Ijtimoiy pedagogika


Download 440.66 Kb.
bet77/112
Sana20.10.2023
Hajmi440.66 Kb.
#1711798
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   112
Bog'liq
Ijtimoiy pedagogika

Keys topshirig‘i
“O‘smirlik yoshida deviasiyaning yuzaga kelishi shart - sharoitlari” mavzusi yuzasidan deviasiyani keltirib chiqaruvchi tushunchalarni aniqlang.

Deviasiya

deviant

Delikvant va kriminal hatti-harakatlar

Bu ijtimoiy pedagogik muammo

Inson ruhiy olamidagi o‘zgarish

Chunki bu yosh eng qiyin va murakkab davr

Bu yoshdagi bolalarning anatomo – fiziologik, intellektual, axloqiy va boshqa jihatlarida o‘zgarishlar ro‘y beradi.



Talabalarga tavsiya etiladigan manbalar:
“Deviant hatti-harakat” – bu psixik sog‘lom shaxslar tomonidan me’yoriy qoidalarni buzish hollaridir; Deviant hatti – harakat – bu kichik ijtimoiy munosabatlar ( oila, maktab) hamda xarakter, jinsiy va yosh xususiyatlari jihatidan yaqin kichik ijtimoiy guruhlarga xos ijtimoiy me’yorlardan, hatti – harakatlar va qoidalardan og‘ish, chekinishning bir turidir. Ya’ni bu turdagi harakatni intizomsizlik deb ham atash mumkin. Agressiya, chaqiriq, ishda va mehnat faoliyatida o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘yish, bolalar va o‘smirlarning ichkilikka berilishi, daydib yurishlari, oliftagarchilik qilishlari, assosial harakatlarga berilishi kabilar deviant harakatlarning asosiy ko‘rinishlaridir.
Keys tahlili
O‘z mohiyatiga ko‘ra, tahlil qilish jarayonida voyaga yetmagan yoshlar orasida deviant harakatlarni vujudga keltiruvchi qator faktorlar mavjud. Jumladan: biologik faktorlar, psixologik faktorlar, ijtimoiy – pedagogik faktorlar, ijtimoiy – iqtisodiy faktorlar, ma’naviy – axloqiy faktorlar shuningdek, jamiyatdagi ma’naviy qadriyatlarning qadrsizlanishi, insonlarning ma’naviy qashshoqlanishi kirsa, ikkinchidan, jamiyatning undagi ro‘y berayotgan deviant harakatlarga befarqlik, loqaydlik holatlari kiradi. Pedagogik adabiyotlarda bu tushunchani ta’riflashda mualliflar aynan mana shu jihatga urg‘u berishgan.

Download 440.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling