Konfliktlar tipologiyasining asosiy yo'nalishlari reja
Shu nuqtai nazaridan, konfliktlar yechimini kuyidagi guruhlarga ajratish mumkin
Download 51.5 Kb.
|
KONFLIKTLAR TIPOLOGIYASINING ASOSIY YO\'NALISHLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shunday qilib
- Adabiyotlar
Shu nuqtai nazaridan, konfliktlar yechimini kuyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
tomonlarning ixtiyoriy kelishuviga ko‘ra ziddiyatning yechimga kelishi va to‘xtatilishi; konfliktning simmetrik yechimining topilishi va to‘xtatilishi (ikki taraf ham bir xilda yo yutib chiqadi, yo yutqizadi); konfliktning asimmetrik hal bo‘lishi ( ziddiyatda faqat bir tomon yutib chiqadi); konfliktning boshqa bir katta nizoni keltirib chiqarishi; konfliktning asta “o‘chib”, “so‘nishi” va yo‘qolib borishi. Ko‘rinib turibdiki, aslida konfliktning yechimiga qarab turlarga bo‘linishi, uning mavjud bo‘lgan barcha xususiyatlarini o‘zida jamlamaydi. Chunki konfliktning yechimga kelishida juda ko‘p nostandart xolatlar mavjud bo‘ladi. Amerikalik olim R.Dal konflikt yechimining kuyidagi uch spetsifik turlarini ajratib ko‘rsatadi: konfliktning tupikka kirib qolishi, zo‘ravonlik ko‘rsatish, nizoning tinchlik bilan tugatilishi. Boshqacha qilib aytganda, konfliktning tupikka kirib qolishi – “biror muddatga uning yechimi to‘xtatilganligini”, zo‘ravonlik asosida hal bo‘lishi – tomonlarning bir-birini yo‘q qilishga urinishini, nizoning tinch yo‘q bilan hal etilishi esa - uning konstruktiv, ya’ni aql bilan hal qilinishi imkoniyati ishga solinganligini anglatadi. Ammo har qanday vaziyatda ham konfliktning yechimi topilmaganligi uning umuman yo‘q bo‘lib borayotganligini emas, balki nizoning ochiq formadan “yashiringan” formaga o‘tib borayotganligini bildiradi. “Yashiringan” formadagi konflikt esa nima oqibatlarda olib kelishi – tomonlarning qanday emotsional-psixologik xususiyatlarni o‘zida to‘plab borayotganligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar bu holatlar – ijobiy sensorlarga tayansa, konflikt yechimini topish uchun sharoit mavjud bo‘ladi, agar ular salbiy sensorlarni kuchaytirib yuborsa, demak, konfliktdagi keskinlikning oshib borayotganligini anglatadi. Shunday qilib, konfliktning yuzaga kelishi tabiiy hol hamda uning vujudga kelishidan qo‘rqmaslik va dovdiramaslik lozim; konfliktning subyektiv va obyektiv kelib chiqish sabablarini muhokama qilish darkor; konflikt tomonlar manfaatlarining to‘qnashuvi hisoblanadi; konfliktning yechimini topish uchun ikki tomonning ixtiyoriy sayi-harakalar olib borishi va konflikt yechimini topishga rozi-rizoligi talab etiladi; har qanday konfliktning o‘z yechimi mavjud, faqat uni topa bilish zarur; konfliktning yechimi topilmaganda, u “so‘nishi”, yo‘q bo‘lganday ko‘rinishi mumkin, aslida konflikt o‘z-o‘zidan hal bo‘lmaydi, balki keyinroq boshqa kattaroq nizolarni keltirib chiqaradi; konflikt yechimini ijobiy topish uchun ma’lum bilim va malakalarni egallash darkor; konflikt yechimini topish jarayonida ziddiyat qarama-qarshi odamga, uning shaxsiyatiga emas, balki ikkala tomon o‘zaro birlashib, o‘z mulohazalarini mavjud muammoga qaratishi darkor; konfliktni insonlar emas, balki vaziyatlar va manfaatlar vujudga keltiradi; konfliktlar har doim mavjud bo‘ladi, shuning uchun ham yoshlar ularni boshqarish malakasiga ega bo‘lishi lozim. Adabiyotlar: 1. Karimova S. Kompozitsion mukammallik yo`lida//O`zbek tili va adabiyoti.-1991.-№6.-B.54-58 2. K.Turdiyeva. Asar syujeti va kompozitsiyasi haqida//Til va adabiyot ta`limi 2001-№3. B. 23-27. 3. Qurbonov T. Portret yaratish uslubi haqida//O`zbek tili va adabiyoti.-1996.-№5.-B.47 4. Zarubejnaya estetika i teoriya literaturi XIX-XX vv.-M.,1987 5. Jirmunskiy V. Teoriya stixa.-L.,1975 6. Uspenskiy B. Poetika kompozitsii.-M.,1970 7. Shklovskiy V. O teorii prozi.-M.,1983 Download 51.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling