Konfliktlar tipologiyasining asosiy yo'nalishlari reja


Har bir konfliktning o‘z g‘olibi va o‘z mag‘lubi bo‘ladi


Download 51.5 Kb.
bet2/5
Sana15.06.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1483780
1   2   3   4   5
Bog'liq
KONFLIKTLAR TIPOLOGIYASINING ASOSIY YO\'NALISHLARI

Har bir konfliktning o‘z g‘olibi va o‘z mag‘lubi bo‘ladi.

Noto‘g‘ri va stereotip qarash. Ziddiyatda ko‘pchilik g‘olib bo‘lmoqchi bo‘ladi. Shuningdek, ko‘pchilik, konfliktda bir tomon – g‘olib, ikkinchi tomon – mag‘lub bo‘ladi, degan xato qarashni ushlab olgan. Mana shu xato qarash odamlarni chalg‘itib qo‘yadi. Hech kim “men mag‘lub bo‘ldim”, degisi kelmaydi, yutib chiqqisi keladi. Shuning uchun, real hayotda ko‘pchilik, har bir inson ziddiyat ichida g‘olib bo‘lish uchun harakat qilishi kerak, deb o‘ylashadi. Bu holat konfliktning ichki mazmunini noto‘g‘ri anglashdan kelib chiqadi. Agar odamlar konflikt qarama-qarshiligi faqat g‘oliblik asosida yechilmasligini bilsalar, ular g‘olib bo‘lishga intilmay qoladilar. Haqiqat shundaki, har qanday konflikt - g‘olib va mag‘lubga ega bo‘lavermaydi. Agar siz konflikt yechimiga «Sen menga qarshisan» shiori bilan munosabatda bo‘lsangiz, albatta, ikkinchi tomonga qat’iy qarshilik bildirish uchun asos yaratiladi. U tomon ham o‘z o‘rnida “Sen menga qarshisan” qabilida munosabat bildiradi. Aslida, ikkala tomon biri biriga emas, ularni to‘qnashtirib turgan konfliktga, hamda uni keltirib chiqargan muammoga qarshilik bildirishi lozim. Bu – to‘g‘riroq bo‘ladi. “Sen mening dushmanimsan” qabilidagi konflikt rivojida g‘olib va mag‘lubning yaratilishiga yoki ikki mag‘lub bo‘lishiga ko‘proq vaziyat mavjud. Bu esa bir tomonning manfaatlarini boshqa tomon manfaatlariga bo‘ysundirilishiga olib keladi. Konfliktlar yechimi insonlarni g‘olib-g‘olib shaklida, ya’ni har ikkala tomon ham konflikt yechimidan qoniqqan sharoitni vujudga keltirishga sharoit yaratadi. Shu bois, konfliktga sherikchilik va hamkorlik nuqtai nazaridan yondoshilsa, va muammoni umumiy, har ikki tomonga, ya’ni barchaga taalluqli deb qarab, uning yechimini hamkorlikda qidirilsa, konflikt barcha ishtirokchi tomonlar uchun ijobiy hal bo‘lishiga imkoniyat beriladi. Shuning uchun faqat bir tomonning g‘olibligi uchun emas, balki barcha tomonlarning g‘olibligi uchun sayi-harakat qilish darkor.


  1. Download 51.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling