Ijtimoiy pedagogika
Differensiasiya va integrasiya
Download 440.66 Kb.
|
Ijtimoiy pedagogika
Differensiasiya va integrasiya. Yangi ilmiy fanlar paydo bo‘lishi bilan, bir tomondan, fanlarning differensiasiyalanishi, har biri alohida turdagi hodisalarni o‘rganuvchi tarmoqlarga bo‘linishi yuz beradi. Boshqa tomondan, qarama-qarshi jarayon – ayrim ilmiy fanlar turli yo‘llar bilan birikib, bilimlarning yaxlit majmualarini hosil qiladi va fanlarning integrasiyalashuvi ham yuz beradi. «Tutash» ilmiy fanlar paydo bo‘lishi, qo‘llanish sohasi keng bo‘lgan qudratli ilmiy metodlar topilishi, metodlar bir fandan boshqa fanlarga o‘tkazilishi, umumlashtiruvchi, sintetik ilmiy konsepsiyalar yaratilishi natijasida ilmiy bilishning bir-biridan uzoq tarmoqlarining yagonaligi va yaxlitligi aniqlanmoqda.
Differensiasiya va integrasiya jarayonlarining dialektik ziddiyatlarga to‘la o‘zaro aloqasi natijasida ilmiy bilim tizimi yanada murakkabroq tus oladi. Turli fanlar o‘rtasidagi g‘ov-to‘siqlar buziladi. Differensiasiya natijasida fanda mavjud nazariyalarning jami soni ko‘payadi, lekin, shu bilan bir vaqtda, integrasiyalashuv yo‘lidagi harakatlar oz sonli fundamental nazariyalarning o‘rna va ahamiyatini kuchaytiradi. Masalan, hozirgi zamon tabiatshunosligida minglab turli-tuman nazariyalar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik va mustaqillik, qo‘shimchalilik va raqobat, muvofiqlik va tafovut, muodillik va nomuvofiqlik kabi son-sanoqsiz rang-barang munosabatlar mavjud. Ammo fundamental nazariy tizimlar (masalan, mexanika, elektrodinamika, elementar zarralar nazariyasi) barmoq bilan sanarli bo‘lib, ular boshqa ko‘p sonli tabiiy-ilmiy nazariyalarning negizini tashkil etadi. Shunday ekan, mustaqillikning iqtisodiy zaminlarini mustahkamlashda, milliy tiklanishga moddiy asos yaratishda ilm-fanning barcha sohlari va tarmoqlarini zamonaviy talablar asosida olib borishning ahamiyati juda katta. Ilm-fanni rivojlantirmay, hozirgi davrning eng murakkb, zamonaviy asbob-uskunalarga, mashina-mexanizmlarga, turli texnologiyalarga ega bo‘lish mumkin emas. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, olimlarni turli-tuman muammolar qiziqtirishi mumkin, lekin har bir tarixiy davrda fan rivojlanishining umumiy yo‘nalishi oxir-oqibatda jamiyat ehtiyojlari bilan bog‘liq vazifalarni yechishga qaratilgan. Download 440.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling