikdan boshqa yechimlarini izlab topishga sayi-harakat qilish so‘nggi ijobiy va osuda, tinch natija va xulosalarga asos bo‘ladi. Shu bois, har qanday konflikt zo‘ravonlik bilan tugaydi deb o‘ylash, noto‘g‘ridir.


  1. Download 51.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling